O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
14-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.12.2022
BOSHLANGʻICH TA’LIMDA TARBIYA NAZARIYASI
Azimova Lobar To’xtapulatovna
Yashnabod tumani 145-son umumiy o’rta ta’lim maktabi
Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang’ich ta’lim ta’lim-tarbiyaning nazariy
asoslari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, tarbiyaning ilmiy izohlari
bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
Ta’lim-tarbiya nazariyasi, tamoyil, estetik g’oyalar.
Tarbiya
pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va
pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani
tushuntirishga turlicha
yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida keng va tor ma’nodagi
tarbiya
farqlanadi.
Tarbiya –
muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har
tomonlama oʻstirish, uning ongi,
xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Keng ma’noda tarbiya
shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida
qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi.
Tor ma’nodagi tarbiya
deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini
amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan
faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish
deb ataladi.
Tarbiya nazariyasi
pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi boʻlib, tarbiyaviy
jarayon mazmuni,
tamoyillari, qonuniyatlari,
uni tashkil etish masalalari, metodikasi,
shakllari,
metodlari, vositalari, usullari va muammolarini oʻrganadi.