O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmasevtika Instituti Farmatsiya kafedrasi



Yüklə 23,72 Kb.
tarix04.02.2023
ölçüsü23,72 Kb.
#82820
4-SARDOR



O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmasevtika Instituti Farmatsiya kafedrasi


Mavzu:Dorixona sharoitida kukunlar tayyorlashning alohida holati.

Topshiruvchi: IbragimovSardor.


Qa’bulqiluvchi: Aliqulova A.
Kukunlarning boshqa dori shakllaridan quyidagi afzalliklari bor:
1. Dori moddasi yaxshilab maydalanganligi sababli yuqori farmakologik faollikka erishish mumkin.
2. Tabletka va pilyulyalar (xabdorilar) bilan solishtirilganda elaki dorilarning tayyorlash texnologiyasi juda sodda.
3. Ixchamligi va saqlash davomida turg‘unligi (suyuq dorilarga qaraganda).
4.Tarkibining xilma-xilligi kukun tarkibida organik, noorganik moddalar, o‘simlik va xayvonlardan olingan kukun moddalar, kam miqdorda suyuqliklar hamda qovushqoq moddalar bo‘lishi mumkin (kiritilishi mumkin).
Poroshoklarning bir qator kamchiliklari ham bor:
1. Dori moddalarning organizmga so‘rilishi eritmalarga nisbatan sekinrok boradi, chunki dorivor modda avval eriydi, keyin esa so‘riladi.
2.Ba'zi moddalar atrof-muxitning ta'siri ostida o‘zgarishi mumkin:
a) kristall izatsion suvini yo‘kotishi ;
b) xavodagi uglerod ikki oksidini yutib, karbonatlar hosil qilishi;
v) havodagi kislorod ta'sirida oksidlanishi ; namlik ta'sirida esa sochiluvchanligini yo‘qotishi mumkin.
3. Ba'zi moddalar me'da va ichakning shilliq pardalariga qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatishi mumkin, eritma holida esa bu holat kuzatilmaydi (kaliy va natriybromid tuzlari).
4. Achchiq ta'mli, yoqimsiz hidli va rangli moddalardan tayorlangan kukunlar ichish uchun noqulay bo‘lgani sababli maxsus kapsulalarga solinadi.
4. Poroshoklarning umumiy texnologiyasi.
Poroshoklar tayyorlash - maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to‘lab o‘lishi yoki ba'zibir jarayonlarning bo‘lish-bo‘lmasligi dori tarkibi, uning qo‘llanilishi va tarkibga kirgan dori moddalarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Kukunlarning maydalilik darajasi, tayyorlanishi, qadoqlash usullari ham shu xususiyatlariga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun ishlatiladigan kukunlar o‘ta maydalangan bo‘lishi kerak. Tish uchun ishlatiladigan (0,1 mm) kukunlarning ham maydalik darajasi shunga o‘xshash. Tish kukunlari tarkibida yirik zarrachalarning bo‘lishi tishning emal qavatini zararlashi mumkin. Hidlash uchun ishlatiladigan elak dorilar zarrachalarining maydaligi o‘rta me'yorda bo‘lgani ma'qul (0,2 mm), chunki bunday kukunlar nafas yo‘llarining tashqi qavatiga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tomok yo‘llariga tushish zarurati yo‘k. Ishlatilishi oldindan eritish uchun mo‘ljallab beriladigan elaki dori tarkiblarini maydalash shart emas. Yaraga sepish uchun va jaroxatlarni davolash maqsadida ishlatiladigan kukunlar iloji boricha mayda qilib va aseptic sharoitda tayyorlani shikerak . Agar issiqlik kachidamli bo‘lsa, ularni sterillab berish zarur. Elaki dorilar tarkibi va qo‘llash usulidan tashkari bir-biridan agregat holati (kristall, amorf), zichligi, qattiqligi, rangi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Xayvonot va o‘simliklardan olingan elaki dorilar amorf kukunlar bo‘lib, minerallardan solishtirma og‘irligining kichikligi bilan farqlanadi. Kukun holatidagi ba'zi bir moddalar yoruglik ta'sirida, kislorod, karbonat angidrid va xavo namligi ta'sirida o‘zgaradi. Ko‘pchilik kukunlar gigroskopik bo‘lgani sababli havoda namlanadi vaa ksincha, tarkibida Kristal suvsaqlaganlari xavo ta'sirida uvini yo‘qotadi, masalan, natriy sulfat, magniy sulfat. Ba'zi bir kukun holidagi dorivor moddalar (kamfora, mentol, xloralgidrat) oson uchuvchan hisoblanadi.Kukun holatidagi elaki dori tayyorlashda xususiyati jixatidan turli moddalarning aralashtirilishi natijasida tarkibidagi fizik xususiyatlar (gigroskopik xususiyati, uchuvchanligi, portlash xususiyati) o‘zgarishi mumkin. Elaki dorilar tayyorlashda farmatsevt ana shuxususiyatlarni hisobga olishi kerak.
Yüklə 23,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin