2
Tseziy xlorid va kaliy yodid bilan reatsiya
3
Sulfat kislota bilan reatsiya
4
Vodorod sulfid bilan reatsiya
5
Miс atsetat va kaliy nitrit bilan reatsiya
6
Xromat kaliy bilan reatsiya
7
Rodizanat natriy bilan reatsiya
10- LABORATOTIYA MASHG`ULOTI. MINERALIZATDAN
MARGANETS, XROM, MIS VA KUMUSH KATIONLARINI ANIQLASH.
MARGANES KATIONI TAHLILI
1. Marganets kationini kaliy peryodat bilan oksidlash reatsiyasi.1 ml
tekshiriluvchi mineralizatga 4 ml suv, 1 ml birlamchi natriy fosfatning to‘yingan
eritmasi, 1 tomchi AgNO
3
10% eritmasi va 0,2 g kaliy peryodat tuzidan qo‘shib, suv
*
Bariy va qo`rg`oshin kationlariga xos rangli reaksiyalarni to`g`ri tanlang va
reaksiya ximizmini ko`rsating.
.
267
hammomida 20 daqiqa davomida qizdiriladi. Marganets kationi bo‘lgan holda
aralashma binafsha rangga bo‘yaladi.Reatsiya kimyoviy tenglamasini yozing.
2. Marganets kationini ammoniy persulfat bilan oksidlash reatsiyasi.1 ml
tekshiriluvchi mineralizatga 4 ml suv, 1 ml birlamchi natriy fosfatning to‘yingan
eritmasida qo‘shib, 5-6 daqiqa suv hammomida qizdiriladi. So‘ngra qaynoq
aralashmaga 1 tomchi 10% kumush nitrat eritmasidan, 0,5g ammoniy persulfat
tuzidanqo‘shilib, yana aralashma gaz pufakchalarini chiqishi to‘xtaguncha
qizdiriladi. Aralashma tarkibida marganets kationi bo‘lgan holda binafsha rang hosil
bo‘ladi. Reatsiya kimyoviy tenglamasini yozing.
Har ikkala reatsiyani taqqoslab qanday holatda marganets bilan zaharlanganligini
tasdiqlash mumkinligini izohlang.
XROM KATIONI TAHLILI
1. Nadxromat kislotalarini hosil bo’lish reatsiyasi. 5 ml tekshiriluvchi
mineralizatga pH-7 bo‘lguncha natriy ishqorining 30% eritmasidan, so‘ngra 1
tomchi kumush nitratning 10% eritmasidan, 0,5 g ammoniy persulfat tuzidan
qo‘shilib, aralashma suv hammomida 20 daqiqa davomida qizdiriladi. Probirkadagi
aralashma sovuq suv oqimida sovutilib unga 1 ml birlamchi natriy fosfatning
to‘yingan eritmasi, 1 ml sirka etil efiri, 2-3 tomchi pergidrol qo‘shib yaxshilab
aralashtiriladi. Mineralizatga xrom kationi bo‘lgan holda organik erituvchi qatlami
rangga bo‘yaladi. Reatsiya kimyoviy tenglamasini yozing.
2. Difenilkarbozid bilan reatsiya.1 ml mineralizatga 4 ml suv, 1 tomchi kumush
nitratning 10% eritmasi, 0,5 g ammoniy persul‘fat tuzidan qo‘shib, 20 daqiqa
davomida suv hammomida qizdiriladi. Bunda mineralizat tarkibida bo‘lgan uch
valentli xrom kationi olti valentli xrom kationigacha oksidlanadi(mineralizat qanday
rangga bo‘yaladi?). So‘ngra aralashmaga 1 ml birlamchi natriy fosfatning to‘yingan
eritmasidan qo‘shilib, uni pH sharoitini 10% kaliy ishqori yordamida pH-1,7 ga
keltiriladi va difenilkarbazidning etil spirti va atsetonning (1:1) aralashmasidagi
0,25% eritmasidan 1 ml qo‘shiladi. Bunda mineralizat tarkibida xrom kationi
bo‘lgan holda qizil binafsha rang hosil bo‘ladi. Reatsiya kimyoviy tenglamasini
yozing.
3. Marganets ioni saqlagan mineralizatdagi xrom kationini aniqlash. Xromni
difenilkarbozid bilan aniqlashda marganets halaqit beradi. Bunday hollarda
tekshiriluvchi mineralizatga bir tomchi kontsentrlangan sulfat kislota va natriy azidi
kristallaridan qo‘shib, hosil bo‘lgan qizil rang yo‘qolguncha aralashtiriladi, so‘ng
difenilkarbozidning 1% spirtli eritmasi qo‘shiladi. Xrom bo‘lsa pushti yoki qizil
rang hosil bo‘ladi. Reatsiya natijalariga sud-kimyoviy tahlil talabi bo‘yicha izoh
bering.
MIS KATIONINING TAHLILI
268
1. Mis dietilditiokarbaminatini hosil qilish rеaksiyasi. 10 ml minеralizatning
muhiti ammiak eritmasi bilan (univеrsal indikator yordamida) pH-3 ga еtkaziladi,
so‘ngra, qo‘rg‘oshin dietilditio-karbaminatning xloroformli eritmasidan 5 ml
qo‘shib chayqatiladi. Mis bo‘lgan holda xloroform qatlami sariq-qo‘ng‘ir rangga
bo‘yaladi. (xloroformli qatlamida sariq-qo‘ng‘ir rang hosil bo‘lmasa mis uchun
tеkshirilmaydi (sababi?). Xloroform qatlami ajratib olinib undagi qo‘rg‘oshin
dietilditiokarbaminatning ortiqcha miqdorini yo‘qotish maqsadida 30 soniya 6 n
xlorid kislotasi bilan so‘ngra suv bilan yuviladi. Xloroform qatlami rangi o‘chib
kеtguncha simob II xloridning 1% li eritmasi bilan chayqatiladi. So‘ngra rangsiz
aralashmaga 0,5-1 ml suv solinib, yaxshilib chayqatib, suvli qatlam ajratib olinadi
va uni uch qismga bo‘linib quyidagi sifat rеaksiyalari bajariladi. Rеaksiya kimyoviy
tеnglamalarini yozing.
a) Mis va kadmiy fеrrosianidni hosil qilish rеaksiyasi. 1 qism tеkshiriluvchi
eritmaga 10 tomchi 2% li kadmiy xlorid va 1-2 tomchi kaliy fеrrosianidning 5% li
eritmasidan qo‘shiladi. Bunda och binafsha rangli cho‘kma hosil bo‘ladi. Rеaksiya
kimyoviy tеnglamasini yozing.
b) Mis va rux tеtrarodanmеrkuriat birikmasini hosil qilish rеaksiyasi. 1 qism
tеkshiriluvchi eritmaga 0,2 g rux sulfat va bir nеcha tomchi ammoniy
tеtrarodanmеrkuriat eritmasidan qo‘shiladi. Aralashmada mis kationi bo‘lganda och
binafsha rangli cho‘kma hosil bo‘ladi. Rеaksiya kimyoviy tеnglamasini yozing.
v) Mis piridinrodanid komplеksini hosil qilish rеaksiyasi. 1 qism tеkshiriluvchi
eritmaga tomchilab (1-2 ml) piridinrodanid rеaktividan loyqa hosil bo‘lguncha
qo‘shiladi, so‘ngra 1 ml xloroform qo‘shib chayqatilsa pastki qatlam tiniq ko‘k
rangga bo‘yaladi. Rеaksiya kimyoviy tеnglamasini yozing. Rеaksiyalar natijalariga
asoslanib sud-kimyosi tahlili talabi bo‘yicha izoh bеring.
KUMUSh KATIONINING TAHLILI
1. Kumush ditizonat birikmasini hosil bo’lish rеaksiyasi. 5 ml minеralizatni
ajratgich voronkasiga solib, unga 5 ml xloroform va bir nеcha tomchi ditizonning
xloroformdagi 0,01% eritmasidan qo‘shilib yaxshilib chayqatiladi. Minеralizat
tarkibida kumush kationi bo‘lgan holda xloroform qatlami sariq-tilla rangga
bo‘yaladi.
Simob kationi ham xuddi kumush kationiga o‘xshash ditizon bilan rangli birikma
hosil qiladi. Rеaksiyalar kimyoviy tеnglamasini yozing.
Simob va kumush ditizonatlarni bir-biridan farqlash. Simob va kumush
ditizonatlarni bir-biridan farqlash uchun xloroformli qatlam ajratilib, unga 5 ml
xlorid kislotasining 0,5n eritmasidan qo‘shib chayqatiladi. Agar xloroformli
qatlamda kumush ditizonati bo‘lsa, u holda xloroformli qatlamning sariq-tilla rangi
269
ko‘k yashil rangga o‘zgaradi. Simob ditizonatida rang o‘zgarmay saqlanadi.
Rеaksiya kimyoviy tеnglamasini yozing.
Ditizon bilan rеaksiya chiqmasa kumush uchun tahlil to‘xtatiladi, aks holda
kumushga qo‘shimcha rеaksiyalar bajariladi.
2. Kumush xlorid cho’kmasini hosil qilish rеaksiyasi. 90 ml minеralizatga 0,5 g
osh tuzi qo‘shiladi. Bunda oq loyqa kumush xlorid cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
Aralashma qaynaguncha qizdirilib, birozdan so‘ng filtrlanadi. Filtrat mis, surma,
rux, mishyak va boshqa kationlarga tеkshiriladi. Filtrda qolgan kumush xlorid
cho‘kmasi 2,5 ml 25% li ammoniy gidrooksidida eritiladi, so‘ngra quyidagi
rеaksiyalar qilinadi. Rеaksiya kimyoviy tеnglamasini yozing.
a) Olingan eritmadan bir tomchisini buyum oynachasiga o‘tkazilib, sеkin-asta uy
haroratida quritiladi, so‘ngra mikroskop ostida qaralganda tiniq kub, oktaedr va
to‘rtburchak shaklidagi mikrokristallar ko‘rinadi.
b) Bir nеcha tomchi eritma buyum oynachasida quritilib, qoldiqqa
tiomochеvinaning to‘yingan eritmasi va kaliy pikrat eritmasidan bir tomchi
qo‘shiladi.
Kumush kationi sariq ignasimon va ularni to‘plamidan iborat mikrokristallar hosil
qiladi.
v) 0,5 ml ammiakli eritmaga kaliy yodning to‘yingan eritmasidan 0,5 ml qo‘shilsa
sarg‘ish loyqa va cho‘kma hosil bo‘ladi.
Rеaksiyalar kimyoviy tеnglamalarini yozing va sud-kimyosi tahlili talabi
bo‘yicha izoh bеring.
« BILAMAN * BILIShNI XOHLAYMAN * BILIB OLDIM»
TRЕNINGI
MAVZUNING AHAMIYATI
BILAMAN
BILIShNI XOHLAYMAN
BILIB OLDIM
* ―BILAMAN * BILIShNI XOHLAYMAN * BILIB OLDIM‖ trеyningi muayyan
mavzular bo‘yicha olgan bilim darajasini baholashga yordam bеradi. Usuldan foydalanish
quyidagi bosqichlarda amlaga oshiriladi: olgan bilimi bo‘yicha tushunchaga egalik darajasi
aniqlanadi; mavzu bo‘yicha bilimlarni boyitishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganiladi; talaba olgan
bilimi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi va o‘zi xulosa chiqaradi.
“
BILAMAN * BILIShNI XOHLAYMAN * BILIB OLDIM‖ trеyningi bo‘yicha yakka
tartibda mavzuni o‘zlashtirish jarayonida quyidagi jadvalni to‘ldiring*:
270
11- LABORATOTIYA MASHG`ULOTI MINERALIZATDAN RUX,
SURMA,TALLIY VAKADMIY KATIONLARINI ANIQLASH. ORALIQ
NAZORAT.
RUX KATIONINING TAHLILI
Minеralizat tarkibidan rux kationiga tеkshiruv o‘tkaziladi.
1. Rux ditizonat birikmasini hosil qilish rеaksiyasi (dastlabki tеkshiruv). 0,5 ml
tеkshiriluvchi minеralizatga 0,5 ml natriy tiosulfatning to‘yingan eritmasidan
qo‘shib, aralashma pH-4,5-5,0 ga kеltirilib, 1 ml pH-5 ga tеng bo‘lgan atsеtat
bufеridan qo‘shiladi, so‘ngra 2 tomchi ditizonning xloroformdagi 0,01%
eritmasidan va 1 ml xloroform qo‘shib, aralashma yaxshilib aralashtiriladi.
Minеralizat tarkibida rux kationi bo‘lgan holda xloroform qatlam rux ditizonati
hisobiga qizil binafsha rangga bo‘yaladi. Rang hosil bo‘lmasa minеralizat rux uchun
boshqa tеkshirilmaydi (sababi?). Rеaksiya kimyoviy tеnglamasini yozing.
2. Rux kationini boshqa kationlardan dietilditiokarbaminat yordamida ajratib
olish va tеkshirish. 10 ml minеralizatga limon kislotasining 20% eritmasidan 4 ml,
tiomochеvinaning to‘yingan eritmasidan (yoki natriy tiosulfat) 1 ml va pH-8,5
bo‘lguncha (univеrsal indikator yordamida) 10% kaliy ishqoridan qo‘shiladi.
Ishqoriy muhitga ega bo‘lgan aralashmaga 3 ml 1% natriy dietilditiokarbaminat
eritmasidan va 5 ml xloroform qo‘shib yaxshilib 1-2 daqiqa davomida chayqatiladi.
Sariq-qo‘ng‘ir rangli xloroformli qatlam ajratilib, unda hosil bo‘lgan rux
dietilditiokarbaminat tarkibidan rux kationini qayta ekstraktsiya qilinadi. Buning
uchun xloroformli ajratma 3 ml xlorid kislotasining 1 n eritmasi bilan yaxshilab
chayqatiladi va suvli qism ajratib olinib, rux kationiga qo‘yidagi rеaksiyalar
o‘tkaziladi.
a) rux sulfid hosil qilish rеaksiyasi. 1 ml eritmaga pH-5 bo‘lguncha (univеrsal
indikator) kaliy ishqorining 10% li eritmasidan, so‘ngra 3-4 tomchi natriy sulfidning
yangi tayyorlangan eritmasidan qo‘shiladi. Bunda tеkshiriluvchi eritmada rux
kationi bo‘lgan holda oq cho‘kma hosil bo‘ladi. Rеaksiya kimyoviy tеnglamasini
yozing.
b) rux fеrrosianid birikmasini hosil qilish rеaksiyasi. 1 ml eritmaga pH-5
bo‘lguncha natriy ishqorining 10% eritmasidan, so‘ngra 3-4 tomchi kaliy
fеrrosianidning 5% eritmasi qo‘shiladi, tеkshiriluvchi aralashma tarkibida rux
kationi bo‘lsa oq cho‘kma hosil bo‘ladi. Rеaksiya kimyoviy tеnglamasini yozing.
v) rux tеtrarodanmеrkuriat birikmasini hosil qilish rеaksiyasi. 1-2 tomchi eritma
buyum oynachasiga o‘tkazilib, quritiladi. Quruq qoldiq 1 tomchi 10% sirka
kislotasida eritilib, ustiga 1 tomchi ammoniy tеtrarodanmеrkuriat tuzi eritmasidan
tomiziladi. Bir nеcha daqiqadan so‘ng mikroskop ostida dеndrit shaklidagi
mikrokristallarni kuzatish mumkin. Rеaksiya kimyoviy tеnglamasini yozing va
271
mikroskristallar shaklini ish daftaringizga chizing. Rеaksiyalar natijalariga asoslanib
sud-kimyosi tahlili talabi bo‘yicha izoh bеring.
SURMA KATIONINING TAHLILI
1. Malaxit ko‘ki bilan komplekс hosil qilish reatsiyasi.Ajratgich varonkasida 1 ml
mineralizat ustiga 4 ml 40% sulfat kislotasi, 3 ml 5 n xlorid kislotasi, 2 tomchi 5%
natriy nitrit, 7 tomchi malaxit ko‘kining 0,5% spirtli eritmasi, 1-2 g suvsizlantirilgan
natriy sulfat va 5 ml toluol qo‘shib, aralashma 1-2 daqiqa davomida yaxshilib
aralashtiriladi. Mineralizat tarkibida surma yoki talliy kationlari bo‘lsa toluol qatlam
havo rangga bo‘yaladi, suvli qatlam esa sariq-qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Toluol qatlam
ajratilib, sulfat kislotasining 25% eritmasi 3 ml qo‘shilib, 5 soniya davomida
chayqatiladi. Toluol qatlam surma yoki talliy kationlarini malaxit ko‘ki bilan hosil
qilgan kompleksi hisobiga bo‘yalgan bo‘lsa, u holda rang saqlanadi. Reatsiya
kimyoviy tenglamasini yozing.
Ushbu reatsiya manfiy natija bersa, mineralizatdan surmani tekshirish to‘xtatiladi,
akс holda surmani qo‘shimcha reatsiyalar bilan tasdiqlash shart (sababi?).
2. Surma sulfidini hosil qilish reatsiyasi. 10 ml mineralizatga 5 tomchi natriy
tiosulfatning to‘yingan eritmasidan qo‘shilib suyuqlik 1-2 daqiqa davomida
qaynatiladi. Surma kationi bo‘lgan taqdirda sariq-qo‘ng‘ir rangli cho‘kma hosil
bo‘ladi. Reatsiya kimyoviy tenglamasini yozing. Reatsiyalar natijalariga
asoslanib sud-kimyosi tahlili talabi bo‘yicha izoh bering.
ВЕННА ДИАГРАММАСИ
Rux
Surma
Mis
272
12- LABORATOTIYA MASHG`ULOTI. MINERALIZATDAN MISHYAK
KATIONINI ANIQLASH.AMALDA VAZIYATLI MASALANI YECHISH.
Mishyak kationini Zanger-Blek usulida aniqlash.
2 ml mineralizatni Zanger-Blek moslamasiga quyib ustiga 10 ml sulfat
kislotasining 4 n eritmasi, 5 ml suv va 1 ml qalay (II) xloridning kontsentrlangan
sulfat kislotasidagi 10% eritmasi hamda 2 g usti mis bilan qoplangan rux bo‘laklari
tushiriladi va moslama tiqin bilan berkitiladi(2-rasm). Moslama boshlang‘ich
qismga qo‘rg‘oshin atsetat eritmasi shimdirilgan paxta, so‘ngra simob (II) bromid
(yoki xlorid) eritmasi shimdirilgan filtr qog‘ozi joylashtirilib, 30-40 daqiqaga qo‘yib
qo‘yiladi. Mineralizat tarkibida mishyak kationi bo‘lgan holda filtr qog‘oz mish‘yak
kationi miqdoriga qarab sariq rangdan qo‘ng‘ir ranggacha bo‘yaladi. Reatsiya
kimyoviy tenglamasini yozing.
Reatsiya chiqmagan holda tekshiruv to‘xtatiladi.
Mishyak kationini Marsh usulida aniqlash.
Usul maxsuс Marsh moslamasida olib boriladi(3-rasm).. Moslamada reatsiya
bajariladigan kolbaga 10 g "miс bilan qoplangan" rux bo‘laklari, xlor kaltsiyli
trubkaga suvsizlantirilgan kaltsiy xlorid kristallari to‘ldirilib moslamani hamma
qismlari yig‘ilib,shtativga o‘rnatiladi. Moslamaning tomchilagich voronkasiga 50 ml
sulfat kislotasining4 n eritmasi quyib sekin-asta reatsiya boradigan kolbaga
tomiziladi. Reatsiya natijasida ajralib chiqayotgan vodorod moslamadan havoni 15-
20 daqiqa davomida, siqib chiqaradi. Buni aniqlash uchun moslamaning qaytaruvchi
naychasi oxiriga to‘nkarilgan ingichka probirka qo‘shiladi va uni og‘ziga yonib
turgan alanga tutiladi. Bunda probirka toza vodorod bilan to‘lgan bo‘lsa hech
qanday ovozsiz yonadi, akс holda shovqinli portlash sodir bo‘ladi. Moslamadan
to‘liq vodorod chiqayotganligiga ishonch hosil qilingach, moslama sochiq bilan
yopilib, qaytaruvchi naychadan chiqayotgan vodorod yoqiladi. Qaytaruvchi naycha
ingichka qismi doka piligi bilan sovitilib, ingichka qismidan oldingi keng qismi esa
kichik alanga yordamida qizdiriladi. Vaqti-vaqti bilan tomchilagich voronkadan
reatsiya boradigan kolbaga sulfat kislota eritmasi tomizilib turiladi. Shu jarayon bir
*
VЕNNA DIAGRAMMASI– 2-3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash
yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Diagramma Vеnna tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohidakichik gurhlarda diagramma Vеnnani
tuzadilar va kеsishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar
Juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to’ldiradilar
Doiralarni kеsishuvchi joyida, ikki(XX) yuki uch(XXX) doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma'lumotlar
ro’yxatini tuzadi
273
soat davomida olib borilgach pilik o‘z o‘rnidan bir oz surilib, sovutilgan qism
tekshiriladi, bunda hech qanday qo‘ng‘ir kulrang dog‘ hosil bo‘lmasligi kerak
(dog‘ning hosil bo‘lmasligi ishlatilayotgan reaktivlarni sud-kimyosi nuqtai-
nazaridan tozaligini ko‘rsatadi). Shundan so‘ng sud kimyogari olingan mineralizatni
tekshirishni boshlaydi. Buning uchun 20 ml mineralizatga 1 ml qalay (II) xloridning
kontsentrlangan sulfat kislotasidagi eritmasidan qo‘shib, tomchilagich voronkaga
o‘tkaziladi. So‘ngra aralashma sekin-asta reatsiya boradigan kolbaga bir soat
davomida tomchilab tushiriladi. Bunda qaytaruvchi naychaning ingichka qismi
sovutilib, yo‘g‘on qismi qizdirib turiladi. Reatsiya natijasida arsin (AsH
3
) moddasi
hosil bo‘lsa qaytaruvchi naycha uchida zangori alanga paydo bo‘lib, sarimsoq piyoz
hidi seziladi. Yonayotgan zangori alangaga sovuq chinni tovoqchaga tutilsa, yaltiroq
kulrang dog‘ hosil bo‘ladi.
Qaytaruvchi naychani ehtiyotkorlik bilan 180
o
ga burib,uni uchi kumush
nitratning ammiakli eritmasiga tutilsa naychadan AsH
3
ajralgan holda eritmada qora
loyqalanish paydo bo‘la boshlaydi. Bir soatdan so‘ng moslamaning qaytaruvchi
naychasi tekshiriladi. Buning uchun alanga o‘chirilib, naycha ajratib
olinib,sovutilgach, ingichka qismida yaltiroq kulrang dog‘ bor-yo‘qligi aniqlanadi.
Dog‘ hosil bo‘lgan holda uni kichik alangada qizdirilib, biroz yuqoriroqda sovuq
suv shimdirilgan pilik bilan sovutiladi, bunda yaltiroq dog‘ yo‘qolib, sovutilgan
qiyomda oq dog‘lar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan oq dog‘lar mikroskop ostida
ko‘rilganda oktaedr va tetraedr shaklidagi kristallar ko‘rinadi.
Talabalar o‘z amaliy ish daftarlariga Marsh moslamasini rasmini va shu
moslamada boradigan reatsiyalar kimyoviy tenglamalarini yozishlari lozim.
ВЕННА ДИАГРАММАСИ
Zanger-Blek
usuli
Marsh usuli
274
13- LABORATOTIYA MASHG`ULOTI. JIGAR VA BUYRAKNI
DESTRUKSIYALASH. DESTRUKTATDAN SIMOBNI SIFAT VA
MIQDORINI ANIQLASH.
Biologik ob'еktlar tarkibidagi simob birikmalarini kontsеntrlangan sulfat va
nitrat kislotalari bilan dеstruktsiyalab ajratish.
20 g dan olib maydalangan jigar hamda buyrak alohida 300 ml hajmli kolbalarga
solinib, ustiga 10 ml suv, 1 ml etil spirti va 10 ml kontsentrlangan nitrat kislotasidan
qo‘shiladi. So‘ngra ehtiyotkorlik bilan tomchilab, doimiy aralashtirilgan holda 10 ml
kontsentrlangan sulfat kislotasi qo‘shiladi. Bunda kolba ichida hosil bo‘layotgan
azot oksidlari kolba og‘zidan uchib chiqmasligiga ahamiyat berish kerak (sababi?).
Sulfat kislotasi qo‘shib bo‘lingandan so‘ng 10-15 daqiqa, nitrat oksidlarini ajralishi
to‘xtaguncha, uy haroratida qoldiriladi.
So‘ngra kolba qaynayotgan suv hammomida 20 daqiqa davomida qizdiriladi.
Reatsiya tez ketgan holda kolbaga 30 - 50 ml qaynoq suv quyiladi. So‘ng qaynoq
holdagi destruktat ikki barobar issiq suv bilan aralashtirilib, shu holatda ikki qavat
fil‘tr qog‘oz orqali filtrlanadi, so‘ngra filtrda qolgan cho‘kma 3-4 marotaba issiq suv
bilan yuvilib, chayindi asosiy filtratga qo‘shiladi.
Destruktat sovugach uni 200 ml o‘lchov kolbasiga o‘tkazilib, tozalangan suv
bilan hajmi o‘lchamga etkaziladi.
Tayyor destruktat keyingi darsga kafedra laborantida qoldiriladi.
Dеstruktatni tahlili
Simob kationini sifat va miqdorini aniqlash asosan ikki usulda Cu
2
NgI
4
holida
nеfеlomеtrik va ditizot ishtirokida fotomеtrik usullarda aniqlanadi.
1. Nеfеlomеtrik usulida simob kationini aniqlash. Olingan dеstruktatning aniq
o‘lchab olingan hajmiga 5 ml 2,5 n natriy sulfit eritmasidan va 250 ml bo‘lguncha
tozalangan suv hamda 10 ml mis (1) yodidning osilmasi qo‘shiladi. Bunda
aralashmadagi osilma qizil binafsha rangga bo‘yalsa, unga yana 30 ml mis (1)
yodidning osilmasidan qo‘shiladi. SuI rangi o‘zgarmagan holda qo‘shimcha mis (1)
yodidning osilmasi qo‘shilmaydi. Aralashma vaqti-vaqti bilan aralashtirib turilib, 30
daqiqadan so‘ng filtrlanadi. Filtrdagi cho‘kma natriy sulfatning 1% eritmasi bilan
sariq rang yo‘qolib, filtratni pH muhiti 5-6 bo‘lguncha tomchilab yuviladi. So‘ngra
filtrda qolgan cho‘kma yodning 3% kaliy yodiddagi 0,35% aniq hajmda olingan
eritmasi bilan yuviladi. Yod eritmasining miqdori hosil bo‘lgan cho‘kma rangiga
qarab 6 ml dan 100 ml gacha olinishi mumkin (1-jadvalga qarang).
Olingan eritma tarkibidan simob kationini miqdori aniqlanadi.
275
Buning uchun yodli eritmadan 3 ta kolorimеtrik probirkaga turli hajmda olinadi.
Agarda cho‘kmani eritish uchun yod eritmasidan 6 ml olingan bo‘lsa u holda butun
hajm (6 ml) aniqlash uchun ishlatiladi.
«BLITS» TRЕNINGI
№
Jarayonning borishi
№
1
Maydalangan biologik ob‘ekt 300 ml hajmli kolbaga
solinadi
2
Kolba qaynayotgan suv hammomida 20 daqiqa
qizdiriladi
3
20 gr. biologik ob‘ekt maydalanadi
4
Kolba nitrat oksidlari ajralishi to‘xtaguncha, uy
haroratida qoldiriladi
5
Maydalangan biologik ob‘ekt ustiga 10 ml suv, 1 ml
etil spirti va 10 ml konts. nitrat kislota qo‘shiladi
6
Destruktat sovugach, 200 ml o‘lchov kolbasiga
o‘tkazilib, tozalangan suv bilan hajmi o‘lchamiga
etkaziladi
7
Ehtiyotkorlik bilan tomchilab, doimiy aralashtirigan
holda 10 ml konts. sulfat kislota qo‘shiladi
8
Destruktat issiqligida filtrlanadi
Dostları ilə paylaş: |