O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi ginekologiyadan yagona uslubiy tizim bo’yicha yaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanmasi



Yüklə 1.21 Mb.
səhifə1/10
tarix23.12.2016
ölçüsü1.21 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI

GINEKOLOGIYADAN YAGONA USLUBIY TIZIM BO’YICHA YARATILGAN AMALIY MASHG’ULOTLAR O’TKAZISH UCHUN O’QUV QO’LLANMASI

TIBBIYOT OLIYGOHLARINING O’QITUVCHI VA TALABALARI UCHUN O’QUV QO’LLANMA



Toshkent-2013

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI

<>
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

O’quv ishlari prorektor

professor Teshaev O.R

<<____>>__________2013 yil

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TIBBIYOT OLIYGOHLARINING O’QITUVCHI VA TALABALARI UCHUN O’QUV QO’LLANMA

Toshkent-2013

Tuzuvchilar:

Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri prof. Ayupova F.M .

Akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti.Abdullayeva L.M.

Akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti. Bekbauliyeva G. N.



Taqrizchilar:

TTA akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori Kattaxodjayeva M.X

Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri prof. Karimova F.D.

Uslubiy qo’llanma tasdiqlangan: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Markaziy Uslubiy Komissiyasi yig’ilishining 2012-yildagi № bayoni,

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ilmiy kengashi qarorining 2012-yildagi № bayoni



Mavzu: Anamnezning ahamiyati. Ginekologik bemorlarni tekshirish metodlari. Kasallik tarixi sxemasi. Bemorlar kuratsiyasi.
1. Mashg’ulot o’tkazish joyi va jihozlanishi

-TMA akusherlik va ginekologiya kafedrasi

- 9-Tug’ruq kompleksi,ginekologiya bo’limi,poliklinika

Kerakli anjomlar:

1. Mavzu bo’yicha kasalliklar

2. Analizning klinik va lobarator ma’lumotlari

3. Sxema va jadvallar, rasmlar va suratlar

4. Kasallik tarixi

5.Ginekologik fantomlar ZOE, ginekologik asboblar

6. Fantom va mulyajlar

7. Videofilm

8. Internet



2. Mavzuni o’rganish davomiyligi

Soatlar miqdori - 6



3. Mashg’ulot maqsadi

* Ginekologiya fani predmeti haqida umumiy tushunchalarni shakllantirish, mashg’ulot maqsadi

* Ginekologiya haqida tarixiy ma’lumotlar va tushunchalar berish

* Ayollar organizmida turli yosh davriga xos o’zgarishlar haqida tushunchalar berish

* Ginekologik bemorlarni tekshirishning turli xil uslublari haqida tushuncha berish

4. Vazifalar

Talaba bilishi kerak:

* Ayollar jinsiy organlari anatomiyasini

* Ayollar organizmida turli yosh davriga xos o’zgarishlarni: yuvinil, reproduktiv, klimakterik

* Ginekologik bemorlar ko’rigining asosiy vaziyatlari

Talaba bajara olishi kerak:

*Ginekologik bemorlardan anamnez ma’lumotlarni yig’ish

*Ayolni ko’rikdan o’tkazish (bimanual tekshiruv va ginekologik ko’zgu yordamida)

*Zarur hollarda qo’shimcha tekshiruv usullarini qo’llash va ularning natijalarini namoyish qila bilishi



5. Motivatsiya

Ginekologiya fanini bilish umumiy amaliyot shifokorining kelajakdagi ishlari uchun zarurdir. Umumiy amaliyot shifokori ayolni ko’rikdano’tkaza olishi, unga vrachgacha va 1-tez yordam ko’rsata bilishi zarur. Anatomiyani bilish ayolni organizmini yaxshi o’rganish, ayolni statsionarga yotqizish masalasini hal qiladi.



6.Fanlararo va fanlar ichidagi aloqalar.

Ushbu mavzuni o’qitilishi talabadan anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya fanlaridan olingan bilimlarga asoslanadi. Ushbu mashg’ulotlar davomida olingan bilimlar talabalarning endokrinologiya, terapiya, xirurgiya, gematologiya va boshqa klinik fanlarni o’zlashtirishda ko’mak beradi.



7. Mashg’ulot tarkibi

7.1. Nazariy qism

I ginekologik bemorlarni tekshirish metodlari.

Ginekologiya – (gyne-ayol, logos-fan) ayollar haqidagi fandir. Ginekologik bemorlarni tekshirayotganda eng avvalo anamnez yig`ish kerak, chunki to`g`ri yig`ilgan anamnez kasalikni kelib chiqish sababini aniqlab beradi.

Anamnez quyidagi shikoyatlarni aniqlab bo`lgach yig`iladi.

A) asosiy shikoyatlar.

B) Qoshimcha shikoyatlar.



O`tkazgan kassaliklar:

A) Infeksion kassaliklar(skarlatina, gepatit va boshqalar)

B) somatic kassaliklar.

V) jaroxlik amaliyoti.

Menstrual va reproduktiv funksiyalar, kontrasepsiya harakteri.

A) Menarxe, tuzalish(6-12oy)

B) Mensiz harakteri, kop suyuqlik kelishi og`riqli, oxirgi menstruatsiya kuni, jinsiy hayotni boshlagan vaqti.

V) Umumiy homiladorlik soni va natijasi.

G) Og`iz orqali va mushak orasi kontraseotiklarini qabul qilganligi.

Ginekologik kasaliklar va jinsiy organlar operatsiyalari. Patalogik sekretsiyalar.



Hamrox organlar funksiyalari:

A) Uzoq davoom etuvchi surunkali yalig`lanish jarayonlari, retsidivlari, hurujlar, terapiyasi, natijasi.

B) Menstrual sikl buzulishi: Disfunksional bachadondan qon ketish, adenamatoz miomasi va boshqalar.

V) Erining kasaliklari. Oilaviy anamnez. Nasldan naslga o`tuvchi kasaliklar bilan og`rigan yoki og`rimaganligi, yaqin qarndoshlar orasida nasliy kasaliklar mavjud yoki mavjud emasligi, hayot tarzi oziqlanishi, zararli odatlari, yashash tarzi va ishlash sharoitlari. Anamnez morbi.


II. bemor ko`rigi.

Brey bo`yicha 1978. Qachon semizlik rivojlana boshladi?



1.Tapobiologik baho: tana uzunligi, tana massasi.

Normada TOI(tana og`irligi indeksi)=20-26

TOI=26-30 – semizlikka moyillik

TOI=30dan yuqori – metabolik buzulishlar rivojlanish havfi.

TOI=40dan yuqori bo`lsa metabolik buzulishlar yuqori havfi.

Tana buzulishi tiplari: Ayol, erkak. Erkak: A) erkakga xos B) viril
2. Fenotipik boho. Jinsiy bezlar rivojlanish buzulishining turli xil klinik shakillariga xos displaziya va dismorfiya mavjudligi.

3. Soch to`kilishi harakteri va teri qoplamlari holati.

Soch to`kilishi harakteri:ayollarga va erkaklaga hos soch to`kilishi, menarxdan oldin sochning chiq boshlashi va ko`pligi, terining holati – ko`p terlash va boshqalar.

Boron shkalasi 1974 yil bo`yicha girsutizm darajasi(sochning ko`p to`kilishi)

I daraja – kuchsiz – qorining oq chizig`I bo`ylab to`kilishi, yuqori lab atrofida, sut bezlari sorg`ichi atrofida to`kilishi.

II daraja – o`rta – 1,2,3 engakda va sonning yuqori qismida soch to`kilishi.

III daraja – 1,2,3,4 ko`krak, orqa, dumba va yelkada soch to`kilishi.



4. Sut bezlari – reproduktiv tizimning 1 qismi bo`lib jinsiy garmonlar prolaktin va boshqa garmonlarning harakati uchun bog`liq bo`lgan nishon organdir.40% ginekologik bemorlarda sut bezining turli xil kasalliklari uchraydi. Ko’rik holati (palpatsiyalari tik turgan holda, yotgan holda, o’lchami- teri gipoplaziya va gipertrofiya va trofik o’zgarishlari , so`rg`ichlardan ajralayaotgan ajralmalarning mavjudligi yoki yoqligi, rangi, konsistensiyasi, harakteri(yiring, qon aralashma, rak, yaltiroq yoki yashil rangdagi kistalar, sut, galaktoreya, amenoreya)

5. tashqi va ichki jinsiy organlar ko`rigi. A. Katta va kichik jinsiy lablardan gipoplaziyaning mavjudligi – rangsiz, qin shilliq pardasining quyuqligi, tiniq gipoesterogeniya vulvaning ko`kimtirligi, ko`p miqdorda och rangdagi secret ajralishi. Kichik jinsiy lab gipolaziyasi, klitor boshchasi kattalashuvi, klitorning asosi va siydik chiqaruv kanali asosi orasidagi maydonning kattalashuvi(2smdan katta) gipertrixoz.

B) Bimanual tekshiruv, ko`zgu yordamida tekshiruv.



III Tekshiruv maxsus uslublari.

FDT (funksional diagnostika testi): Qorachiq simptomi(tuzumdon estrogenining maxsuloti) normal menstrual siklda faqat 1ta fazasida, anavuliyator siklda uzoq davom etadi. Boyinchaning cho`zilish simptomi(ovulyatsiya davrida 10-12 smgacha).

Qin ajralmalarini sitologik tekshirish(hujayraning 4ta tipi) u qin epiteliysining siklik o`zgarishlariga asoslangan.

Qin ajralmalarining 4 xil reaksiyalari mavjud:

1. atrofik ajralmalar: bazal va para bazal to`qimalar, esterogen yetishmovchiligini ko`rsatadi.

2. oraliq bazal va parabazal to`qimalar kuchsiz esterogen miqdorining ko`pligi.

3. oraliq va yuza qatlam to`qimalari, esterogen miqdorining kamligi.

4. yirik yuza to`qimalarining piktonik yadrosi bilan sezilarli darajadagi esterogen mavjudligi.

Qin epiteliysi hujlarini hisoblash kariopiktonik test indeksiga asoslangan : yuza to`qimalar, piktonik yadro bilan birgalikda boshqa barcha to`qimalar nisbatiga teng. Sikl davomida u meyorda boshida va oxirida 20% sikl o`rtasida 70-80%gacha bo`ladi. Menstrual siklning 1-fazasi – 25-30%, ovulysatsiya 60-80%, 2-fazasi o`rtasi 25-30%.

Funksional diagnostika testlarining bazal temperaturasi.endometrini gistologik tekshirish (mensisdan 2-3kun oldin saqlanish siklida) onovulyatsiyada – qon ketish boshlanishi bilan. To`qima biopsiyasi va sitologik tekshiruv.

Biopsiya – mikroskopik tekshiruv uchun zarur bo`lgan tirik to`qimani olish.

A) Insizion yoki ekstizion – to`qimadan 1 parcha kesib olish

B) Mo`ljallangan – ko`lpo yoki giteraskop yordamida materiallarni yig`ish.

V) Punksion – punksiya yordamida materiallar olinadi.

Ahamiyati – bachadon bo`yni rak oldi holatini pastki jinsiy organ va qin kassaliklarini aniqlash. Materiallar scalpel yordamida bachadon bo`yinchasidan azgina kesib olinadi. Gemostaz – chok qo`yiladi.



Sitologik diagnostika

A) ajralma olish

B) Patologik o`choqdan 1 qismini olish.

Metod: samaralai, aniq malumotlilik, o`smali jarayonni dastlabi bosqichlarida aniqlash imkonini beradi.

Patalogik jarayonning harakteri. Hujayralarning morfologik o`ziga hosligi. Alohida guruh hujayralarning son jixatdan farqi. Preparatda hujayra elementlarining joylashishi.

1. bachadon bo`yni. A) ektoserviks B)servikal kanal

2. Endometri – bachadon aspiratsiyasi. Aspirat menstrual siklning 25-26 kunlari yoki doimiy sikl buzilishida 25-70 kundan kam bo`lmagan vaqtda olinadi. A) quruq aspiratsiya. B) suyuqlik yuborish(0,9%NaCl + 10%sitrat Na)(10:1)

Aspiratda faol hujayralarni gistologik tekshirish davomida topish – endometri giperplaziyaning sitologik belgisi hisoblanadi. Garmon va uning metabolitlarini aniqlash.

Quyidagilarni aniqlash diagnostic ahamiyatga ega: qondagi testosterone va uning o`rnini bosuvchilar. DEA va 17-OH-(17-gidroksiprogesteron), ganadotropinlar – LG, FSG, PRL.

Buyrak usti bezi va tuxumdon garmonlari(esteradiol, progesteron, kartizol).



Funksional sinamalar

Maqsad: 1. Har hil a’zolar reproduktiv funksional holatini aniqlash

2. buyrak usti bezi, tuxumdon va endometriyda zarixira qobilyatini aniqlash

3. gestogen bilan sinama

Maqsad: endometriy reaktivligini va yetishmovchilik darajani aniqlash

Progestron 1%1ml mushak orasiga 6 kun,

Norkulud 5 mg 8 kun,

Agar sinama musbat bo’lsa preparatlar to’xtatilgandan 3-5kundan keyn hayzsimon reaksiyala kuzatiladi

Estrogen va gestogen bilan sinama( E va G)

Maqsad: 1. Bachadon amenoreyasida endometriyning shikaslanishi va kasalliklarini inkor qilish.

Estrogen yetishmovchilik darajasini aniqlash,

Mikrofollin 0,1 mg ( 2 ta tabletka 005 mg saqlidi) 8-10 kun, keyin esa norkolud 5 mg 5-7 kun. 2-4 kun dan so’ng xayzsimon qon ketishlar.

Manfiy natija bachadon endometriyada chuqur organik o’zgarishlar- amenoreyaning bachadon shakli.ekanligini ko’rsatadi.

Ayollarda giperandrogenemiyaning manbasini aniqlash bilan klinik virilizatsiyani paydo bolishi uchun sinama.

Ayollarda androgen manbayi buyrak usti bezi va tuxumdonlarda( tuxumdonning virilizatsiyalangan o’smasi)

Deksametazon bilan sinama- glukokardikoidlarning xuxusiyatiga asoslanib AKTG ajralishini kuchaytiradi., u esa buyrak usti bezida androgenlar paydo bo’lishi va ajralishini kuchaytiradi.

A. kichkina desametazonli sinama: 3 sutka davomida 6 soat da 0.5 mg dan kiritilib turiladi.

2kun davomida preparatni qabul qilgunga qadar va inkor qilgandan 1 kundan so’ng DEA va 17OH progesteronni qondagi va siydikdagi 17 KS miqdori aniqlanadi.

Agar steroidlar miqdori 50-75 % idan kamayib ketsa sinama musbat hisoblanadi.Androgenlar manbai buyrak usti bezi ekanligini anglatadi.

Agar 50-25%dan kamayib ketsa manba tuxumdon hisoblanadi.

Katta deksametazonli sinama manfiy bo’lganda: 3 sutka 6soatdan 2mgdan yuboriladi. Manfiy natija: buyrak usti bezlari o’smalari virilizatsiyasida androgenlar produksiyasi avtonom xarakterga ega bo’lib AKTG ga bog’liq bo’lmaydi.

GGS ning buzilish darajalarini aniqlovchi funksional sinamalar.

Klomifen bilan sinama. Ko’rsatma: anovulyatsiya, oligoaminoreyaga o’xshash kasalliklarda. Hayzsimon kuniga 100mldan qon ketishlar boshlanganda 5-dan 9-kungacha bo’lgan muddatda.

Ta’sir mexanizmi: Gipotalamusning gipofizar zonasidan estragen retseptorlarini bloklash. Gonodotropin-rilizing gormonlari sintezini kuchayishi.

Tasdiqlovchi sinama: qondagi gonadotropin yoki estradiol miqdorini aniqlash.

Gonodatropin miqdorini oshishi gipofizar zaxiralarning saqlanib qolganligini ko’rsatadi. Gipofizdan javob reaksiya sifatida liberinlar ajraladi.

Estradiol miqdorining ovulyator sikli miqdorigacha oshishi tuxumdonning aktivlik potensialini ko’rsatadi: gonadotropinni stimulyatsiyalanishini boshqarish. Musbat sinama natijasida tuxumdon va GG funksiyasini saqlanib qolganligini bildiradi. Manfiy natija esa VTCH va 1 fazali T0 yoki qon ketishlar yo’qligini bildiradi.

Gipotalamus funksiyasining buzilishi

Gipofizning gonodatropin ajratish funksional qobiliyatining buzilishi

Liberinli sinama: 100mkg gonadoliberinning sintetik analogi vena ichiga kiritiladi. Kiritish boshlangandan 15, 30, 60 va 120 minutdan keyin doimiy ravishda kateter orqali qon olinib lyutenlovchi gormon miqdori aniqlanadi.

Agar natija musbat bo’lsa 60 minut davomida lyutenlovchi gormon miqdori ovulyator songacha o’sib boradi.Bu esa gipofizning funksiyasi saqlanganligi gipotalamusning buzilganligini ko’rsatadi.

Gonadotropinli sinama

Ko’rsatma:

A) birlamchi tuxumdon yetishmovchiligiga shubxa qilinganda. Pregonal inson hayz gonadotropini 5-7 kun davomida 2 ampulladan vena ichiga qo’llaniladi.

Kontrol: estradiolni dori kiritgungacha va kiritgandan keying miqdori

Sinama musbat bo’lgan hollarda estradiolning miqdori 3-7 marta oshadi

Manfiy natija – birlamchi tuxumdon yetishmovchiligi



4. Instrumental usullar

Endoskopik usul

A) Kolonoskopiya – qopqoqni, bachadon bo’ynini qin qismi va qinni ko’rish

Biopsiya uchun joy tanlash

Shakli: Oddiy

3%li sirka kislotasi bilan bachadon bo’yniga ishlov berganda kengaygan

3%li yodning lyugolli eritmasida tirik epiteliy glikogenlari tim qora rangga bo’yaladi, turli xil displaziyalarda patologik o’zgargan hujayralarda yod negative zonalar aniqlanadi.

Xromokolposkopiya

Bachadon bo’ynini har xil bo’yoqlar bilan bo’yab ko’rish. Bu diagnostic usul bachadon bo’ynining rak oldi, rak, kasalliklari endometrioz, poliplar va endoservitsitozni aniqlashda informative usul hisoblanadi.

Gisteroskopiya – bachadon bo’shligi patalogiyalarini aniqlashda qo’llaniladi

A) Gazli(kesmalarni CO2 bilan ko’rish)

B) suyuqlikli gisteroskopiya. Gazli gisteroskopiyadan afzalligi shundaki manipulyatsiyadan keyin gazli embollar paydo bo’lish xavfi kamligi.: diagnostic tozalashni sifatini nazorat qilish, poliplarni olib tashlash.

Ko’rsatmalar:

Bachadondan qon ketish, bachadon patalogiyasiga bog’liq

Qarshi ko’rsatma :

Jinsiy a’zolar o’tkir kasalliklari, surtmada trixomanadaning topilishi, sut bezi so’rg’ichidan zamburug’lar topilishi, ko’p sonli leykositlar topilishi, umumiy kasalliklar- o’tkir tromboflebit, pielonefrit, pnevmoniya, gripp, angina, jigar, buyrak kasalliklaridagi bemorlarning og’ir holati

Laporoskopiya: pnevmo-peritonit fonida CO2 yoki havo yuborib qorin bo’shlig’ini ko’rish

A) kichik chanoq a’zolarini

B) Qorin bo’shlig’ini

Ko’rsatma

Bachadon nayi o’tkazuvchanligini aniqlash, okklyuziya darajasini aniqlash(xromopertubatsiya), SSK diagnostikasini aniqlash, bachadon anomaliyalari xarakterini aniqlash, chanoq bo’shlig’idagi og’riqlar sababini aniqlash,bepushtlik sababini aniqlash.

Turk egarini tekshirish- gipofizning suyakdagi joyini o’smalarni tashxislash uchun tekshirish.

A) turk egarini rejali surati

B) Umumiy kraniografiya

3. kompyuter tomografiyasi

4.tibbiy genetick tekshiruvlar,
Ko’rsatmalar:

1. Jinsiy rivojlanishdan orqada qolish,

2. jinsiy a’zolarning rivojlanish anamolliyalari

3. birlamchi amenoreya

4. Birlamchi xomilani ko’tara olmaslik

5. bepushtlik

Sabablari:

1. Xramosoma mutatsiyalari

2. gen mutatsiyalari

3. nasliy kasalliklarga moyillik

Xromosoma mutatsiya markerlari

Ko’p sonli displaziya va somatic anomal rivojlanish nuqsonlari

X xromatin sonini o’zgarishi

A. agar kariotip 46X yoki 45X0 – X xromatin yoq bo’lsa,

B. 47XXX – 2 ta xromatin ipchasidan, ipchalar soni xromasomalar bilan bir xil bo’ladi.

X – xromatin bachadon bo’yni shilliq qavatini qirib olib buyum oynachasiga fiksatsiya qilinib 3 qism metil spirt va 1 qism sirka kislotasi qo’shilib tekshiriladi.

Jinsiy xromasomalari anamaliya shakllari:

1. trisomiya

2. Monosomiya

3. Mozaitsizm

Sherchevskiy Terner sindromi 45X/45X0, X – xromatin miqdori kamaygan yoki aniqlanmaydi. Y xramatin aniqlanmaydi.

Toza shaklida : 46XY/ 46 XX, ayrim xollarda moziatik tiplari 45/X0/46XX, 46XX/47XXX;

Aralash shakli: 46XY/ 45X; 46XY/46XX

Quydagi darsda qo’llanilgan yangi ped texnologiyalar.


Ushbu mashg’ulotda foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

mushuk qopda”

Ish uchun kerak:


  1. Savollar va variantlar jamlamasi

  2. Guruxdagi talabalar o’rni bo’yicha raqamlar

  3. Toza qog’oz va ruchka

Ishning borishi

  1. Guruxdagi barcha talabalar raqamlari bo’yicha 3tada kichik guruxchalarga bo’linadilar.

  2. Xar bir kichik guruxcha aloxida stolga o’tiradi, toza varoq va ruchka tayorlashadi.

  3. Qog’ozga sana, gurux raqami, fakultet, qatnashuvchi talabalarning ismi sharifi yoziladi.

  4. Gurux a’zolaridan biri o’qituvchi yoniga borib, bonvertdan savol variantini oladi. Bu variantlar alohida bo’lib, ularning qiyinlik darajasi bir xil bo’lishi lizim.

  5. Talaba oz varog’iga savolini yozib oladi va ishni bajarish uchun 15 daqiqa vaqtni belgilab qo’yadi.

  6. Kichik guruxlar o’zaro vazifani muxokama qilishadi, javoblarni yozishadi.

  7. O’qituvchi talabalarni boshqa guruxlardagi talabalar bilan muloqot qilmasligi uchun qattiq nazorat qilishi lozim.

  8. 15min.dan keyin javoblar varaqasi yig’ib olinadi.

  9. Mashg’ulot davomida o’qituvchi to’g’rilikni, vazifaning adolatli bajarilayotganligini nazorat qilib boradi.

  10. Guruxchaning barcha a’zolari bir xil ball oladilar.

Maksimal – 0,8 ball

0,8 – 0,7 “5”

0,6 – 0,4 “4”

0,4 – 0,1 “3”

0 “2”


  1. Javoblar varog’iga o’qituvchi ball va imzo qo’yadi.

  2. Talabaning olgan balli uning shu mashg’ulatdagi teoretik qism uchun joriy baho bo’lib hisoblanadi.

  3. Jurnal pastki qismidagi bo’sh joyga o’rkazilgan o’yin belgilab qo’yiladi va gurux sardori imzo qo’yadi.

  4. Talabalar ishi o’qituvchida saqlanadi.

Interaktiv o’yin

bo’sh o’rin”

Ish uchun kerak:



  1. Alohida varoqlarda pechatlangan savollar to’plami

  2. O’yin dalolatnimasini tuzish uchun gurux ro’yxati yozilgan varoqlar

  3. Sekundamer

Ishning borishi

  1. O’yin pedagog tomonidan yordamchi talaba yordamida o’tkaziladi

  2. Xisobchi talaba varoqqa sanani, guruxraqamini, fakultet, o’yin nomi va talabalar ro’yxatini yozib chiqadi

  3. O’qituvchi savollar ketma-ketkligi bo’yicha talabalarga savollar beradi.

  4. Talaba 5sek. Ichida javob berishi lozim

  5. O’qituvchi “to’g’ri” yoki “noto’g’ri” deb javobni baholab boradi. Agar noto’g’ri bo’lsa o’qituvchi o’zi to’g’ri javobni aytadi

  6. Xisobchi talaba familayasi to’g’risiga javob to’g’ri yoki noto’g’riligiga qarab “+” yoki “-” qo’yib boradi

  7. Talaba shu xildagi 2 turdagi savollardan o’tadi

  8. Ikkinchi turda talaba ikkita minus olsa u o’yindan chetlatiladi, huddi “bo’sh o’rin” kabi

  9. O’yin qolgan talabalar bilan yangi aylana bo’ylab davom etteiriladi. Ularda yana yangi tur taklif qilinib, yangi savollar berib boriladi. Birinchi tur kabi 2ta minus olgan talaba o’yindan chiqadi.

  10. Turma-tur eng kuchli o’yin ishtirokchisi aniqlab olinadi

  11. Varoqdagi talaba familiyasi to’g’risiga o’qituvchi o’sha talabaning qaysi turda “bosh o’rin” bo’lganligini registratsiya qilib boradi

  12. O’yin maksimal 0,8 ball bilab baholanadi. Birinchi 2 ta turda “bo’sh o’rin” bo’lgan talaba 0 ball oladi.

3-turdan keyingi javoblar – 0.2 ball

4-turdan keyingi javoblar – 0.4 ball

5-turdan keyingi javoblar – 0.6 ball

Eng kuchli qatnashchi 0.8 ball oladi.



  1. Talabaning olgan ballari asosida joriy baho qo’yiladi.

  2. Jurnal pastki qismidagi bo’sh joyga o’rkazilgan o’yin belgilab qo’yiladi va gurux sardori imzo qo’yadi.

  3. O’yin dalolatnomasi saqlab qo’yiladi

Interaktiv o’yin:

asalari uyasi”

Ish uchun kerak:

Ish uchun kerak:


  1. Alohida varoqlarda chop etilgan topshiqlar va vaziyatli masalalar to’plami

  2. Guruxdagi talabalar o’rni bo’yicha raqamlar

  3. Toza varoq va ruchka

Ishning borishi

Barcha talabalar 4tadan bo’lib 3 guruxga bo’linadi.

Xar bir gurux alohida stolga o’tiradi, qog’oz va ruchka tayorlshadi.

Varoqqa sana, gurux raqami, fakultet, qatnashchilarning ismi familiyasi va o’yin nomi yoziladi

Gurux a’zolaridan biri varoqqa topshiriqni yozadi

Barcha gurux a’zolari topshiriqni o’zaro muhokama qilishadi va ulardan biri yechimni yozib qo’yadi

Muhokama uchun 15 daqiqa ajratiladi

O’yin borishini o’qituvchi nazorat qilib turadi

O’yin tugash vaqtini o’qituvchi belgilidi.

Barchao’yinishtirokchilarinatijalarnimuhokamaqilishadi, nisbatanto’g’riyechimnitanlashadi

Muhokamauchun 15 daqiqaajratiladi

Talabamashg’ulotningteoretikqismireytingigako’rajavoblarigayarashabaholanadi

Nisbatanyaxshijavobbergangurux 100% oladi, 2-o’rinniolgangurux 85,9%, 3-o’rinniolganguruxesa 70,9% oladi

O’qituvchivaroqlargaguruxningolganballinivaimzoqo’yibchiqadi

Talaba olgan ball uning joriy bahosi sifatiga jurnalga qo’yiladi

Jurnal pastki qismidagi bo’sh joyga o’rkazilgan o’yin belgilab qo’yiladi va gurux sardori imzo qo’yadi.

Talabalar ishlari saqlab qo’yiladi
7.2 Analitik qism. Test

1. Funksional diagnostika testi quyidagilarni aniqlashga yordam beradi

A) menstrual siklni 2 fazaliligini.

B) esterogen bilan toyinish darajasini

V)Ovulyatsiyani

G)Lyutein fazani to`liqliligi

D) Hamma javoblar

2. jumlani dovom edtiring: IMT 30dan ko`p…

A) …normal

B) …semizlikga moyillik

V)…metabolik buzilishlarning kam darajasi.

G)…metabolik buzilishlarning yuqari darajasi

3. Ganadotropin sinamaga asosiy korsatma.

A) birlamchi tuxumdon yetishmovchiligiga shubxa

B) giperprolaktenemiyaga shubxa

V)Giperandrogenemiyaga shubxa

G) hamma javoblar to’g’ri

4. gisteroskopiyaga qarshi ko’rsatmalar?

A). jinsiy a’zolarning o’tkir kasalliklari

B) qindan olingan surtmada trixomandalar, sut zambrug’lar va ko’p miqdorda leykositlar aniqlanishi.

V) o’tkir tromboflebit

G) pielonefrit

D) hamma javoblar to’g’ri
5. Ta’rifni davom ettiring, “qorachiq simptomi-

A) ……normal hayz siklining 1 chi fazasida kuzatiladi

B) ……normal hayz siklining 1 chi 2 chi fazasida kuzatiladi

V) ……normal hayz siklining 2 chi fazasida kuzatiladi

G) ……normal hayz sikli fazasida kuzatilmaydi

6. Ikki fazali hayz siklini aniqlash uchun qo’llaniladigan funksional diagnostika usullari?

A) bazal termometriya

B) kariopiknotik indeks,

V) qorachiq simptomi

G) qin ajralmalari taxlili

D) siydik taxlili

7. funksional diagnostika testlari nimani aniqlashga yordam beradi?

A) Ikki fazali hayz siklini

B) Organizmning estrogenga to’yinish darajasi

V) ovulyatsiyaning mavjudligi

G) relizing omillarning miqdori

D) hamma javoblar to’g’ri

8. Deksametazonli sinama o’tqaziladi….?

A) giperandrogenemiya genezini aniqlashda

B)anovulyatsiyani aniqlash

V) giperestogenemiyani aniqlash

G) ganada disgenezini tipik shakllari diagnostikasi

D) noto’liq lyutenli faza siklini aniqlash

8. Amaliy qism

Bemorlarni tashqi umumiy va maxsus tekshiruvi

Ichki genikologik tekshiruv

Rectal tekshirish

Bemorlar kuratsiyasi

Ikkilamchi jinsiy belgilarni baholash

FDT ni o’tqazish

Bilim, ko’nikma va amaliyotlarni baholash me’zonlari

Og’zaki


YozmaVaziyatli masalalarni yechish

Asoslangan amaliy ko’nikmalar demostratsiyasi


8. kundalik nazoratning baholash kriteriyalari



O’zlashtirish (100%) ballari

Ball

Talabaning bilim darajasi

1.

96-100






Hammasi hisoblanadi va xulosa chiqariladi:

Ijodiy fikrlash, mustaqil ravishda taxlil qilish, amaliyotda qo’llay bilish, interaktiv o’ynlarda yuqori aktivlikda ishtirok etish, ijodiy nuqtai nazardan qarash.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri yechish va javoblarni to’liq asoslab berish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish


2.

91-95


A’lo

«5»


Ijodiy fikrlash, mustaqil taxlil qila olish, amalyotda qo’llay bilish,

interaktiv o’ynlarda yuqori aktivlikda ishtirok etish, ijodiy nuqtai nazardan qarash.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri yechish va javoblarni to’liq asoslab berish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish



3.

86-90




Mustaqil taxlil qila olish, amalyotda qo’llay bilish,

interaktiv o’ynlarda yuqori aktivlikda ishtirok etish, ijodiy nuqtai nazardan qarash.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri yechish va javoblarni to’liq asoslab berish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish


4.

81-85




Amaliyotdaqo’llaybilish, Vaziyatlimasalalarnito’g’riyechishvajavoblarnito’liqasoslabberish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish,

ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish




5.

76-80

yaxshi

«4»


interaktivo’ynlardayuqoriaktivlikdaishtiroketish, ijodiynuqtainazardanqarash.

Vaziyatlimasalalarnito’g’riyechishvajavoblarnito’liqasoslabberish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish




6.

71-75




Vaziyatlimasalalarnito’g’riyechishvajavoblarnito’liqasoslabberish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish


7.

66-70




Savollarning tub ma’nosiga tushuna oladi,

Vaziyatli masalalarni to’g’ri yecha oladi,

Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish va mavzu bo’yicha aloxida savollarga javob bera olish


8.

61-65

qoniqarli

«3»


Vaziyatlimasalalrniyechishdaxatolargayo’lqo’yish, biladilekinishonchbilanjavobberaolmaydi, mavzubo’yichaaloxidasavollarboyichaaniqtasavvurgaega.

9.

55-60




Biladi, oziga ishonmasdan javob beradi, qisman tushunchaga ega.

10.

54 va past

qoniqarsiz

«2»


To’liq tasavvurga ega bolmaslik, javob bera olmaslik

9. Mashg’ulotning xronologik kartasi



Mashg’ulot bosqichlari

Mashg’ulot shakli

Davomiyligi 32 4 min

1

O’qituvchining kirish so’zi (mavzuni asoslamasi)




4

2

Amaliydarsmavzusiningmuxokamasi, talabaningbiliminiyangipedogogiktexnologiyalar (kichkinaguruxlar, vaziyatlimasalalar, oyinlar, slaydlar, videofilmlarvahk)niqo’llaganholdabaholash


So’rab, tushuntirish

60

3

Muxokamadan xulosa chiqarish




5

4

Talabalarda aniq tushuncha(kompyuter programmalar, sxemalar, algoritmlar, va hk) paydo bo’lishiga yordamlashish va izoxlab berish,





50

5

O’zlashtirilgan amaliy ko’nikmalar bo’yicha talabalar mustaqil ishlari

Fantomlar va mulyajlar bilan ishlash, mavzu bo’yicha filmalr tamosha qilish.

100

6

asosiynazariyvaamaliyishlarnatijalarinivaumumiyguruxlarfoalyatlariniyakundabaholashvamashg’ulotrejasidagidarajagayetishganliginioydinlashtirish.


Og’zakisovol

javob, yozmasavoljavob, testlar, amaliyishlarnatijalarinitekshirish, muxokamaqilish.




100

7

O’tilgan dars bo’yicha o’qituvchining xulosalari.

Talabalar bilimini 100 ball li sistema boyicha baholash va ularni e’lon qilish. Keyingi mashg’ulot uchun savollar top’plamini berish




Informatsiyalar, mustaqil tayyorlanish uchun savollar

20


10. NAZORAT SAVOLLARI

1. Ginekologiya mashg’ulotlari maqsadiga nima kiradi?

2. Ayollar rivojlanishini topobiologik baxolashga nima kiradi?

3. ИМТ. Qanday hisoblanadi?Semizlik klassifikatsiyasi.Semizlik darajalari.

4. Girsutizm.Girsutizm tasnifi.

5. ТФД.TFD natijalari bo’yicha interpretatsiya.

6. Funksional sinamlar.Funksional sinamalar bo’yicha interpretatsiya.

7. Qanday qo’shimcha kuzatuv metodlaridan ginekologiyada foydalaniladi

1. TAVSIYA QILINGAN ADABIYOTLAR

Asosiy adabiyot

1. Akusherlik. G.M. SAVELEVA redaksiyasi ostida MED institutlar uchun o’quv qo’llanma-M.;Meditsina,2000.

2. Aymalazyan E.K Akusherlik.Med.oligoxlari talabalari uchun o’quv qo’llanma-Maxsus adabiyot,1997.

3. CHernuxa Y.A. Tug’ruq bo’limi.-M.,1999.



Qo’shicha adabiyot

  1. Akusherlik va ginekologiya bo’yicha qo’llanma.M.1996.

  2. DUDA I.V.,Klinik akusherlik-minsk,1997.

  3. Serov V.N., Strijakov A.N.,Markin S.A.Amaliy akusherlik.Vrachlar uchun qo’llanma.-M.;Meditsina,1989.

  4. Strijakov A.N.,Davidov A.I.,Beloserkovseva L.D.Akusherlik va ginekologiya bo’yicha tanlangan ma’ruzalar.-Rostov na Donu. 2000.

MAVZU: Normal hayz sikli va uni boshqarilishi. Hayz siklining buzilishi. Amenoreya. Gipomenstrual sindrom.

1. Mashg’ulotni o’tqazish joyi,TTA akusherlik va ginekologiya kafedrasida, ginekologiya bo’limi,

9-tug’ruq kompleksida

2. Mavzuni o’zlashtirishni davomiyligi soat hajmi-6

3. Mashg’ulot maqsadi

Amenoreya va algodismenoreyaning har xil formalari bilan bemorlarni kuzatish va kuzatuv taktikalarini mustaqil tanlashda bo’lajak vrachlarni,talabalarni oqitish.



  • Amenoreya va algodismenoreya profilaktikasi,olib boorish taktikasi,klinik kechishi asosi bo’yicha bilimni shakllantirish.

  • Amenoreya va algodismenoreya bilan ayollarni kuzatish va individual rejani kuzatishni tashkillashtirish bilimini ishlab chiqish.

  • Amenoreya va algodismenoreya bilan ayollarni dif.diagmostikada,diagnostik bilimlarni ishlab chiqish.

  • Amenoreya va algodismenoreya bilan ayollarni reabilitatsiya qilish bo’yicha ko’nikmalarni ishlab chiqish.

  • Amenoreya va algodismenoreya bilan ayollarni funksional va laborator metodlarni bilan kuzatish bo’yicha interpretatsiyasini ishlab chiqish.

Vazifalar:

Talaba bilishi kerak:

    • Etiopatogenez,amenoreya va algodismenoreya klinikasini;

    • Asoratlari;

  • Amenoreya va algodismenoreya bilan ayollarni statsionar va ambulatory sharoitda davolashni bilish.

Talaba bilishi kerak:

  • Ayollarni amenoreya va algodismenoreya bilan laborator va instrumental tekshirish metodlarini klinik kuzatuvlar orqali olib borish;

  • Klinik diagnozni izoxlash.

  • Amenoreya va algodismenoreya bilan ayollarni kuzatish taktikasini kompleks ravishda ko’rsatish;

  • Ambulator davoni effektini baxolash;

  • Ayolni ambulatory sharoitda davolash.;

  • O’z vaqtida gospitalizatsayani ko’rsatishni aniqlash;

  • Laborator va instrumental tekshiruv matodlari natijalari interpretatsiyasi;

Motivatsiya.



  1. XX asrning ikkinchi yarmida butun dunyoda har xil yoshdagi ayollarni gormonal fon tomondan buzilishi chastotasini o’sish tendensiyasi bir darajada turishi kuzatildi,berilgan ma’lumotlardan mustaqil ravishda.Epidemiologik kuzatuvlargalarga asoslanib industrial rivojlangan mamlakatlarda amenoreyaning o’rtacha uchrash chastotasi 1,2-1,4%umumiy son bo’yicha nisbatan va 0,8-2,4% - RU.z ayollarga nisbatan.Oxirgi yillarda qayd qilinishicha kasallikni o’sishi ikkita katta gurux bo’yicha: o’smirlar va 30 dan 39 yoshgacha bo’lgan ayollar o’rtasida

5.Fanaro va fan ichi bog’liqligi.

Keltirilgan mavzuni o’qitishda talabalarning anatomiya,gistologiya,normal va patologik fiziologiydagi bilimlarini asos qilib olinadi. Mashg’ulotda olingan bilimlar endokrinologiya qoidalari,terapiya,xirurgiya, gematologiya qoidalaridan foydalaniladi.

6.Mashg’ulot tarkibi

6.1 Nazariy qism

Amenoreya



Klinik-obektiv kuzatuv metodlari:

Talabalarga ushbu shikoyatlar to’g’risida tushuntirish zarur: 6 oy yoki undan oshiq hayz siklining bo’lmasligi va siklning 18 yoshdan kattalarda kuzatilmasligi.E’tiborni amenoreya turlariga qaratamiz:



Fiziologik homiladorlik davrida xayz siklining bo’lmasligi,ko’krak bilan boqqanda,jinsiy etilish davrida,qarilikda.

Kriptomenoreya;bachadon bo’yni kanali butunligi,jinsiy organlar rivojlanish anomaliyasi,qizlik pardasi butunligi.

Patologik -18 yoshli ayollarda hayz siklining bo’lmasligi, (birlamchi amenoreya),oldin bo’lgan hayz siklining 6 oyga va undan ko’pga to’xtashi(ikkilamchi amenoreya).

Gipotalamik shakli,gipofizar shakli,tuxumdon shakli,bachadon shakli.



Laborator-instrumental metodlar:

Talabalarga organizmning gormonal fonini izoxlashni muximligini tushuntirish:

а)gormonal huzatuv:

-esterogenlar miqdorining monoton kamayishi;

-progesteron darajasining oshishi;

-trop gormonlarning kamayishi(luliberin,follitropin,luteotropin).

б) talabalar diagnostik baxolashni bilishi kerak

funksional diagnostika testini o’tqazish(FDT);


    • Haroratni rectal 2-3 oy tekshirish(bir fazali harorat 370Сdan past);

    • «Qorachiq»simptomini aniqlash (manfiy +++);

    • Bo’yincha shillig’ining cho’ziluvchanlik simptomi ( № 8-12 saxifa ovulyatsiya paytida to’g’ri gormonal kechishiga qarang);

    • Arborizatsiya simptomi («paporotnik» aniqlanmadi);

    • Qin surtmasi sitologiyasi –karipiknotik indeks 30-40%, hollarda monoton o’zgarishsiz, 80%, gacha ovulyatsiya haqida kuzatiladi.

Talabalarga asosiylarini belgilash kerak:

Bachadon va ortiqlarini UZD si aplaziya yoki rivojlanish anomaliyalarini aniqlash uchun;

Rentgenologik tehshiruv:

Kalla suyagini rentgenografiyasi gipofiz bezini tushirish uchun ikki proeksiyada olinadi (turk egarini o’zgarish formalarini yoki uni kattalashishi va peshona plastinkasini shishganini).

Shuningdek eng qimmatlisi bo’lib gistersalpingoofariya bo’lib,u ichki jinsiy organlar rivojlanish anomaliyasini aniqlash uchun.

Talabalarga qanday kasalliklardan farqlashni tushuntirish kerak.

Keyingi holatlar bilan differensial diagnostika o’tqazish zarur:


  1. Homiladorlikda-bunda amenoreya doimo ikkilamchi,shubhalanishlar hisobiga

( Sub’ektiv sezgilar-ko’ngil aynishi,qusish,tamli xoxishlar), aniq (bachadon shaklini ,kattaligini,konsistensiyasini o’zgarishlari,homiladorlik testi yoki biologic vaziyatlar),uzoq amenoreyada homiladorlikning aniq belgilari yo’q (yurak urishi hisobiga,pushtning qimirlashi va mayda qismlarini sezilishi),shuningdek UZD da homiladorlikni aniq tashhislash mumkin.

  1. Chin amenoreya soxtasi bilan diff.diagnoz qilinadi,bunda siklik o’zgarishlar aniqlanadi,lekin qon oqishini yo’qligi uchun amenoreya bo’ladi. Soxta amenoreya tashqi jinsiy azolarni tekshirganda aniqlanadi,bunda qizlik pardasini teshigi bo’lmasligi natijasida shishgan,ko’kargan bo’lishidan.

Keyingi holatlarga talabalar e’tiborini aksentirlang

Davolash.Soxta amenoreyada qizlik pardasini hrestsimon holatda kesamiz va ketgutda 2 qarama qarshi chetidan tikamiz,keyin umumiy quvvatlovchi terapiya,vitaminoterapiya,fizioterapiya (galvanic SHerbak yoqasi bo’yicha ,endonazal elektroforez,igleorefleksotrapiya,gormonoterapiya FDT ga bo’g’liq holda qilinadi.

Davoni effektivligi bahosi hayz yoki hayzga o’xshash holatlarni paydo bo’lishi,FDT ni tasdiqlanishi.

Ijobiy natijalar bo’lgungacha mutaxassis kompleks davo olib boorish taktikasi

Tuzalish kriteriylari;FDT ning ijobiy o’zgarishlari paydo bo’lishi.

Bemor darajasidagi profilaktika;amenoreya bilan ayollarda bepushtlik xavfi rivojlanishini qayd qilish,uni ijtimoiy faktor sifatida hisoblash.Buni o’z davridagi diagnostika va davolash bilan bog’lash.

Oila darajasidagi profilaktika;pushtning qorin ichidagi davrida boshlanadi,ayolni zararli tasirlardan saqlash( ionlovchi radiatsiya,kimyoviy va bakteriologik va b)va albatta erta bolalikda(raxit profilaktikasi,tez-tez shamollash kasalliklari)

Ommav darajadagi profilaktika;anenoreya rivojlanishiga xavf guruxi bolalarni tez tez yuqumli kasalliklar bilan og’rishi,shuningdek surunkali tonzillogen infeksiyalar,revmatizmlar,o’tqazilgan o’tkir infeksiyalar(qizamiq,bo’g’ma,epid,parotid,gepatit)jinsiy etilish davrida,qizchalarda infantelizm belgilari bo’ladi.Xavf guruxlarning kontingenti maxsus ko’rikda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni tekshirganda aniqlanadi.

ALGODISMENOREYA

Menstrual siklni buzilishi bo’lib,to’lg’oqli og’riqlar ko’rinishidagi,qorinning pastki qismida,xanjarsimon o’siq soxalari,bel qismida xayz paytida paydo bo’lib va holsizlik bilan kechadi

Algomenoreyani birlamchi yoki funksionalga bo’lish mumkin,ichki jinsiy a’zolarni organik o’zgarishisiz paydo bo’luvchi va ikkilamchi,kichik tazdagi patologik o’zgarishlar bilan tushuntiriladi(endometrioz,ortiqlarning surunkali yallig’lanish kasalliklari,chanoq ganglionevritlari.)

Klinik-instrumental metodlar;

Talabalar bilishi zarur,birlamchi algomenoreya diagnozini menarxedan keyin 1-1,5 yildan so’ng yosh qizlarda paydo bo’luvchi og’riqqa shikoyatdan. O’g’riqlar siklning birinchi kunida yoki xayzga bir necha soat qolganda boshlanib,to’lg’oqsimon ko’rinishda boladi va qorinning pastki qismida yuzaga keladi va ko’p hollarda belga,sonning oldingi sohasiga beradi,bazan ko’ngil aynish,qusish,ich ketishi,holsizlik,migrenli og’riqlar bilan kechadi.



Talabalarga eng qimmatli ma’lumot anamnez ekanligini tushuntiring;bolaligida o’tqazgan surunkali infeksion kasalliklar(asosan oshqozon ichak trakti)travmatik tug’ruqlar,abortlar,bachadondagi operativ akjarayonlar,shuningdek

Tashqi ko’ruv ma’lumotlari;konstitutsional xarakterli belgilar-astenik gavda,tana vaznini kamyishi tendensiyasi.

Talabalar bilishi kerak rektal kuzatuvlar qiz bolalarda va vaginal kuzatuvlar(agar jinsiy hayoti bo’lsa)anatomic o’zgarishlar yo’qligini ko’rsatadi.

Kuzatuvlar to’xtatiladi va umumiy qon analizi-normal o’zgarishlar;umumiy siydik analizi-patologiyasiz.;analiz va bak.posev ajralmalari normada;

Talabalarni etiborini zaruriy tekshirishlarga qaratmoq lozim:

Funksional testli diagnostika(FDT):



    1. Bazal xaroratni o’lchash;

    2. Qorachiq simptomini aniqlash;

    3. Servikal shilliq cho’ziluvchanligini simptomi

    4. «paporotnik»simptomi

    5. КПИ indeksi;

  • УЗИ da funksonal amenoreyada bachadon va uning ortiqlarida anatomic o’zgarishlar bo’lmaydi.

Talabalarga differensial diagnozni olib borishni tushuntirish zarur:

Ichki jinsiy a’zolarning yallig’lanishidan rivojlanadigan organik xarakterdagi amenoreya bilan,bachadon miomalari,adenomiozlar va chandiqli kasalliklar bilan o’tqazish lozim

Ikkilamchi amenoreya asosga qarab diagnozlanadi

Og’riq shikoyatlari hayz sikli bilan bog’liq.og’riqlar bel sohasiga,sonning oldingi soxasiga yo’naladi.Anamnez:bachadon miomasi hisobiga tuziladi,bachadon bo’ynida qilingan jarroxlik operatsiyalar,bachadon va uning ortiqlaridagi operatsiyalar.


Talabalarni ginekologik ko’ruvni olib borishga o’rgating.

Berilgan ginekologik ko’ruv:bachadonni kattalashishi,aloxida tugunlarni aniqlash,bular bachadon miomalari uchun xarakterlidir,chandiqlarni aniqlash,chegaralangan harakatchanlik,ortiqlarni kattalashishi esa o’tqazilgan yallig’lanishlarni ko’rsatadi.

UZD da organic amenoreyada bachadonni va uning ortiqlarini kattalashishi chandiqni uni fiksatsiya qilib qo’yishiga bog’liqdir.

CHOYAK bilan differensial diagnostoka qilishga talabalarni etiborini qaratishga aksentirlang.

2Ayollar jinsiy organlari yallig’lanish kasalliklari.

Ogriqqa shikoyatlar hayz sikli bilan bog’liq emas va klinikasi umumiy va maxalliy belgilar bilan kuzatiladi :umumiy holsizlik,harorat oshishi,palpatsiyada qorin pardani tasirlanishi aniqlanadi.

Endometritda qinni tekshirish-bachadonni og’riqligi,adneksitda og’riq tarafda ortiqlarni kattalashishi kuzatiladi.Laborator malumotlar-leykotsitoz,chapga siljishi,ECHT oshishi,qin analizida leykotsitlar soni oshib,ko’ruv maydonida 20-25 gacha,hatto katta hajmda patologik florani (trixomonadalar,zamburug’lar,gonokokklar) bakteriologik tekshirishda tasdiqlanadi.

UZD da-bachadon kattalashishi uning bo’shlig’ida exogenativ suyuqlik hisobiga va ortiqlari kattalashgan duglas qopchasini shishi hisobiga.



  1. Endometrioz ikkilamchi amenoreyani asorati hisoblanadi va ko’pincha ayollarni 30-40 yoshidan keyin rivojlanadi,anamnezda abortlar qayd qilinadi,tug’ruqlar,jarroxlik amaliyotlari bachadon bo’yni va ortiqlaridagi operatsiyalarni bo’lishi.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə