129
3)
barcha ishlab chiqarish subyektlari faoliyatini yagona maqsad atrofida
birlashtrish ham ishlab chiqarish jarayonlarida nizolarning sodir etilmasligini
kafolatlaydi. Bunday sharoitda rahbarlar va guruh liderlarining roli katta bo`ladi;
4)
rag`batlantirish tizimini joriy etish samarali ish usullaridan hisoblanadi. Bunday
sharoitda odamlarning xulq-atvoriga ta‟sir etish, paydo bo`lishi mumkin bo`lgan nizoli
vaziyatlarga barham berish yoki sodir bo`lgan bo`lsa, uni baratarf etish uchun
tashakkur bildirish, mukofotlash, xizmat lavozimni ko`tarish kabilarni qo`llash
ijobiy
samara berishi mumkin.
Nizolarni bartaraf etishning
shaxslaro munosabatlarga aloqador usullariga
quyidagilar kiradi:
1)
bosh tortish – nizoga nisbatan shunday reaktsiyaki, bunda nizoga guvoh
bo`lganlar aslida uning mavjudligini tan olmaydilar, unga aralashishdan bosh tortadilar.
Odatda bunday sharoitda rahbar yo ayni paytda vaqti yo`qligini, imkoniyat yo`qligini,
nizoning sababi arzimas holat ekanligini vaj qilib, uni xal qilishga aralashishdan bosh
tortadi. Yoki u vaziyat taqozosi bilan paydo bo`lgan nizo vaqt o`tishi bilan o`z o`zidan
yechimini topadi, odamlar insofga
kelib qolishiga umid qiladi;
2)
tekislash – bu nizolashuvchi tomonlardan birini mavjud holatga “ko`ndirish”,
moslashtirish va shu yo`l bilan o`zining ham muayyan manfaatlarini himoya qilishdir.
“Mayli men yutqazsam ham, sening ishing bitib keta qolsin” degan naqlda nizoga
aralashgan shaxs vaziyatni yumshatishga erishadi, go`yoki “o`zni qurbon qilib” bo`lsa
ham tomonlarning yarashib ketishi uchun barcha imkoniyatni yaratadi;
3)
kompromiss – bu ochiq muloqot va vaziyatni, nizokashlarning xulq-atvori va
fikrlarini muhokama qilish yo`li bilan ikkala tomon uchun ham mahqul bo`lgan
yechimni qidirishdir. Bu usulning
samaradorligi shundaki, nizoga aralashgan shaxs
ikkala tomonning ham aybini, ular tomonidan yo`l qo`yilgan xatolarni ochiq, holis
o`rtaga tashlaydi va eng mahquli – o`ar bir shaxs o`z burch va mashuliyatlarini taroziga
solib olishlari ekanligini uqtiradi. Natijada ikkala tomonda xosil bo`lgan
tanglik
ma‟lum ma‟noda yumshaydi va oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati tug`iladi.
Nizokashlar janjal bo`lgandan ko`ra yomon bo`lsa ham bir qarorga kelinganligidan
xursand bo`lib, o`z fikrlaridan ma‟lum ma‟noda qaytadilar, vaqt o`tgach esa vaziyat
umuman yumshab, tomonlar yarashib ketishi mumkin.
Odatda oilaviy nizolarda kompromiss yo`lini tutgan oilaning katta a‟zosi yoki erkak
kishi nizoning oldini olishga erishadi, bunda biror tomonning “bir gapdan qolishi” katta
rolg‟ o`ynaydi;
4)
raqobat – odatda bir tomonning ikkinchisi ustidan
ustun kelishi hisobiga
boshqasining batamom yengilishini nazarda tutadi. Ya‟ni, bunda “Men yutishim uchun
sen mutloq yengilishing shart” degan tamoyil ustivor bo`ladi. Bunday usul albatta,
psixologik nuqtai nazardan samarasiz va noto`g`ri bo`lsa ham, ayrim holatlarda
masalaning aynan shu tarzda yechilishi boshqalarning iqtidori yoki irodasining
kuchayishiga sabab bo`lishi mumkin. Masalan, oilaviy majoroda kelin agar nohaq
bo`lib, yoshligi tufayli arazlab, barchaning dilini xira qilishi va ushbu vaziyatda baribir
130
qaynonaning
sabr bilan ustun kelishi, baribir aytganini qildirishi yosh kelinchakning
kelgusini shu kabi xatti-harakatni boshqa qaytarmasligi uchun saboq bo`lishi mumkin;
5)
hamkorlik – bu nizoni xal qilishning shunday usuliki, bunda ikkala tomonning
shaxsiy manfaatlari nizoni keltirib chiqargan muammodan ustun qo`yiladi. Bunday
holatlarda nizokashlar bir tomon manfaatining
inobatga olinmasligi, ikkinchi
tomonning boshqa manfaatini yerga urishini tushungani uchun ham murosa yo`li
to`g`ri ekanligi, yaxshisi mavjud muammmoni yechishga teng kirishish lozimligi
fikriga kelib to`xtaydilar.
Shunday qilib, real hayotda nizoning kelib chiqishi,
uning qanday kechishi va
yechimi uni keltirib chiqargan vaziyatdan ham ko`ra, ushbu vaziyatda ishtirok
etayotgan insonlarning unga nisbatan subyektiv munosabatlariga bog`liq bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: