Mavzuni yoritish uchun savollar.
1.Jarrohlik choklash ashyolari turlari
2.Shimilib ketadigan tikish ashyolar
3.Shikastlantirmaydigan jarrohlik ignalari
4.Tibbiy tikuv apparatlari.
Mustaqil bajarish uchun vazifalar:
1-vazifa. Jarrohlik choklash ashyolariga klaster tuzing.
Jarrohlik choklash ashyolari
2-vazifa. Berilgan ketgut turini aniqlang, ishchi daftaringizga uzunligini, raqamini, sterillash usulini va sifatini baholash yo’lini, saqlash tartibini yozing.
3-vazifa. Berilgan nusxaga qarab shimilmaydigan jarrohlik tikuv materialini aniqlang. Ishchi daftaringizga tayyorlangan xom-ashyosi, uzunligi, sterillash va saqlash tartibini, boshqa tikuv materiallardan afzalligi yoki kamchiligini tariflab yozing.
4-vazifa. Berilgan jarrohlik ignalarga qarab ularni turini aniqlang, tayyorlangan materiali, tuzilishi, sterillash yo’lini, saqlash tartibini yozing, asosiy qismlarini ko’rsatib, rasmini chizing. Jarrohlik ignani sifatini tekshiring va natijalariga izoh bering.
5-vazifa. Berilgan asbobga qarab ligatura ignasini turini aniqlang. Tayyorlangan materiali, asosiy qismlarini ko’rsatib rasmini chizing. Sterillash va saqlash tartibini ta'riflab ishchi daftaringizga yozing.
Dostları ilə paylaş: |