O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 100,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.12.2023
ölçüsü100,96 Kb.
#187568
  1   2
Biofizika deadline 1



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA KAFEDRASI 
2-son Davolash fakulteti 1-kurs d23-04-guruh talabasi A’zamov Davronbek 
Salim o’g’lining “Tibbiy va biologik fizika” fanidan “Eshitish sezgisining 
xarakteristikalari. Tovushni o`lchash”
mavzusidagi bajargan 
MUSTAQIL ISHI 
Qabul qildi: o’qituvchining Ibragimova Muyassar Nazaraliyevna 
Toshkent – 2023 


MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………………………
3
Tovush nima? ……………………………………………………………….. 6 
Tovushni fizik xarakteristikasi …………………………………………….. 8 
Tovushni o’lchash …………………………………………………………... 12 
Xulosa ………………………………………………………………………… 18 
Mavzu bo’yicha test savollari……………….………………………………. 18
Glossari ……………………………………………………………………… 20
Qisqartma so’zlar……………………………………………………….…… 20
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………. 21 


Kirish
Eshitish — odam va hayvonlar organizmining tovush tebranishlarini qabul 
qilish xususiyati; mexanik, retseptor va nerv tuzilmalaridan tashkil topgan eshitish 
analizatorlari faoliyati tufayli roʻy beradi. Tovush taʼsirida odamda tovush signallari 
parametrini aks ettiruvchi Eshitish sezgisi paydo boʻladi; buning natijasida tovush 
tebranishlari chastotasi tovush balandligi tarzida qabul qilinadi. Organizmlarning 
eshitish xususiyati ular evolyutsion rivojlanishi, yashash muhiti va tovush 
signallarining biologik ahamiyati bilan bogʻliq. Evolyutsiya jarayonida eshitish 
sistemasi dastlab hasharotlarda, keyinroq barcha umurtqalilarda paydo boʻlgan. 
Eshitish sutemizuvchilarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Tovush tebranishlari tashqi 
eshitish yoʻli (tashqi quloq) orqali oʻtib, nogʻora pardani tebratadi. Tebranishlar 
oʻrta quloqdagi suyakchalar orqali ichki quloq suyuqligi (perilimfa va endolimfa)ga 
oʻtadi. Paydo boʻlgan gidromexanik tebranishlar chigʻanoq toʻsigʻi (asosiy, yaʼni 
bazilyar membrana)ni va unda joylashgan retseptor apparat (Korti organi)ni 
tebratadi. Bazilyar membrananing mexanik xususiyati uning uzunligi boʻylab bir xil 
boʻlmaydi: yuqori chastotali tebranishlar bazilyar membrananing ichki quloq 
chigʻanogʻi asosida, past chastotali tebranishlar esa uning uchki qismida maksimal 
amplitudaga ega boʻlgan tebranishlarni paydo qiladi. Shunday qilib, Korti organida 
tovush tebranishlari mexanik energiyasi retseptorlarni qoʻzgʻatadi, qoʻzgʻalish 
retseptorlardan eshitish nervlari tolalariga beriladi. Nervlarda paydo boʻlgan 
bioelektr potensiallar eshitish sistemasi markazi boʻlimiga oʻtkaziladi. Eshitish 
signallari faqat havo orqali emas, balki kalla suyaklari orqali ham ichki quloqqa 
oʻtkazilishi mumkin. 
Eshitish sezgirligi eshitishning absolyut chegarasi orqali baholanadi. Bu 
chegara tovushning eshitish mumkin boʻlgan minimal intensivligi ditsibal (db) 
hisobida belgilanadi. Qabul qilinadigan tovush tebranishlari chastotasi diapazoni 
eshitish egri chizigʻi, gers (Hz) yoki kilogers (kHz) bilan ifodalanadi. Odam 10—20 
Hz dan 20 kHz gacha boʻlgan tovush tebranishlarini qabul qiladi, 10 Hz dan past 
tebranishli tovushlar uzluksiz tovush tarzida qabul qilinmaydi. Odamda eshitishning 
eng quyi chegarasi 1—3 kHz chastotaga teng. Juda yuqori tebranishli tovush 
toʻlqinlari — shovqin (mas, 140 db ogʻriq paydo qiladi; 150 db tovushga odam 
chiday olmaydi). Har xil hayvonlar turli diapazondagi tovush toʻlqinlarini (mas, 
hasharotlar 0,2 kHz — 500 kHz, baliqlar 50—100 Hz — 3—5 kHz, delfinlar 100 
Hz —200 kHz) qabul qiladi. Umurtqali hayvonlardan qushlarning eshitish sezgirligi 
sudralib 
yuruvchilarnikidan, 
sutemizuvchilarniki 
qushlar 
va 
sudralib 
yuruvchilarnikidan yuqori boʻladi. 
Odamning 
normal qulog’i yetarlicha keng diapazondagi tovush 
intensivliklarini qabul qiladi: masalan, 1 kHz chastotada, Io=10 –12 Vt/m2 yoki 
P0=2·10–5 Pa (eshitish bo’sag’asi)dan to Imax=10 Vt/m2 yoki Pmax=60 Pa (og’riq 
sezish bo’sag’asi)gacha bo’lgan tovush intensivliklarini qabul qila oladi. Bu 


intensivliklarning nisbati 10 ga teng, shu sababli tovush intensivliklarni 
xarakterlashda logarifmik birliklardan va logarifmik shkalalardan foydalanish qulay 
hisoblanadi. Tovush intensivligi darajalarining shkalasi quyidagi ko’rinishda 
tuziladi. I0 ning qiymati shkalaning boshlang’ich darajasi qilib, boshqa har qanday 
I intensivlikni esa uning I0 ga nisbatining o’nli logrifmi orqali ifodalanidi. 
Tovushni farqlash imkoniyati differensial chegara, yaʼni eshitish mumkin 
boʻlgan tovush oʻzgarishining minimal chegarasi (intensivligi yoki chastotasi) bilan 
belgilanadi. Odamda tovushni farqlash differensial chegarasi (oʻrtacha diapazonda) 
intensivlik boʻyicha 0,3—0,7 db, chastota boʻyicha 2— 8 Hz ga teng. Tovush 
signallari kuchayishi bilan tovushni farqlash ham kuchayadi, uning differensial 
chegarasi esa kamayib boradi. Bunday holat nutq signallari va musiqa ohanglarini 
qabul qilishda ham namoyon boʻladi. Odamni musiqa ohanglari absolyut 
balandligini aniqlay olish qobiliyati absolyut eshitish deyiladi. Boshqa begona 
tovushlar taʼsirida tovushni qabul qilish xususiyati yomonlashuvi, hatto butunlay 
yoʻqolishi mumkin (niqoblanish hodisasi). Kuchli tovushlar uzoq vaqt davomida 
taʼsir etganida eshitish sezgirligi pasayadi (fiziologik adaptatsiya). Eshitish 
sistemasi ikkala simmetrik joylashgan qismlarining oʻzaro taʼsiri tovush manbaini 
aniqlashga imkon beradi (binaural effekt). Bir qancha hayvonlar (koʻrshapalaklar, 
delfinlar, ayrim qushlar) obʼyektlarning fazoda joylashgan oʻrni, shakli, oʻlchamini 
aniqlashga imkon beradigan maxsus eshitish sistemasi — exolokatsiya xususiyatiga 
ega. Ular oʻzlari chiqargan va obʼyektdan qaytadigan signallarni qabul qilishadi. 
Eshitishning fiziologik mexanizmlari uzilkesil hal etilmagan. 


Akustika — eng past chastotali tebranishlardan boshlab o‘ta yuqori (1012-10 
23 Gs) chastotali elastik tebranishlar va to‘lqinlarni o‘rganuvchi fizikaning bir 
bo’limidir. Hozirgi zamon akustikasi keng doiradagi masalalarni qamrab olib, bir 
necha bo‘limlarga ajraladi: fizik akustika - turli xil muhitlarda elastik to‘lqinlarning 
tarqalish xususiyatlarini o‘rganuvchi akustika, fiziologik akustika — odam va 
hayvonlarning tovush qabul qilish va eshitish organlarining tuzilishi hamda ishlash 
prinsiplarini o‘rganuvchi va boshqa bo‘limlardan iborat. Tor ma’noda akustika bu 
tovush haqidagi, ya’ni odam qulog‘i qabul qila oladigan (16 Gs dan 20 000 Gs gacha 
gazlar, suyuqlik va qattiq jismlardagi elastik tebranishlar va to‘lqinlar haqidagi 
ta’limotdir. 
Tovush vibratsiya bo’layotgan jism tomonidan chiqariladigan mexanik 
to’lqindir. Masalan, kamerton yoki inson tovush paylari tebranma harakat qilsa, 
ularning atrofidagi havo molekulalari harakatlanib, tebranayotgan jism harakatiga 
monand ravishda o’zgaradi. Tebranayotgan molekulalar o’z navbatida harakatini 
qo’shni molekulalarga uzatadi. Havo tebranishlari quloqqa yetib borganida ular 
nog’ora pardaning vibratsiyasiga sababchi bo’ladi.Bu esa o’z navbatida bosh miyasi 
tomonidan qabul qilinuvchi nerv impulslarini keltirib chiqaradi 


Tovush (fizikada) — keng maʼnoda gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda 
toʻlqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati. Tor 
maʼnoda — odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul qilish 
eshitish hodisasi. Fizikaning tovush hodisalarini o’rganadigan bo’limi akustika, 
qulog’imiz tovush sifatida qabul qila oladigan tebranishlarni akustik tebranishlar deb 
yuritiladi. Eshitiladigan va eshitilmaydigan tovushlar bor. Chastotasi 16 Gs — 20 
kGs gacha boʻlgan toʻlqinlar inson qulogʻida tovush sezgisini uygʻotadi. Chastotasi 
16 Gs dan kichik boʻlgan elastik toʻlqinlar infratovush deb ataladi. Infra, ultra va 
gipertovushlarni inson qulogʻi eshitmaydi. Gaz va suyuqliklardagi tovush toʻlqini 
faqat boʻylama toʻlqin, qattiq jismlarda tarqaladigan toʻlqinlar esa ham boʻylama, 
ham koʻndalang boʻlishi mumkin. Tovush tezligi quruq havoda 0,34 km/s, 
suyuqlikda 152 km/s, qattiq jismda 506 km/s (olmosda 18 km/s) boʻladi.Insonlar 
qabul qilgan Tovushlarni ularning yuksakligi, tembri va qattiqligiga qarab bir-
biridan farq qiladi. Ana shu har bir subyektiv bahoga tovush toʻlqinining aniq fizik 
xarakteristikasi mos keladi.Har qanday real tovush oddiy garmonik tebranish emas, 
balki maʼlum chastotalar toʻplamiga ega boʻlgan garmonik tebranishlarning 
yigʻindisidan iborat. Berilgan tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari 
toʻplami Tovushning akustik spektri debataladi. Agar tovushda maʼlum intervaldagi 
barcha chastotaga ega boʻlgan tebranishlar ishtirok etsa, u holda spektr tutash spektr 
deyiladi. Agar tovush bir-biridan chekli intervallar bilan ajralib turuvchi diskret 
chastotali tebranishlardan tashkil topgan boʻlsa, spektr chiziqli spektr deyiladi. 
Agar havoda tarqalayotgan elastik to’lqinlarning chastotasi taxminan 20 dan 
20000 Hz oralig’ida bo’lsa, u holda ular inson qulog’ida tovush sezgisini uyg’otadi. 
Shuning uchun chastotasi ana shu ko’rsatilgan chegarada yotgan istalgan muhitdagi 
elastik to’lqinlar tovush to’lqinlari yoki to’g’ridan – to’g’ri tovush deb ataladi. 
Chastotasi 20 Hz dan kichik bo’lgan elastik to’lqinlar infratovush deb ataladi: 
chastotasi 20000 Hz dan katta bo’lgan to’lqinlar ultratovush deyiladi. Infratovush va 
ultratovushni inson qulog’i eshitmaydi. Gaz va suyuqliklarda tovush to’lqini faqat 


bo’ylama to’lqin bo’lishi mumkin va galma-gal keluvchi siqilish va 
siyraklashishlardan iborat bo’ladi. Qattiq jismlarda tarqalayotgan to’lqinlar ham 
bo’ylama, ham ko’ndalang bo’lishi mumkin. Odamlar qabul qilgan tovushlarni 
balandligi, tembri va qattiqligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Ana shu har bir 
sub'ektiv bahoga tovush to’lqinining aniq fizikaviy xarakteristikasi mos keladi. Har 
qanday real tovush oddiy garmonik tebranish emas, balki ma'lum chastotalar 
to’plamiga ega bo’lgan garmonik tebranishlarning yig’indisidan iborat. Berilgan 
tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to’plami tovushning akustik 
spektri deb ataladi. 
Tovush tebranishlari va to‘lqinlari — mexanik tebranish va to ‘lqinlarning
xususiy holidir. Biroq eshituv orqali sezishni baholashda akustik tushunchalaming
muhimligini, shu bilan birga uning meditsinadagi tatbiqlarini nazarda tutib, ayrim
masalalarni maxsus ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Quyidagi tovushlami bir-
biridan farqlash qabul qilingan: 1) tonlar yoki musiqiy tovushlar; 2) shovqinlar; 3) 
tovush zarbalari.
Davriy jarayondan iborat bo'lgan tovush ton deb aytiladi. Agar bu jarayon 
garmonik bo‘lsa, unda tok oddiy yoki sof deb aytiladi, unga mos yassi tovush 
to‘lqini esa tenglama yordamida ifodalanadi. Sof tonning asosiy fizik 
xarakteristikasi uning chastotasidir. Angarmonik* tebranishlarga murakkab ton mos 
keladi. Sodda tonli tovushni, masalan, kamerton chiqaradi, murakkab tonli tovushni 
musiqa asboblari, nutq apparati (unli tovushlar) va hokazolar hosil qiladi. Murakkab 
ton oddiy tonlarga ajratilishi mumkin. Ajratilgan tonlaming eng kichik vQ 
chastotasi asosiy tonga mos keladi, qolgan garmonikalar (obertonlar), 2v0 va 2y0 
hokazo chastotalarga ega bo‘ladi. Nisbiy intensivliklarini ko‘rsatuvchi chastotalar 
to‘plamini (amplitudaning) akustik spektr deyiladi. Murakkab ton spektri 
chiziqlidir; rasmda royalda (a) va klametda (b) olingan ayni bir xil notaning у = 
100 Gs akustik spektri ko'rsatilgan. Shunday qilib, akustik spektr— murakkab 
tonning muhim fizik xarakteristikasi ekan.
Tonlami eshitganda, odam ulami balandliklari bo'yicha farqlaydi. Balandlik
dastavval asosiy ton chastotasi bilan shartlangan tovushning subyektiv
xarakteristikasidir. Balandlik tonning murakkabligi va intensivligiga juda kam 
darajada bogiiq: intensivligi katta boigan tovush birmuncha past tonli tovushga 
o'xshab eshitiladi. 


Vaqt o’tishi bilan takrorlanmaydigan, o’zining murakkabligi bilan farq qiluvchi 
tovushga shovqin deb aytiladi. Mashinalarning vibratsiyasi, qarsaklar, gorelka 
alangasinig shovqini, sharpa, g’ichillash, so’zlaganda chiqadigan undosh tovushlar 
va hakazolar shovqinga ta'luqlidir. 


Agar havoda tarqalayotgan elastik to‘lqinlarning chastotasi taxminan 16 Hz dan 
20000 Hz oralig‘ida bo‘lsa, u holda ular inson qulog‘ida tovush sezgisini uyg‘otadi. 
Shuning uchun chastotasi ana shu ko‘rsatilgan chegarada yotgan istalgan muhitdagi 
elastik to‘lqinlar tovush to‘lqinlari yoki to‘g‘ridan - to‘g‘ri tovush deb ataladi. 
Chastotasi 20 Hz dan kichik bo‘lgan elastik to‘lqinlar infratovush deb ataladi: 
chastotasi 20000 Hz dan katta bo‘lgan to‘lqinlar ultratovush deyiladi. Infratovush 
va ultratovushni inson qulog‘i eshitmaydi.
Gaz va suyuqliklarda tovush to‘lqini faqat bo‘ylama to‘lqin bo‘lishi mumkin
va galma-gal keluvchi siqilish va siyraklashishlardan iborat bo‘ladi. Qattiq
jismlarda tarqalayotgan to‘lqinlar ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang bo‘lishi mumkin. 
Tovushning fizik xarakteristikasiga chastota, tezlik, to’lqin uzunlik,
amplituda va shu kabi kattaliklar kiradi. 


Har qanday real tovush oddiy garmonik tebranish emas, balki ma'lum 
chastotalar to’plamiga ega bo’lgan garmonik tebranishlarning yig’indisidan iborat. 
Berilgan tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to’plami tovushning 
akustik spektri deb ataladi. 
Tovushning muhitda tarqalishi tezligi muhitning zichligiga va uning
temperaturasiga bog’liq. Agar muhit temperaturasi 10C ga ko’tarilsa, tovushning
tarqalish tezligi tahminan 0,5 m/s tezlikga ortadi. Tovushning havoda yutilishini 
hisoblash shuni ko‘rsatadiki, 20°C temperaturada chastotasi 1000 Hz bo‘lgan 
to‘lqin taxminan 115 km masofada e marta susayadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik 
hisobga olinganda bu masofa 81 km gacha qisqaradi. Lekin amalda tovush 
atmosferada bunga qaraganda anacha tez susayadi. Buning sababi shuki, shamol, 
havoning temperaturasi va namligi, har xil zichlikka ega bo‘lgan qatlamlarning 
borligi tovushning tarqalishiga ta'sir qiladi. Bir jinsli muhitda nuqtaviy manbadan 
tarqalayotgan sferik to‘lqin hamma yo’nalishlarda bir xil tezlikka ega bo‘lishi kerak. 
Lekin shamol esayotgan bo‘lsa, uning tezligi bilan to‘lqin tezligi o‘zaro geometrik 
tarzda qo‘shiladi. Yer sirtida ishqalanish bo‘lishi tufayli shamolning yer sirti 
yonidagi tezligi kichik bo‘lib, balandlik ortishi bilan kattalashib borgani sababli, 


to‘lqin frontining ayrim qismlari yerga nisbatan har xil tezlik bilan harakatlanib, 
tovush to‘lqinlarining sinishi kuzatiladi. 
Ko‘pchilik tovush manbalari past chastotadagi (infratovush) to‘lqinlarni 
tarqatadi. Portlashlar, dvigatel shovqini, shamol va boshqalar ana shunday 
manbalarga misol bo‘la oladi. Mazkur to’lqinlar chastotasi past bo‘lganidan, ular 
uzoq masofalargacha yetib borishi mumkin. Havodagi yadro portlashlarini qayd 
qilishda mazkur to‘lqinlarning ana shu xususiyatidan foydalaniladi. 50–70 km 
balandlikda atmosferada ozon qatlami bo‘lib, mazkur qatlam issiqliq nurlanishini 
juda kuchli yutadi, natijada uning temperaturasi (50–70°C) keskin ortadi. Kuchli 
portlashning tovushi mazkur qatlamga yetib borgach, undan qaytib, yer sirtiga 
qaytib keladi. yer sirti bo‘ylab tarqalayotgan tovush sirtning g‘adir–budurliklari 
hamda havoning turbulent oqimi tufayli vujudga keladigan zichlikning 
notekisliklarida sochilib, juda tez so‘nadi. Shuning uchun portlash manbai atrofida 
tovush yaxshi eshitiladigan sohalar bilan tovush eshitilmaydigan sohalar 
navbatlashib keladi. 
Har qanday real tovush oddiy garmonik tebranish emas, balki ma'lum 
chastotalar to’plamiga ega bo’lgan garmonik tebranishlarning yig’indisidan iborat. 
Berilgan tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to’plami tovushning 
akustik spektri deb ataladi. Amplituda-chastotaviy bog’lanishning spektral 
ko‟rinishi Tovush to’lqinlarining intensivligi deb to’lqin o’zi bilan olib yurgan 
energiya oqimi zichligining o’rtacha qiymatiga aytiladi. To’lqin tovush sezgisini 
uyg’otish uchun eshitish chegarasi deb ataluvchi biror minimal intensivlikka ega 
bo’lishi kerak. Eshitish chegarasi hammada har xil bo’lib, tovushning chastotasiga 
bog’liq. Odam qulog’i 1000- 4000 Hz orasidagi chastotali tovushlarga juda sezgir 
bo’ladi. Chastotaning bu sohasida eshitish chegarasi taxminan 10-9 erg/sm2 sek ga 
teng. Boshqa chastotalarda eshitish chegarasi yuqoriroq bo’ladi. 
Tebranishlar chastotasini quloq tovush balandligi sifatida baholaydi. 
Tebranishlar chastotasi qancha katta bo'lsa, tovush shuncha baland bo’libeshitiladi. 
Tovushning balandligi tovush kuchiga ham bog'liq. anumo bu bog lanish birmuncha 
kam darajadadir (kuchliroq tovush pastroq bo’lib eshitiladi), amalda bu bog'lanish 
hisobga olinmaydi va tovushning balandligi fagat tebranishlar chastotasiga bog 'liq 
deb olinadi. Tovushningbalandligini baholash uchun quloqqa eshitiladigan 
toyushlarning hamma diapozoni okiavalar deb ataladigan intervallarga bo'linadi. 
Oktava ton yuksakligining shunday intervaliki, bunda chekka chastotalarning 
nisbatiikkiga teng bo'ladi: 


Tovush tembri deyarli spektral tarkibi bilangina aniqlanadi. 
Qattiqlik — tovushning yana bir subyektiv bahosi bo'lib, u eshituv sezgisi
darajasini xarakterlaydi. Subyektivligiga qaramasdan tovushning qattiqligini ikki 
manbadan chiqayotgan tovushning eshituv sezgisiga ko‘rsatadigan ta’sirlarini 
taqqoslash yo'li bilan miqdoriy jihatdan baholash mumkin. Tovush qattiqligi 
darajalari shkalasini tuzish asosida Veber-Fexnerningmuhim psixofizik qonuni 
yotadi. Bu qonunga muvofiq agar ta ’sirot (qitiqlanish, g‘azablanish) geometrik 
progressiya bo‘yicha (ya’ni bir xil son marta) orttirib borilsa, u holda bu ta’sirotning 
sezilishi arifmetik progressiya bo‘yicha (ya’ni bir xil miqdorda) o‘sib boradi. Bu 
qonunni tovushga tatbiq etsak, tovush intensivligi qator ketma-ket qiymatlarga ega 
bo'lganda, masalan, atI0, a2I0, a^ /0 (a — biror koeffitsiyent, a > 1) ularga mos 
tovush qattiqligining sezilishlari E0, 2E0, 3E 0 va hokazo bo'ladi. Buning matematik 
mazmuni tovushning qattiqligi shu tovush intensivligining logarifmiga proporsional 
demakdir. Agar intensivliklari / va 10 bo'lgan (I0 — eshituv bo'sag'si) ikki tovush 
ta’sir qilayotgan bo'lsa, Veber-Fexner qonuniga binoan biror tovushning qattiqligi 
unga nisbatan intensivlik bilan quyidagicha bog'langan:
E = k lg(/ / /(,) (8.3)
bu yerda к — proporsionallik koeffitsiyenti bo'lib, u chastota va intensivlikka
bog'liq. 
Tovush intensivligi shkalasidan farq qilishi uchun tovush qattiqligi shkalasida
detsibellar fonlar (fon) deb aytiladi. 


Boshqa chastotalarda tovush qattiqligini o‘lchash uchun tekshiriladigan
tovushni chastotasi 1 kGs bo‘lgan tovush bilan taqqoslash lozim. Buning uchun 
tovush generatori yordam ida 1 kGs chastotali tovush hosil qilinadi. Bunda hosil b 
o ig an eshituv sezgisi tekshiriladigan tovush qattiqligi hosil qilgan eshituv sezgisiga 
mos bo‘lguncha tovush intensivligi o'zgartirib boriladi. Asbob yordam ida 


detsibellarda o‘lchangan 1 kGs chastotali tovushning intensivligi shu tovushning 
fonlarda ifodalangan qattiqligiga teng bo‘ladi.
Turli xil chastotalarda tovush intensivligi va qattiqligi orasidagi moslikni
topish uchun qattiqlik qiymati teng bo‘lgan egri chiziqlardan foydalaniladi (8.4-
rasm). Bu egri chiziqlar yuqorida bayon qilingan usul asosida eshituv qobiliyati
normal boigan odamlardan olingan o‘rtacha ma’lumotlar asoida qurilgan. 
Pastki egri chiziq eng kuchsiz eshitilayotgan tovushlar intensivligi 
eshituvchanlik bo‘sag‘asiga mos keladi. Bunda hamma chastotalar uchun £= 0,1 kGs 
chastotali tovush intensivligi / 0 = \pV t\m 2 Keltirilgan egri chiziqlardan ko‘rinib 
turibdiki, odamning o‘rtacha qulog‘i normal holda 2500-3000 Gs chastotalarda
yetarlicha sezgirlikka ega bo‘lar ekan. Har bir oraliq egri chiziqlari bir xil tovush
qattiqligiga, lekin turli chastotalarda turli xil intensivliklarga ega boiadi. Qattiqliklari
bir xil boigan alohida egri chiziqlardan tovush chastotalarining muayyan bir
qiymatida xuddi shunday qattiqlik hosil qiluvchi tovush intensivligini aniqlash
mumkin. Bir xil tovush qattiqligini ifodalovchi egri chiziqlar to‘plamidan
foydalanib, turli xil chastotalardagi tovush qattiqligiga mos keluvchi m a’lum
intensivlikdagi tovushni topish mumkin.


Masalan: chastotasi 100 Gs boigan tovush intensivligi 60 dB ga teng. Bu
tovushning qattiqligi nimaga teng? Buning uchun 8.2- rasmdan koordinatlari 100 
Gs va 60 dB ga teng boigan nuqtani topamiz. Bu nuqta egri chiziqning qattiqlik 
darajasi 30 fonga teng boigan nuqtasida yotadi. Demak, tovush qattiqligi 30 fon 
ekan. Turlicha xarakterli tovushlar to‘g‘risida ma’lum bir fikrga ega boiish uchun
ularning fizik xarakteristikalarini keltiramiz (10-jadval). 
Eshitish o‘tkirligini aniqlash usuliga audiometriya deyiladi.
Audiometriyada maxsus asbob audiometr yordamida turli xil chastotalarda
eshitish sezgisi bo‘sag‘asi aniqlanadi; olingan egri chiziq audiogramma deyiladi.
Bemor odam audiogrammasini normal eshituv sezgisi bo‘sag‘asining egri chizig‘i
bilan solishtirish eshituv a’zolari kasalliklariga diagnoz qo‘yishga yordam beradi. 
Shovqin qattiqlik darajasini obyektiv olchash uchun shumomer qollaniladi.
Shumomeming xossalari odam qulog‘ining xossalariga yaqinlashadi buning uchun 
qattiqlik darajasining turli diapazonlari uchun to‘g‘rilovchi elektr filtrlardan 
foydalaniladi. 
Audiometriya (lot. audio – eshitaman va ... metriya-o’lchash), audiometriya – 
eshitish oʻtkirligi (yaxshi eshitish)ni oʻlchash. Eshitish oʻtkirligi, asosan, tovushni 
qabul qilish boʻsagʻasi bilan aniqlangani uchun A. inson qulogʻi qabul qiladigan eng 
past tovush kuchini aniqlashdan iborat boʻladi. A.ning eng oddiy usuli har xil 
masofada turgan inson tovushi yoki kamertonning turli balandlikdagi tovushlarini 
qabul qilish hisoblanadi. A., asosan, maxsus elektr akustik asboblar – audiometrlar 
bilan amalga oshiriladi. Audiometrlarda tovush balandligi (100 dan 8000 gs gacha) 
va kuchi (0 dan 125 db gacha) oʻzgartirilib, tovush xiyol eshitiladigan holga (eshitish 
boʻsagʻasiga) keltiriladi. A. natijalari audiogramma (egri chiziq) tarzida yozib 
olinadi. 
Bulardan tubdan farq qiluvchi yana bir usul perkussiya usuli bo’lib. bunda 
tananing turli qismlariga urib ko rishda chiqayotgan tovush eshitib ko’riladi. Tana 


sirti bo'ylab urib korilganda tebranishlarning keng diapazondagi chastotasi hosil bo 
ladi. Bu diapozondagi ayrim tebranishlar tez so nadi, ba'zilari esa rezonans tufayli 
kuchayib ketishi mumkin, hamda eshitivchan bo lib goladi. Tajribali shifokor 
perkussiya tovushlarni toniga qarab ichki a'zolari holatini va topografiyasini 
aniqlaydi. 
Kasallikni diagnostika qilishning keng tarqalgan usullaridan biri auskultatsiya. Bu 
usular uchun stetoskop yoki fonendoskop qo’llaniladi. 
O'pkada hosil bolgan shovqinlarini kasallik uchun xarakterli bo'lgan turli xil 
xirillashlarni eshitib ko’riladi. Auskultatsiyadan foydalanib, oshqozonda va 
ichakdagi to’lqinsimon qisqarishlardagi ortiqcha qo’zg’alishlarini va ona qornidagi 
bolani yurak urishlarini aniqlash mumkin. Yurak ishi faolivatini diagnostika qilishda 
fonokordiografiya (FKG) metodi qo’llanild. Bu usulning mazmuni yurak tonlari va 
shovainlarini grafik ko’rinishida qayd gilish va ularni diagnostik analiz gilishdan 
iborat. 
Fonokordiograf 
yordamida 
fonokordiogrammani 
yozib 
olinadi. 
Fonokardiagraf mikrofon, kuchayuirgich, chastotalanfiltrlaridan va qayd giluvchi 
quilmadan iborat. 




Xulosa 
Tovushning asosiy mohiyati shundaki, u ham yorug’lik kabi axborot manbai 
xisoblanadi. Demak, tovush odam ichki organlaming holati to'g'risida ma’lumot 
beruvchi manba ham bo’lishi mumkin. 
Bizlar bu mavzuni o’rganar ekanmiz “O’zi tovushni nega o’lchash kerak?” 
degan savol tug’iladi. O’z navbatida tovush ham tibbiyotda o’z o’rniga ega. Odam 
qulog’i orqali tashqi muhitdan tovush signallarini qabul qilar ekan tashqi muhit bilan 
bevosita aloqada bo’ladi. Ba’zi bir insonlar qulog’i xastaligi sababli ovozlarni 
eshitmasligi mumkin. Bu kabi holatlar afsuski juda ko’p uchraydi. Shifokorlarni 
vazifasi esa bemorlarni davolashdan iborat. Buning uchun albatta biofizikadan olgan 
bilimlardan foydalanishi zarur. Tovushni o’lchash orqali bemorni umumiy ahvoli 
haqida ma’lumot to’playmiz va tashxis qo’yiladi. Tashxis natijalariga qarab 
davolash chora tadbirlari qo’llaniladi. Agarda shifokor o’lchash ishlarida xatolikka 
yo’l qo’ysa davolash ishlari xato amalga oshiriladi. Bu esa bemor ahvolini yanada 
og’irlashtirishi mumkin. Shuning uchun bu mavzuni yaxshi o’rganishimiz kerak.

Yüklə 100,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin