55
xarakter xislatlari nihoyat darajada barqaror bo`lib, ularga ayrim o`zgarishlar kiritish
juda qiyin kechadi. Shaxsda mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog`liq
holda tarkib topgan munosabatlar o`zining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Xarakter
xislatlarining
chuqurligi,
barqarorligi,
doimiyligi
ko`p
jihatdan
shaxs
munosabatlarining onglilik darajasiga bog`liq. Insonning haqqoniylik, mehnatsevarlik
xislatlari tasodig`iy tarkib topmagan bo`lib, uning ongli qarashlariga,
ishonch
aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo`ladi.
Xarakter xususiyatlarining variantliligi ularning faqat sifat jihatidan rang-
barangligi va o`ziga xosligida emas, balki miqdor jihatidan ig`odalanganligida ham
namoyon bo`ladi. Xarakter xususiyatlarining miqdoriy ifodalanishi, ya‟ni
ayrim
belgilarning haddan tashqari kuchli namoyon bo`lishi shaxs xulq-atvori me‟yorining
eng oxirgi marrasiga borib, patologik belgilar bilan chegaralanish holatida ko`zatiladi.
Bu holat psixologiyada
xarakter aktsentuatsiyasi ya‟ni, me‟yordan ortishi deb ataladi.
Bunda shaxsda boshqalarga nisbatan barqarorlik bo`lgani holda bir xil qattiq
hayajonlantiruvchi omillarga zaig`lik ortishi ko`zatiladi.
Dostları ilə paylaş: