O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 40,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.12.2023
ölçüsü40,36 Kb.
#198193
1   2   3   4
Azimova Lobar To’xtapulatovna

Tarbiya jarayoni
oʻqituvchi va oʻquvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar 
oʻrtasida aniq maqsad asosida tashkil etiladigan hamkorlik faoliyatining kechishi, 
rivoji. 
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish –
aniq maqsadga va ijtimoiy gʻoyaga 
asoslanib, oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan 
pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi sanaladi. 
Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
- aniq maqsadga yoʻnaltirilganlik; 
- uzoq muddat davom etishi (tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol koʻzga 
tashlanmaydi); 
- uzluksizligi (oʻquvchilar va oʻqituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli 
harakatlari); 
- yaxlit, tizimli tashkil etilishi; 
- ikki tomonlama aloqa hamda qarama-qarshiliklarning mavjud boʻlishi. 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
14-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2022
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsida ongning shakllanib borishi, his-
tuygʻularning rivojlanishi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan ijtimoiy aloqalarni 
tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlarning hosil boʻlishi kabi oʻzgarishlar 
kuzatiladi. 
Tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishi uning maqsadi, shakllari, metodlari, 
vositalari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, shaxsning oʻzini-oʻzi tarbiyalash va 
qayta tarbiyalashi ehtiyojiga egaligiga bogʻliq. 
Oʻzini oʻzi qayta tarbiyalash
shaxsning oʻzidagi salbiy odatlar, xarakteridagi 
zararli sifatlarni yoʻqotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir. 
Tarbiya maqsadi
ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Unda eng oddiy 
harakatdan tortib, to keng koʻlamli ijtimoiy harakatni tashkil etishdan iborat 
jarayonning mohiyati yoritiladi. 
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakter kasb etadi. 
Tarbiya jarayoni quyidagi 
qonuniyatlar 
asosida kechadi: 
- tarbiyaning obyektiv va subyektiv omillarga bogʻliqligi; 
- tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va oʻzaro aloqadorligi; 
- faoliyat va munosabat shaxsning ijtimoiy ahamiyatli fazilatlarni 
shakllantirishning negizi va asosiy manbai ekanligi; 
- tarbiyalanuvchilarning oʻzaro tarbiyaviy ta’siri, oʻzaro munosabatlari hamda faol 
faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishning mavjudligi. 

Yüklə 40,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin