53
ishdan ikkinchi ishga sekin o`tadi. Yangi ish, vaziyatga sekin ko`nikadi. Ish boshlasa
qat‟iy va bir yo`nalishda ish qiladi.
Melanholik - senzitivligi yuksak, tortinchoq, g`ayratsiz, arazchan, xafaqon,
jimgina yig`laydi, kam kuladi, qat‟iyligi va mustaqilligi zaig`, tez toliqadi, ishchan
emas. Diqqati barqaror, his-tuyg`usi sust o`zgaruvchan. Rigid va introvert. Yuqori
senzitivlik, yuqori tuyg`uga beriluvchanlik. Uyatchan, tez xafa bo`ladi. Mimika va
jestlar yaxshi namoyon bo`lmaydi. Sust faollik. O`z-o`ziga ishonch yo`q, arzimagan
narsalardan tushkunlikka tushadi. Qat‟iy emas, tez charchaydi, ishchan emas, diqqati
tez bo`ziladi.
Barcha odamlarni to`rtta tip bo`yicha taqsimlash mumkin emasligi tushunarli.
Temperamentlarning turli-tumanligi to`g`risidagi masala fanda hali batafsil hal qilingan
emas. Ammo keltirilgan temperament tiplarini asosiy deb hisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: