57
Introversiv tip - uning boshqalardan
farqli tomoni shundaki, ular o`ta
iymanuvchan, haqiqiylikdan yiroqlashuvchan, o`z tuyg`ularini oshkor etishni
xohlamaslik, faylasuflik qilishga intilishlari bilan xarakterlidir. Bunday odamlar
yolg`izlikni
yoqtiradilar, atrofdagilar bilan kam nizoga borib, qachonki ularning
shaxsiy hayotlariga aralashgandagina atrofdagilar bilan ixtilofga boradilar. Ularda
qat‟iyatlilik
,
prinsipiallik kabi ijobiy fazilatlar
bilan bir qatorda qaysarlik, fikrlashning
torligi, o`z g`oyalarini o`ta qat‟iyatlilik bilan himoya qilish kabi salbiy xislatlar
mavjud. Ular har bir narsaga o`z nuqtai nazarlari bilan qaraydilar, boshqalarning
fikrlaridan o`z fikrlarini ustun qo`yadilar.
Xarakter - shaxsning bir tomoni, lekin bu shaxs degani emas. Ekstremal
vaziyatda yoki shunchaki tanlash vaziyatida qoldirilgan kishi holatlardan
ustun bo`lishga, shu jumladan, o`z xarakteridan ham yuqori ko`tarilishga qodirdir.
Kishining istalgan, shu jumladan, ichki, psixologik holatlarga qarshilik qilish qobiliyati
uning o`zini o`zgartiradigan
qudratli kuchi borligini, uni shaxs sifatida rivojlantirish
negizini namoyish qiladi. Shuning uchun kishini xatti-harakatlarini tushuntirishga,
uning xulq-atvorini oldindan aytib berishga har qancha urinishlar prinsip jihatidan
o`zil-kesil bo`lishi
mumkin emas, chunki shaxs bunday tushuntirishlarni
qadrsizlantirishi, ularga qarshi harakat qilishi va boshqacha bo`lib qolishi mumkin,
ya‟ni faqat tashqi va ichki holatlarga muvofiqligi foydasigagina emas, balki o`zi
ijtimoiy va umuminsoniy jihatdan qo`llanilishi foydasiga tanlash o`tkaziladi.
Shaxs
bunga qay darajada qodirligiga qarab, unda konkret-xarakterologik emas, balki ijtimoiy
va umuminsoniy qadriyatlari yo`zaga keladi.
Dostları ilə paylaş: