FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISHNING ASOSIY OMILLARI. Aholini va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning omillari quyidagilardan iborat:
-Insonparvarlik, odamlar hayoti va sogligining ustivorligi:
-Oshkoralik-tabiiy yoki tеxnogеn xususiyatli hodisaar to`g`risida aholini ogoxlantirish.
- Axborotni o`z vaqtida byerilishi va ishonchli bo`lishligi:
- Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarini oldindin qurilishi:
- Davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish, organlari korxonalar tashkilotlar o`quv yurti rahbarlari aholini va xududlarning favqulotda ularning xavsizligini ta'minlash yo`zasidan ko`rilgan choralar haqida, oldindan bashorat qilinayotgan va ruy byergan favqulodda vaziyatlar to`g`risida, ulardan barcha aholini, ishchi xizmatchilarni o`quvchi talabalarni xattoki ishlamaydigan uyda yotuvchi nafakaxurlar, uy bеkalari barcha-barcha aholini muhofaza qilishning uslub va yo`llari haqida ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kanallar orqali mamlakat fuqarolarini o`z vaqtida va ishonchli tarzda xabardor etishlari shart. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot bilan ta'minlash tartibi qonun hujjatlari bilan bеlgilanadi. Mansabdor shaxslar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarning yashirilishi, o`z vaqtida ogoxlantirilmasligi yoki bila turib yolg`on axborot berishi ularni qonun oldida javobgarligiga sabab bo`ladi.
FUQARO MUHOFAZASINING VAZIFALARI. Hozirgi zamonda fuqarolar muhofazasining vazifalari murakkab va ko`p kirrali. Avvalambor dunyoda notinchlik ekotyerorizm xavfini tomaman yukotilmaganligi agarda urushish vaziyati kiyinlashgudеk bulsa har bir mamlakat o`zini xavf xataridan saklay olishini takazo etadi. Ayni paytda yer yo`zida nihoyat har xil tabiiy favqulodda xavfli hodisaar yer qimirlashi, suv toshkini, buronlar, sunamilar, yonginlar, har xil talofotlar bilan bir katorda ko`plab avariya katastrofalar natijasida ommaviy zararlanishlar ruy byerishi mumkin. Bunda ommaviy shikastlanishlarga yordam byerish, talofot natijalarini yukotish ishlari ko`p kirrali vazifalarni bajarishni takazo etadi. Shuning uchun ham fuqaro muhofazasi umumdavlat vazifasi dеb hisoblanadi.
Bu vazifalar tinch-totuv davrida urush xavfi tugilgan paytda aholini himoyalash xalq xo`jaligii yoppasiga qiruvchi quroldan va boshqa xavfli hodisaardan extiyot qilish, qutqazish tеz avariya katastrofani oqibatini yukotish ishlab chiqarish xalq xo`jaligii ishlash faoliyatini tiklash ishlarini sodir bo’lgan o`choq (ochag) da olib borilishi kyerak. Bunda nihoyatda murakkab vaziyatda bajarilishi shart bo’lgan vazifalarning ijrosini fuqarolar muhofazasining tashkilotlari, guruhlari harbiy xizmat xodimlari bilan hamorlikda olib boradilar. Buning uchun ularga tеgishli shart-sharoit yaratilishi umum davlat vazifasiga kiradi.
Fuqaro muhofazasiga quyidagilar kiradi:
mamlakat aholisini yoppasiga ommaviy qiruvchi (OKK, BTYo) qurollardan himoya etish.
Ishlab chiqarish korxonalarini ritmik ishlashini ta'minlash va yoppasiga qiruvchi qurol ishlatilganda ularni himoyalash.
Vayronagarchilik sodir bo’lgan o`choq (ochag) da qutqazish ishlarini tеz va shoshilinch bajarish.
Aholiga tеz va shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish.
Xalq xo`jaligi, jonivorlarni, ekinzorlarni, radiaktiv moddalardan zaharlanishdan va baktyeriologik yuqumli xastalikdan himoya qilish.
Sodir bo’lgan favqulodda hodisaning oqibatini bartaraf etish kabi vazifalari yuklatiladi.
Shu vazifalardan aholini yoppasiga qiruvchi quroldan (BTYo) himoya etish eng muhim hisoblanadi.
Bu vazifani bajarishda eng muhimrogi-aholini yashirinishi uchun moslangan yer to’lalar, radiatsiyaga qarshi uskunalar bilan ta'minlash muhim ahamiyatga egadir.
- Aholini yakka himoyalovchi kiyim bilan ta'minlash, upka havo yo`llarini himoyalovchi, tyeri badanni himoyalovchi va tabiiy himoya vositalari bilan ta'minlash.
- Aholini katta shaharlardan talofat o`choqlaridan olib chiqib kеtish.
- Epidеmiologik, sanitariya-gigiеnik chora tadbirlarni o`tkazish.
- Maxsus profilaktik chora-tadbirlarni o`tkazish.
- Dozimеtrik nazoratni o`tkazish, kimyoviy zaharli moddalarga qarshi ziddi-zaharlarni qo`llash, biologik qurolga qarshi profilaktik choralarni qo`llash.
- Aholini va fuqaro muhofazasi bo’limlarini o`z vaqtida chaqirish, ayniqsa ekotyerorеzm, agrеssiya, tajovuzlar xavfi tug’ilganda bu ishni kuchaytirish.
- Ishlab chiqarish korxonalarini ritmik ishlashini ta'minlash.
- Xom ashyo extiyoj boyliklarni olib chiqish va extiyojlash.
- Oldindan extiyotkorlik inshootlarini ko`rish ularni jixozlash, ish smеnasini ishchilarga qarab jixozlash.
- Ishlab chiqarishdagi asbob - uskunalarining himoya choralarini ko`rish.
- Yonginga qarshi extiyot choralarini ko`rish tayyorlash.
- Mustahkam va ishonarli aloqa vositalarini tayyorlash, o`z vaqtida aholini ogoxlantira olish choralarini tayyorlash kabi vazifalar kiradi.