O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi ginekologiyadan yagona uslubiy tizim bo’yicha yaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanmasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə93/127
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#2678
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127
Vаziyatli mаsаlа:

4yoshli qizda jinsiy yo’llaridan vaqti vaqti bilan qonli ajralmalar kuzatiladi. Umumiy axvoli qoniqarli. Ko’zdan kechirganda sut bezlarining shishgani va kattalashgani kuzatildi. Qorni yumshoq, og’riqsiz. Rektoabdominal tekshirganda kichik chanoqda qattiq, xarakati cheklangan, og’riqsiz 6х5х8 sm xosila paypaslandi.



Savollar:

  1. Sizning taxminiy tashxisingiz (Chanoq og’rig’i sindromi, tuxumdonlarning gormonprodutsirlangan o’smasi)

  2. Tekshiruv rejasi(kichik chanoq a’zolari UZI si)

  3. Davolash taktikasi ( operativ davolash)

2 masala

18 yoshli qiz davolanish uchun ginekologiya bo'limiga yuborildi. Shikoyatlar bildirmadi. Normal rivojlanishdan orqada qolmagan. To’g’ri ichak orqali tekshirganda bachadon kichkina, xarakatchan, og’riqli, chap ortiqlari o’zgarmagan, o’ng va oldida noto’g’ri shakldagi konsistensiyali, o’lchamlari 6х8х8 sm. li o’smasimon xosila paypaslandi.



Savollar:

  1. Sizning taxminiy tashxisingiz (Chanoq og’rig’i sindromi, tuxumdon kistasi)

  2. Tekshiruv rejasi(kichik chanoq a’zolari UZI si)

  3. Davolash taktikasi ( operativ davolash)

3 masala

48 yoshli bemor terapiya bo’limiga umumiy xolsizlik, bexollik, ozish, ko’ngil aynishi, jig’ildon qaynashi, epigastral soxada vaqti vaqti bilan bo’ladigan og’riqqa shikoyatlari bilan keldi. Ginekolog konsultatsiyasida kichik chanoq bo’shlig’ida bachadonning 2la tomonida gadir-budir, xarakatchan, og’riqsiz 2ta o’sma aniqlandi.



Savollar:

  1. Sizning taxminiy tashxisingiz (Chanoq og’rig’i sindromi, tuxumdon raki)

  2. Tekshiruv rejasi(kichik chanoq a’zolari UZI si, fibrоgаstrоduоdеnоskоpiya)

  3. Davolash taktikasi ( onkolog ko’rigi va konsultatsiyasida bo’lib turish)

4 masala

36 yoshli ayolda profilaktik ko’ruv vaqtida 2 tomonlama tugoelastik konsistensiyali, palpatsiyada sezgir, xarakatchan, o’lchamlari 6х 8х8 sm i 6х6х6 bo’lgan tuxumdon o’smasi aniqlandi. Bachadon antifleksio-versio xolatida, normal o’lchamda. Bemor xech qanday shikoyatlar bildirmadi.



Savollar:

  1. Sizning taxminiy tashxisingiz (Chanoq og’rig’i sindromi, tuxumdon raki)

  2. Tekshiruv rejasi (kichik chanoq a’zolari UZI si, onkolog konsultatsiyasi)

  3. Davolash taktikasi ( operativ davolash)

5 masala

Ginekologik tekshiruv vaqtida 36yoshli bemorda bachadon bo’yni silindrik, toza ekanligi aniqlandi. Bachadon tanasi kattalashmagan, xarakatchan, og’riqsiz. O’ng tomoni paypaslanmaydi. Bachadondan chap tarafda silliq yuzali, to’mtoqelastik konsistensiyali, xarakatchan, og’riqsiz, kattaligi 6-7 sm bo’lgan o’sma aniqlandi. Ajralmalari shilliqli.



Savollar:

  1. Sizning taxminiy tashxisingiz (Chanoq og’rig’i sindromi, tuxumdon raki)

  2. Tekshiruv rejasi (kichik chanoq a’zolari UZI si)

  3. Davolash taktikasi ( operativ davolash)


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin