O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
14-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.12.2022
jarayon boʻlib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini
beradi.
Tarbiya jarayoni oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki faoliyatni – oʻqituvchi va oʻquvchi
faoliyatini oʻz ichiga oladi. Tarbiya jarayonida oʻquvchining ongi shakllana boradi, his
va tuygʻulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy aloqalarga
xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil boʻladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan toʻgʻri
uyushtirish gʻoyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan
tarbiyaviy ta’sirga nisbatan ma’lum munosabatda boʻladi.
Bu munosabat shaxsning
ichki ehtiyoji va xohishlarini ifodalaydi.
Psixologlar va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh ijobiy,
xoh salbiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bogʻliqligini koʻrsatadi. Bolaning
shaxsiy tajribasi ehtiyojlari tashqi ta’sirga munosabatini belgilab beradi va uning
xulqida aks etadi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning oʻzigina kifoya
qilmaydi. Toʻgʻri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbida
paydo boʻlayotgan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashni, baholashni,
his qilishni hamda ulardan oʻzi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganini bilish zarur.
Yana shuni hisobga olish kerakki, bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish,
jamoadagi munosabatlar asosida roʻy beradi. Bola ulgʻaya borishi bilan bu xil aloqa va
munosabatlar murakkablashib boradi va bola shaxsning
kamolga yetishida yo ijobiy
yoki salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiya maqsadga muvofiq muntazam ta’sir
etishni koʻzda tutadi, zeroki shu yoʻl bilan jamiyatning shaxsga qoʻyadigan talablari
tarbiyalanuvchining xulqini idora qilib turuvchi ichki ehtiyojga aylanadi.
Abdulla Avloniy ilmni afzalligini quyidagicha bayon etadi: “Ilm dunyoning izzati,
oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun gʻoyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm
bizga oʻz ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi koʻrsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich
kabi oʻtkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur”. Alloma bilim insonni jaholatdan
qutqarishning samarali vositasi ekanligiga ham urgʻu beradi: “Ilm bizni jaholat
qorongʻusidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat
dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan,
buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz,
salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz,
maishatimiz, himmatimiz, gʻayratimiz, dunyo
va oxiratimiz ilmga bogʻliqdur”.
Oʻquvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va
vositalari boʻlib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-gʻoyaviy, iqtisodiy, huquqiy,
estetik va ekologik mavzularda
tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-munozaralar,
ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida oʻquvchilarni fikrlashga undovchi
amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik oʻyinlari
samarali
sanaladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning
oʻzaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar