O’zbekiston respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Organik sintez kafedrasi



Yüklə 0,81 Mb.
tarix20.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#79782
KF406B Berdiboyev Umidjon Organik Sintez


O’zbekiston respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Organik SINtez kafedrasi
“organic sintez” fanidan mustaqil ish Mavzu: Aromatik moddalar asosida olinadigan dori preparatlar sintezi.
Bajardi: Farmatsiya fakulteti, Klinik farmatsiya yo’nalishi, KF-406-B guruh talabasi: Berdiboyev Umidjon
Qabul qildi: Davletova Xurshida
Toshkent 2022

AROMATIK BIRIKMALAR!

AROMATIK BIRIKMALAR (yun. aroma — xushboʻy, muattar) — molekulasi bir yoki bir necha benzol yadrolaridan tashkil topgan organik birikmalar va ularning hosilalari. Eng oddiy vakillari — benzol va uning hosilalaridir.

VITAMIN K TA’SIRIGA EGA BIRIKMALAR (NAFTAXINON HOSILALARI)

MENADION

VIKASOL

Vikasol - Vikasolum


2,3-Digidro-2-metil-1,4-naftoxinon-2-sulfonat natriy trigidrat.
Hidsiz, oq yoki sarg`ish tusli oq kristallik kukun. Suvda oson; 95% li spirtda qiyin; efirda juda kam eriydi.
Chinligi:
1) ishqor bilan reaksiya natijasida sariq rangli 2 – metil, 1,4 – naftoxinon hosil bo`ladi.
2) natriy sulfit ishqoriy gidrolizdan so`ng yod eritmasini rangsizlantiradi.
Dori shakli: in’eksiya uchun eritma, tabletka.
K vitamin guruh preparati.

VIKASOL

VIKASOL

  • Vitamin K2ning tabiiy turlari ko‘p bo‘lib, ular bir-biridan yon zanjir holati bilan farq qiladi.
  • Vitamin K ta‘siriga ega bo‘lgan sintetik dori modda Vikasol - Vit K3 dir.

Vikasolum (Menadionum)

VIKASOL SINTEZI (OLINISHI)


Oq yoki biroz sarg’ish, achchiq mazali kukun bo‘lib, suvda oson, spirtda esa qiyin eriydi.

VIKASOL ISHLATILISHI

Vikasol qonda protrombinning kamayishi natijasida sodir bo‘ladigan qon ketishida maxsus ta‘sir qiluvchi modda. Uni o‘tkir gepatit, parenximatoz va kapillyar qon ketishida, meda va o‘n ikki barmoqli ichak yaralarida qon ketganida, gemmorroidal va uzoq vaqt burundan qon ketganida, nurlanishda va boshqa holatlarda keng qo‘llaniladi.

Dori shakli: tabletka 0,015-0,032 va 1%-1ml li in‘ektsion eritma.

OKSOLIN Oxolinum 1,2,3,4 – tetraokso-1,2,3,4 – tetragidranaftalin, digidrat

Oq yoki biroz novvot rangli kristall kukun, suvda, spirtda va atsetonda yengil eriydi, efirda kam eriydi, xloroformda erimaydi. U 129-133°C haroratda suyuqlanadi.


Ishlatilishi: virusli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

OKSOLINNING OLINISHI

Uni olishda avval azobo‘yoq moddasi 2- oksinaftal- 1- azobenzol- 4- sulfokislotaning natriyli tuzini (I) natriy gidrosulfitning suvdagi eritmasi ta’sirida 1- amino-2- naftolgacha (II) qaytariladi. So‘ngra uni xlorid kislota muhitida temir (III) xlorid bilan oksidlab, r - naftaxinon yoki 1,2-naftoxinonga (III) o‘tkaziladi. Sintezning navbatdagi bosqichida β- naftaxinonni pH 9,3—10,5 li muhitda tarkibida 4,5—5,8% gacha erkin xlor saqlagan natriy gipoxlorit bilan oksidlab, izonaftazarin (IV) olinadi. Sintezning oxirida izonaftazarin suv bilan ishlanib, osilma tayyorlanadi va unga to‘la eriguncha sof xlor yuborib, oksolinga (V) o‘tkaziladi:

OKSOLINNING OLINISHI

OKSOLINNING ISHLATILISHI

Oksolin ko‘z adenovirusli keratokon’yunktivit, keratit va teri virusli kasalliklarida hamda grippga qarshi qo‘llanadi. Ko‘z tomchisi sifatida oksolinning yangi tayyorlangan 0,1% va 0,2% li suvdagi eritmasi hamda 0,25% li surtma dorisidan foydalaniladi. Preparat 0,25%, 0,5%, 1%, 2% va 3% li surtma va eritma tayyorlash uchun kukun holida chiqariladi.

Oksolinning kukun holdagisi B ro‘yxati bo‘yicha +4°C dan ortiq bo‘lmagan haroratda saqlanadi.

Paratsetamol – Paracetamolum p-atsetaminofenol.

Hidsiz, oq yoki pushti tusli oq kristallik kukun. Suvda qiyin; 95% li spirtda oson eruvchan; atseton va ishqor eritmasida eriydi; efirda deyarli erimaydi.

Chinligi:

1) azobo`yoq hosil bo`lishi

2) indamin bo`yog`ining hosil bo`lishi

3) temir (III) xlorid bilan reaksiya


Dori shakli: kukun, tabletka.
Isitma tushiruvchi, og`riq qoldiruvchi vosita.

Paratsetamol chinligi

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin