Mashg’ulotning maqsadi: Umumiy jarrohlik amaliyotida keng qo’llaniladigan ko’p sonli jarohat kengaytiruvchi, suruvchi va yordamchi tibbiyot asboblari va ularga qo’yilgan talablar asosida tovarshunoslik tahlilini o’tkazish, yaroqli ekaniligi haqida bilim va ko’nikmalarga o’rgatishdan iborat.
Mavzuni ahamiyati: Ushbu mavzuni o’rganish nafaqat jarrohlik amaliyotida tibiyotni mahsus sohalarida (keyingi mavzularda ko’riladigan) ko’p sonli va keng qo’llaniladigan tibbiyot asboblarini sifatini tahlil qilish, saqlash va ularni sterillab ishlatishga o’rgatadi. Davolash, tibbiyot texnika ta’minoti muassasalarida ishlaydigan farmatsevtlarni faoliyatida uchraydigan qabul qilish, saqlash, ishlatish va tovarshunoslik tahlilini o’tkazish bilan bo’lgan masalalarni malakaliy hal qilish imkonini beradi.