O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Xarakter. Xarakter xususiyatlari va tipologiyasi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   127
Psixologiya

Xarakter. Xarakter xususiyatlari va tipologiyasi. 
Kundalik hayotimizda “xarakter” so`zi ko`p ishlatiladigan so`zlardan. Uni biz 
doimo birovlarga baho bermoqchi bo`lsak, ishlatamiz. Bu so`zning ma‟nosini olimlar 
“bosilgan tamg`a” deb ham izohlashadi. 
Xarakter
- ijtimoiy muhit ta‟sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka va 
o`z-o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadigan, muayyan sharoitda tipik xulq-atvor 
usullarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig`indisidir 
(yunonchadan «xislat», «belgi», «tamg`a»). Xarakter hamisha shaxsning o`ziga xos 
bo`lgan sifatlarini belgilab beradi. Shuning uchun ham xarakter kishining biror hayotiy 
vaziyat sharoitida o`zini qanday tutishini oldindan ko`rish imkonini beradi.
Xarakter tug`ma bo`lmaydi. Faqat layoqat nishonlari tug`ma bo`lishi mumkin, 
ular nerv sistemasining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. U kishining hayot va faoliyat 
sharoitlariga bog`liq holda tarkib topib, o`zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir. Maxsus 
sharoitda ta‟lim-tarbiya ta‟sirida salbiy xarakter xususiyatlarini bartaraf qilish, ijobiy 
xarakter xususiyatlarini shakllantirish mumkin. Munosabatlarning xarakterdagi o`rni 
xususida V.S.Merlin ularning mazmunida ikki komponentini ajaratadi:
5-shakl 
1. 
emotsional - kognitiv 
borliq muhitning turli tomonlarini shaxs qanday 
emotsional his qilishi va o`zida shu olamning 
emotsional manzarasini yaratishi 
2. 
motivatsion - irodaviy 
ma‟lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga 
undovchi kuchlar 
 
Demak, bizning munosabatlarimiz ma‟lum ma‟no va mazmun kasb etgan 
munosabatlar bo`lib, ularning har birida bizning hissiy kechinmalarimiz aks etadi va 
xarakterimiz namoyon bo`ladi. 
Xarakterda o`zlashtirilayotgan hayotiy timsollar shaxsning xulq-atvori va 
faoliyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar sifatida tarkib topishni ta‟minlovchi 
psixologik vositalar inson «Men»ining tavsig`lovchi poydevori hisoblanadi.


54 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin