Masala 8
Oxirgi xayz 6 oy oldin korgan. Bemor ozini xomilador deb xisoblaydi. Bir xafta oldin qorinning pastki qismida tong’oqsimon, o’ng oyoqqa beriluvchi og’riqlar paydo bo’lgan. Qisqa muddatga xushdan ketgan. Keyingi kuni jinsiy a’zolardan qonli ajratmalar ajralgan. Bemor statsionarga tabiiy abort tashxisi bilan yotqizilgan va bachadon boshlig’ining tozalash amalyoti bajarilgan. Abortdan keyngi davrda subfebril xarorat, va qonli ajratma ajraldi. Bachadon tekshirilganda ikkala tomondagi xosilalari 2x hajmda kattalashganligi aniqlandi. Bemorda yana tong’oqsimon og’riqlar paydo boldi.
1. sizning tashxisingiz?
A. tuxumdon apopleksiyasi
B. bachadon naychasi xomiladorligining buzilishi*
C. ikki tomonlama adneksit
D. bachadondagi xomiladorlik
E. bachadon boyni eroziyasi
2. qilinadigan taktika?
A. laporatomiya
B. bachadon boshlig’ini tozalash
C. orqa gumbaz punksiyasi
D. simptomatik terapiya
E. antibacterial terapiya
masala 9
bemor 27 yoshda, tez tibbiy yordam mashinasi bilan tuman shifoxanasiga og’ir axvolda olib kelindi. Anamnezida ikki tomonlama bachadon ortiqlarining yallig’lanishi bo’lib, davriy ravishda takrorlanib turgan.
Oxirgi marta 10 kun oldin xayz ko’rgan. Ertalab o’rnidan turganda birdaniga qorinning pastki qismida va orqa teshik sohasida og’riqlar paydo bolgan. Ayoll qisqa mudatga xushidan ketib yurgan. Umumiy axvoli og’ir. Teri qoplamari oqimtir rangda. Puls minutiga 120 marta, qon bosimi 90/60 mm.Hg.ust., tili toza, nam, qorni shishgan, pastki qismida birdaniga zo’riqqan. Qin orqali tekshirish birdaniga og’riq paydo bo’ganligi uchun paypaslanmadi. Ortiqdan o’ngda xamirsimon xosila aniqlanadi. Bachadon bo’yni ekskursiyasida birdaniga og’riqli.
1. sizning tashxisingiz
A. bachadondan tashqi homiladorlik*
B. tuxumdon apopleksiyasi
C. kista ayoqchasining buralib qolishi
D. boshlang’ich abort
E. parametrit
2. taktikangiz
A. laparatomiya
B. orqa gumbazdan punksiya olish
C. A va B
D. og’riqsizlantirish
E. A, B, D*
6.3 Amaliy qism
Amaliy konikmalarni qadamma qadam bajarish va ko’nikmalarni baxolash bo’yicha vazifalarni bajarish,
-
tabiiy abor bo’lgan ayollar kuratsiyasi
-
kichkina operatsiyalarda qatnashish
-
shoshilinch xolatlarda( abortdan keyngi qon ketishlarda) tez tibbiy yordam ko’rsatish
-
qinda bimanual tekshiruvlar o’tqazish
-
erta va kechki gestatsiya muddatlarini aniqlash
-
ko’zgu bilan tekshirishlar o’tqazish
-
uchta nuqtadan surtma olishni bajarish
-
bakteriologik ekma va antiobiotikka sezuvchanligini aniqlash uchun taxlilga namuna olish.
-
TORCH infeksiya(PSR, IFA tekshirish usullari) taxlili, muxokamasi
7. Bilim, amaliyot va konikmalarni baholash shakllari
- og’zaki
- yozma
- vaziyatli masalalarni yechish
- o’zlashtirilgan amaliy konikmalarni demostratsiya qilish
8. kundalik nazoratning baholash kriteriyalari
Dostları ilə paylaş: |