O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent Farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti 105- guruh talabasi Nabiyev Rustambekning



Yüklə 313,43 Kb.
səhifə12/13
tarix02.01.2022
ölçüsü313,43 Kb.
#37858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Falsafiy dunyoqarash va uning o`z-o`zini anglashdagi roli reja-fayllar.org (1)

3. Falsafiy bilim tarkibi
Naturfalsafadan falsafiy bilimlarni bo‘linishiga o‘tish

Falsafa o‘zining dastlabki cho‘qqilariga juda qadimgi zamonlardanoq, ya'ni, matematikani istisno qilganda, boshqa fanlar endigina vujudga kelayotgan davrdayoq erishgan edi. Mushohada (fikrlash, tasavvur qilish)dan foydalanib, falsafa hali fanlar javob bera olmagan savollarga javob berishga urinib, naturfalsafa, ya'ni tabiat falsafasi sifatida yuzaga chiqqan. Tabiatni o‘rganuvchi faylasuflar o‘z falsafiy muammolari bilan bir qatorda hozirda alohida fan bo‘lib shakllangan: fizika, astronomiya, biologiya va boshqa fanlarning muammolari bilan ham shug‘ullangan edilar. Shu bois tabiat falsafasi falsafiy g‘oyalar, ilmiy empirik dalillar, shuningdek xurofot, afsun, alkimyo, astrologiya va boshqalar qorishmasidan iborat bo‘lib qolgan edi. Tabiat falsafasi inson bilishining rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Dunyoning moddiy birligi, moddalarning atom tuzilishi, Quyosh tizimi, sayyoralarining kelib chiqishi, olam tuzilishi va boshqa g‘oyalar tabiat falsafasida tug‘ildi va rivoj topdi.

Biroq XVII asrdan boshlab tabiat falsafasi tabiatshunoslik rivojini to‘xtatib kola boshladi. Mexanikaning paydo bo‘lishi bilan birga fan o‘zining butunlay boshqacha mushohadaga asoslangan birinchi mexanik dunyo manzarasi (tabiat tizimi)ni yaratdi. Shu munosabat bilan, nazariy tabiatshunoslikning otasi bo‘lmish Nyuton olimlarni naturfalsafiy mushohidaga haddan tashqari berilib ketishdan ogohlantirib, o‘zining mashhur «Fizika, metafizikadan qo‘rq!» iborasini aytgan edi.

Tabiiy fanlarning mustaqil rivojlana borishi bilan tabiat falsafasi o‘z o‘rnini nazariy jihatdan shakllangan tabiatshunoslikka bo‘shatib bera boshladi. Ayni bir vaqtda falsafiy bilimlarning o‘zida bo‘linish yuz bera boshladi.




Yüklə 313,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin