O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127
Psixologiya

Sinchkov (pedant) tip - mojarolarga kam aralashib, xizmat doirasida o`zini 
qattiqqo`ldek tutib, atrofdagilarga ko`p talablar qo`yadi. Shuningdek yetakchilikni 
bajonidil boshqa odamlarga beradi. Ba‟zida oila a‟zolariga tartib borasida o`ta 
talabchan. Uning ijobiy xislatlari: sofdil, tartibli, jiddiy, sadoqatli. Salbiy tomonlari: 
rasmiyatchi, pismiq, qiziqqon. 
Tashvishli tip - bu toifadagilar past kirishimli, o`ziga nisbatan ishonchsiz 
bo`ladilar. Ular nizolarga kam aralashadilar va bu holatda qo`llab-quvvatlovchi va 
tayanch axtaradilar. Ular do`stlikni qadrlaydilar, o`z-o`ziga tanqid ko`zi bilan 
qaraydilar, o`ziga topshirilgan vazifalarni so`zsiz bajaradilar, o`zining himoyasizligi 
oqibatida ko`p hollarda hazil-xuzul uchun nishon bo`ladilar. 
Jo`shqin (hayajonli) tip - bu toifadagilar tor doirada saralangan odamlar bilan 
aloqa qilishni afzal ko`radilar. Ular kam hollarda mojarolarga aralashib, 
xafachiliklarini ichlarida saqlaydilar. Ijobiy xislatlari: samimiylik, rahm-shafqatlilik
o`zgalarning yutug`idan quvonadigan hamda bo`ysunuvchan. Salbiy tomonlari - 
yig`loqi, o`ta hissiyotli, izzattalab. 
Namoyishkorona tip - tez muomalaga kirishuvchanlik, yetakchilikka 
intiluvchanlik, ko`ngilchanlik, boshqalarga tez ko`nikuvchanlik xususiyatilari mazkur 
tipga xosdir. Ularda xokimiyatni egallash hissi ustuvor bo`lib, maqtovni juda 
yoqtiradilar. Bunday kishilar o`ziga ishonchliligi va o`ziga tortuvchanliklari bilan 
atrofdagilarning g`ashiga tegib, mojarolarni o`zlari keltirib chiqaradilar va bu holatda 
faol tarzda o`zlarini himoya qiladilar. Ularning ijobiy tomonlari - sabr-qanoatlilik, 
artistlik qila oladigan, boshqalarni o`ziga qarata oladigan, to`g`riso`zligidir. Salbiy 
tomonlari esa - xudbinlik, shaxsiyatparastlik, maqtanchoqlik, dangasalikdir. 
Ekzaltirlashgan tip - bu toifadagilar o`ta kirishimli bo`lib, tez-tez baxslashadilar, 
lekin bahs ochiq mojarolarga etib bormaydi. Nizoli holatlarda ular bir paytning o`zida 
ham faol, ham sustkashdirlar. Shu bilan birgalikda do`stlari va yaqinlariga bog`langan 
va ularga juda g`amxo`r. Ularda achinish hissi yuqori, yaxshi didli, hissiyotlari yorqin 
va samimiy bo`ladi. Salbiy tomonlari - vahimachi, bir onlik kayfiyatlarga yon 
bosuvchi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin