9 1-rasm. C'hanoq suyaklari singanda bemorga «baqa» holatini berish.
tagiga buklangan kiyimi yoki yostiq qo'yib ko'tariladi. Oyoqlar yostiqdan tushib ketmasligi uchun ularni bir-biriga tasma bilan
bog'lanadi (91-rasm).
Oyoq suyaklari singanida bemor zambilda o'tirgan holatda
tashiladi.
Shok holatidagi bemorni yoki ko'p qon yo'qotgan bemorni yotqizib ko'tariladi.
Elektr quvvati urgan yoki yashin tushgan bemorni cxaqlancha yotqizib ko'tariladi.
JONLANTIRISH TADBIRLARI
Jonlantirish deb, odam tanasini o'lim oldi holatidan chiqarish uchun ishlatiladigan davolash-muhofaza tadbirlariga aytiladi. Ijobiy natijaga ega bo'lishda, shikastlanish odam tanasini biologik o'limga olib kelmagan bo'Iishi kerak. Biologik o'lim yurak va nafas faoliyatlari barham topgandan so'ng (klinik o'lim). 5-6 daqiqa o'tgach boshlanadi. chunki miya hujayralari 4-5 daqiqa mobaynida kislorod bilan ta'minlanmasa: nobud bo'ladi. oqibatda klinik o'limdan keyin biologik qazo kelib chiqadi.
Biologik o'limning oldini olish maqsadida. jonlantirish tadbirlari amalga oshiriladi: bemorga sun'iy nafas oldirilib. yuragi uqalanadi. arteriya qon tomiriga qon. uning o'rnini bosadigan biologik suyuqliklar va zarur bo'lgan dorilar yuboriladi.
Aholini kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatish usullariga o'rgatish muhim davlat ahamiyatiga ega. Mirshablar. o't o'chiruvchilar, harbiy xizmatchilar, temir yo'lchilar, yo'l qurilishi ishchilari, elektr mutaxassislari, transportchilar, ya'ni o'zi bajaradigan faoliyatiga ko'ra falokat vujudga kelishi mumkin bo'lgan joylarda. hududlarda bo'ladigan kimsalar bunday usullarni, ayniqsa yaxshi o'zlashtirgan bo'lishlari shart.
SHIKASTLANGAN ODAMGA SUN'IY NAFAS OLDIRISH
Bunday amallarga qo'l urishdan avval, shikastlangan odamning nafas yo'llarida begona narsalar yo'qligiga ishonch hosil qilish darkor. Bemor odamning burun. og'iz bo'shlig'i begona narsalardan. jumladan sun'iy tishdan ham tozalanadi.
Bemor badanini qisib turgan kiyim-kechaklari yechiladi.
O'pkalarga suv yig'ilgan bo'lsa, chiqariladi (92-rasm).
S 7
un'iy nafas oldirish, bemor mustaqil nafas ola boshlaguniga qadar davom ettirilishi kerak.
Yurak urmayotgan bo'lsa, uqalanadi.
SUN'IY NAFAS OLDIRISH 2 USULDA AMALGA OSHIRILISHI MUMKIN:
asbob-uskunasiz nafas oldirish;
asbob-uskuna yordamida nafas oldirish;
Tibbiy xodim o'zi yoki sheriklari ishtirokida amalga oshiradi;
Nafas oldirishda Silvestr, Sheffer, Shyuller va Lobrad usullarini qo'llash mumkin (93-rasm);
Bemor hayoti chegara-terminal holatda bo'lsa, «og'izdan og'izga» yoki «og'izdan burunga» nafas berish foydali.
«Og'izdan og'izga» nafas berish paytida bemor cxaqlancha yotqiziladi, yordam ko'rsatuvchi bemorning bosh tomonida cho'kkalagan holda o'tiradi, bu vaqtda bemorning boshi orqaga egilgan bo'Iishi shart.
Bundan tashqari, bemorning kuraklari tagiga yostiq yoki boshqa yumshoq narsa qo'yish kerak. Aks holda til orqaga tortib ketib, havo yo'liga to'g'anoq bo'ladi. «Og'izdan og'izga» nafas berish usuli «og'izdan burunga» nafas berish usuliga ko'ra osonroq, chunki «og'izdan burunga» nafas berish paytida hamma vaqt ham burun yo'lidagi tiqilmalarni tozalab bo'lmaydi va ayniqsa burun devori qiyshiq bo'lsa (masalan, bokschilarda) ushbu amalni bajarish qiyinchilik bilan boradi (94-95-rasmlar).
S un'iy nafas oldirishda yordamchi bir qo'li bilan bemorning bo'yni tagidan ushlaydi ikkinchi qo'lini esa bemorning peshonasiga qo'yib boshini bosadi va ko'rsatkich hamda bosh barmoqlari yordamida burunning har ikkala katagini yopadi. Shundan keyin ko'makchi chuqur nafas olib dastro'molcha yoki doka bilan yopilgan bemor og'ziga havo purqaydi. Havoni puflash yaxshi natija berishi uchun ko'krak qafasini ko'taradigan kuch bilan amalga oshirish zarur. Bu paytda bemorning nafas chiqarishi o'z-o'zidan passiv bo'ladi. Bu hodisa o'pkalar ichida hosil bo'lgan bosimga, o'pkaning egiluvchan-ligiga (elastikligiga), bemor vazni
( semiz-ozg'inligiga) ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. O'pkalarda me'yor darajasida havo almashinuvini ta'minlash maqsadida, har bir daqiqada 14-18 marta faol nafas purkash lozim. Mazkur usulda, maxsus S-simon (ilon izi kabi) yoki oddiy rezinkali naychadan foydalanish mumkin. Ushbu usulni ishlatilganda ham bemorning boshi «og'izdan og'izga» nafas oldirish usulidagi kabi holatga keltiriladi.
Rezina-drenaj naycha bo'lsa uni burun katagining bittasiga kirgizib, ikkinchi teshigi mahkam yopiladi va ayni naycha orqali og'izdan puflab havo yuboriladi.
Naycha bo'lmagan taqdirda nafas oldiradigan odam bir qo'li bilan bemorning pastki jag'ini yumib, og'zini berkitadi va ikkinchi qo'lining barmog'i bilan bemor burnining bir katagini mahkam qisib, o'z og'zidan burunning ikkinchi katagiga havoni purqaydi.
Sun'iy nafas oldirishning hamma usullarida ham bemor tilining og'iz bo'shlig'ida to'g'ri turishiga ahamiyat berish shart.
ASBOB-USKUNA YORDAMIDA NAFAS OLDIRISH
Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish jarayonida, ayni usul sun'iy nafas oldirish uchun ancha qulay keladi. Bu jarayonda РПA-1, РПA-1, РПА-2, ДП-2, «Tog' qutqaruvchisi» va boshqa rusumdagi asbob-uskunalardan foydalanish mumkin.
РП A-1 rusumli asbob-uskuna dam berib nafas oldiriladigan, qo'lda ko'tarib yurishga moslashtirilgan (portativ) asbob bo'lib, bosqon bilan bemorni og'iz va burniga qo'yiladigan niqobdan iborat.
Bosqon dam berilganida. o'pkalarga (96-rasm, a)havo kiritiladi (nafas olish), keyin bemorning o'zi o'z-o'zicha (passiv) holatda nafas chiqaradi. Bosqonda havoni so'radigan qopqoqcha (klapan)
mavjud bo'lib bosqon ichiga so'riladigan havo miqdorini aniqlash uchun yonida cheklovchi kamar bilan tugmachasi (knopka) bo'ladi. Bosqon yordamida 1,5-1,0-0,5 va 0.5 litr hajmda havo yuborish mumkin. Asbobda havo o'tqazadigan naylar va kattalar hamda yosh bolalarga mo'ljallangan katla-kichik alohida niqoblar bo'ladi. Mazkur asbob bilan faoliyat olib borishda avval og'iz bo'shlig'iga havo o'tqazadigan nay o'rnatilib niqob og'iz va burun sohasiga qo'yiladi. Katta odamlar uchun bosqon yonidagi kamar 1,0-1,5 litr hajmga to'g'rilab qo'yiladi. Keyinchalik yuboriladigan havo miqdori ko'krak qafasining ekskursiyasi hajmiga qarab to'g'rilab boriladi. Bosqondan minutiga 20-30 marta dam berish yo'li bilan o'pkalarga havo kiritiladi.
РДА-1 o'zining sifati va imqoniyatlari jihatidan RPA-lga uxshab ketadi. Ammo bosqon o'rnida nafas berish uchun rezina halta bo'ladi, ushbu haltani siqish yo'li bilan bemorning nafas yo'llariga havo kiritiladi. Halta qo'yib yuborilganida havo so'ruvchi klapan orqali halta ichiga so'rilib, haltani kengaytiradi. Mazkur asbob yordamida nafas yo'Haridagi begona narsalarni (suyuqliklar, qusuqni) ham tortib olish mumkin (96-rasm, b). РПА-2 boshqa asbob-uskunalarga ko'ra murakkabroq to`zilgan bo'lib, bosqonning g'ijim qilib buklangan nayi niqob yoki nafas o'tqazish (intubatsiya) nayi bilan tutashtiriladi. O'pkalarga yuboriladigan havoga ballondan kislorod aralashtirib berish va nafas yo'lidagi begona suyuqliklarni so'rib olish ham mumkin. Ushbu asbob shil'oxonalarda va tez tibbiy yordam ko'rsatish kichik guruhchalarida amalda qo'llaniladi (97-rasm). Undan foydalanish paytida quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak bo'ladi:
sun'iy nafasni har vaqt ham nafas chiqarishdan boshlash;
nafas yo'llari begona narsalardan xolis bo'lishi;
3) nafas chiqarish, nafas olishga nisbatan ikki karra davomliroq
bo'lishi;
4) ko'krak qafasining harakatlari (chiqib tushishlari) aniq ko'rinishi.
Mazkur asboblarni 30-40 daqiqa ishlatish mumkin. Asbob bilan
ishlab turgan paytda, yurakni bilvosita uqalash zarur bo'lib qolsa, u holda yordam ko'rsatuvchilar soni kamida 2 kishidan iborat bo'lishi kerak.
Avtomat respiratorlar-AIt-2, АНД-2 va PO-l ishlatiladi. ДП-2 ixtisoslashgan tez yordam avtotransportining jihozlari majmuasiga kiradi. Bu asbob kislorod balloni bilan ishlaydi va faol nafas olish bilan nafas chiqarishni ta'minlaydi. Bemor o'pkalariga beriladigan havo tarkibida. 45-50 % kislorod bo'ladi. Asbob nafas oldirish va nafas chiqarish jarayonlarini avtomat ravishda amalga oshiradi, ya'ni o'pkalarga kirgan havo miqdoridan qat'iy nazar o'pkalarda bosim simob ustuni hisobi bilan 13-15 mm ga yetganida nafas oldiradi va bosim manfiy 5-7 mm ga tushganida nafasni chiqartiradi.
Asbob yordamida sun'iy nafas oldirishning samarador bo'lishi, 1-navbatda bemor bilan asbob tizimining zich berkitilganligiga (germetik) bog'liq bo'ladi. Niqob bilan bemor yo`zi orasidan havo o'tgudek bo'lsa, u holda o'pkalarga havo kam miqdorda kiradi. Ammo, niqoblardan foydalanish paytida to'la zichlikka ega bo'lish mumkin bo'lmaydi. Shu boisdan ham kekirdakka (traxeyaga) laringoskop ishtirokida intubatsion naycha kiritilib, nay atrofidagi bo'shliq manjetka (matoli o'rov) yoki tampon (tiqinchoq) bilan berkitilsa. tizim zichlanadi. Nafas yo'liga intubatsion nay qo'yilganida. kekirdak ichida yig'ilib qolgan suyuqliklarni so'rib olish maqsadida, imqon yaratiladi va bundan tashqari tilning orqaga ketib qolish xavfi barham topadi.
Shifoxona sharoitida bemorga kun bo'yi yoki oylab sun'iy nafas oldirib turish kerak bo'lsa, elektr quvvati bilan ishlaydigan maxsus asbob-uskunalar qo'llaniladi (АНД-2 va PO-l). Bu asboblarda nafasning chuqurligi, tezligi, nafas olish va chiqarishning muddatini to'g'rilab tursa bo'ladi.
Quyidagi holatlarda odamga nafas oldirish zarurati tug'iladi:
dabdurustdan nafas barham topganida;
nafas musqo`llarining shollanishi oqibatida alveolalarda havo almashinuvi susayganda, gipoventilyatsiya, poliomiyelit, poliradikulonevrit, orqa miya shikastlanganida va h.k. (klinik va tahlil ma'lumotlariga ko'ra gipoksiya va giperkapniya sodir bo'lganida);
3) alveolalardagi gipoventilyatsiya o`zunchoq miyadagi
markazlarning falajlanishiga aloqador bo'lganida;
4) alveolalardagi gipoventilyatsiya hodisasi havo almashinuvida
ishtirok etadigan o'pkalar hajmining kichrayishiga bog'liq bo'lganida,
masalan, o'pkalar atelektazi. pnevmoniyalar va boshqa holatlarda.
Nafas tezligi, nafas olinadigan va nafas chiqariladigan havo bosimlari va qondagi o'zgarishlarning muntazam ko`zatuvi, jonlantirish haritasiga har 15-30 daqiqada bitiladi.
QON AYLANISH SHDAN CHIQQANIDA AMALGA OSHIRILADIGAN JONLANTIRISH TADBIRLARI
Odam tanasidagi barcha to'qimalarning me'yoriy hayot faoliyati uchun kislorod bilan oziq moddalar doimo yetarli miqdorda kelib turishi lozim. Tanada kislorod yetkazib beradigan birdan-bir manba qondir; zarur bo'lgan ozuqaviy moddalar ham qon orqali to'qimalarga yetkaziladi. Moddalar almashinuvi oqibatida vujudga kelib chiqadigan moddalar ham to'qimalardan yana qon orqali chiqarib tashlanadi. Shu boisdan ham qon tanada tomirlar bo'ylab to'xtovsiz aylanib turishi shart.
Tanada me'yoriy darajada qon aylanib turishi uchun arterial qon bosimi muayyan darajada bo'lishi taqozo etiladi.
Yurak ishi yetishmovchiligida miokardning qisqarish qobiliyati susaysa uni tiklash maqsadida strofantin, korgliqon va boshqa dorilar qo'llaniladi.
Kollaps holatida tomirlarning tonusini tiklash uchun noradrenalin yoki mezatondan foydalanish mumkin.
Haqiqiy kamqonlik oqibatida kelib chiqqan yurak yetishmovchiligida bemorga qon yoki uning o'rnini qoplashi mumkin bo'lgan suyuqliklar yuborish lozim.
Ko'pincha qon vena qon tomiriga quyiladi. Mabodo vena qon tomiriga igna kiritish imqoniyati bo'lmasa suyak ko'migiga qon quyish qulay (tovon suyagi, to'sh va chanoq suyagi qanotiga). Ba'zi hollarda vena qon tomirini ochish - venaseksiya usuli bilan qon quyiladi. Quyidagi holatlarda odamga qon quyish zarur bo'ladi:
ko'p qon yo'qotilganda;
kollaps va shikastlanish karaxtida;
og'ir jarrohlik amallari vaqtida;
tanaga zaharli moddalar tushganida;
qon ketganida uni to'xtashi uchun;
qon kasalliklarida;
bemorni jarrohlik muolajasiga tayyorlash maqsadida. Quyidagi holatlarda qon quyib bo'lmaydi: l)buyrak kasalliklari;
jigar kasalliklari;
yurak o'z faoliyatini qoplay olmaganida;
miyaga qon quyilganida;
bosh miyaning shikastlanganida.
Yurak dabdurustdan to'xtab qolganida ko'riladigan tadbirlar:
miokardni kislorod kamomadidan olib chiqish;
yurakni sun'iy yo'l bilan qisqartirish.
Yurakni uqalash va shu bilan birga sun'iy nafas oldirish yurakni ezg'ilab uqalash jarayoniga kiradi.
YURAKNI EZG'ILAB UQALASH
Yurakni ezg'ilab uqalash jarayoni 2 usulda amalga oshirilishi mumkin:
bilvosita;
bevosita.
YURAKNI BILVOSITA UQALASH
Mo`zkur jarayonda yurak to'sh suyagi bilan umurtqa pog'onasi orasiga qisiladi, oqibatda qon yurakdan kichik va katta qon aylanish doiralariga o'tadi, yurak bo'sh qo'yilganida uning devorlari yozilib bo'shliqlariga qon qaytadan o'tadi. Shu usulda sun'iy yo'l bilan qon aylanishini paydo qilib, hayot uchun muhim bo'lgan a'zolar faoliyatini tiklash mumkin bo'ladi. Natijada yurak mushaklari qon bilan ta'minlanadi va uning mushaklari mustaqil ravishda qisqarishi mumkin.
Bunday amallarni bajarish uchun bemor tekis qattiq yerga, polga cxaqlanchasiga yotqiziladi. Agar bemor yotoqda bo'lsa, ko'krak qafasi tagiga qattiq buyum yoki taxta qo'yiladi va to'sh suyagining uchidan 2 barmoq yuqoriga (to'sh suyagining pastki qismida) bir qo'l kafti, barmoqlar uchi bemor badaniga tegmaydigan qilib qo'yilib ikkinchi qo'li qirrasi bilan ustidan siqiladi; zarb bilan eziladi. Agar bemor yerda yotgan bo'lsa, yordam ko'rsatuvchi tizzasi bilan cho'kkalab o'tiradi. Ko'krakni har safar qisib ezganda to'sh suyagi umurtqa pog'onasiga 3-4 sm yaqinlashadigan bo'lishi lozim.
Ko'krak qafasi qisilayotgan paytda qo'l tirsak bo'g'imidan buqilmasdan, to'g'ri turishi kerak. Qisish paytida bosimni oshirish maqsadida gavdaning og'irligini qo'lga tashlash zarur, ayniqsa qari bemorlarda, chunki ular ko'krak qafasining ezilib-buqilish darajasi katta qarshilik sharoitida amalga oshadi. Qo'l zarb'bilan ko'krak qafasiga bosilgandan keyin qo'lni ko'krakdan olmay tez
bo'shashtiriladi. Shu alpozda yurak uqalanganida, ko'krak qafasining qisilish vaqtida yurak ham qisiladi va uning bo'shliqlaridagi qon tomirlariga haydaladi, qo'l bo'shashtirilganda esa, qon qaytadan yurak bo'shliqlariga kiradi (98-rasm).
arteriyasi miq etmay turaversa. u holda yurak uqalashni bilvosita usulda minutiga 60 marta amalga oshirish lozim. Ushbu paytda, o'pkalarga ikki marta havo kiritilganda, 15 marta yurak uqalanadi (yordam beruvchi 1 o'zi bo'lganida) (99-rasm).
Yurakni ezg'ilab uqalash katta kishilar uchun har minutda 60-65 marta, yosh bolalarda (10-12 yoshlarda) esa, bir qo'l bilan har minutda 70-80 marta amalga oshiriladi. Chaqaloq va 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda to'sh suyagining pastki qismiga bir qo'lning ikki barmog'i bilan bosib, ko'krak qafasi o'sha qo'lning kafti bilan eziladi. Bu paytda qo'l harakatlari minutiga 100-110 marta bo'Iishi kerak. Yurakni bilvosita uqalashni shifokor kelguncha davom ettirish zarur.
Bemorda klinik o'lim boshlangan bo'lsa, yurak to'xtashi bilan nafas jarayoni ham to'xtab qolishi mumkin. Bunday holatlarda fursatni qo'ldan boy bermay, yurakni bilvosita uqalash bilan birga, bemorga sun'iy nafas oldirish shart. Buning uchun «og'izdan og'izga» yoki «og'izdan burunga» usullaridan foydalaniladi. Nafas oldirish har daqiqada 14-18 ga teng bo'Iishi kerak. Yurakning ishlab ketganligini uyqu arteriyasining tebranishidan bilish mumkin. Mabodo, uyqu
Y ordam beruvchilar 2 kishi bo'lsa, ulardan biri har safar «og'izdan og'izga» yoki «og'izdan burunga» nafas berganida 2-si esa ko'krak qafasini 5 marta qisishi lozim (100-rasm).
Sun'iy nafas oldirilib, yurakni uqalayotgarida uyqu arteriyasi tebranishiga, ko'z qorachig'ining torayishiga, terining qizarishiga e'tibor berish lozim, chunki ular harkatlarining ijobiyligidan darak beradi.
OSHQOZONNI YUVISH
Mabodo biron-bir zahardan yoki ovqatlanish natijasida qayd qilish, qusish yo`zaga kelib chiqqan bo'lsa u holda tanani ushbu zararli moddalardan halos qilish usullaridan biri bo'lmish oshqozonni yuvish muolajasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Ayni maqsadda, quyidagi narsalar kerak bo'ladi:
1) bemor oldi ifloslanmasligi uchun o`zun, suv yuqtirmaydigan
lungi (fartuk);
hajmi 5 litr atrofida bo'lgan chovgun;
qaynatilib, iliq holga keltirilgan suv;
suvdagi 1% li osh to`zi yoki osh sodasining eritmasi;
tos;
oshqozonga tushiriladigan rezinkali nay;
voronka;
suv qaytib tushgach to'qilgan yuvindisi sachragan joyni artish uchun pol latta;
pol lattani ushlagichi (shvabra);
supurgi;
10) xokandoz;
11) oshqozon yuvilganidan so'ng yo`z, og'iz atroflarini artish
uchun sochiq;
soat;
Me'dani yuvish paytida diametri 10-12 mm (teshigining diametri 8 mm gacha) bo'lgan o`zun oshqozon rezinkali naydan foydalaniladi. Uning devorlarining qalinligi 1 -2 mm bo'lib zichligi qattiqdek seziladi.
Bunday zondning bir uchi kengroq bo'lib, 2-uchida esa, yon tomonlarida 2 ta teshikchalar bo'ladi. Zondga shisha yoki plastmassadan tayyorlangan voronka kiygiziladi. Uning me'daga kiritiladigan uchiga glitserin, iliq holdagi qizdirilgan o'simlik moyi yoki toza vazelin surtiladi. Nayni me'daga kiritish jarayoni quyidagi amallar majmuasidan iborat:
bemor stulga o'tqaziladi;
boshini salgina oldinga egiladi;
tibbiyot xodimi bemorning o'ng tomonida turadi;
u o'ng qo'li yordamida nayni og'iz bo'shlig'iga, undan so'ng esa xaqlumning oxirigacha kiritadi;
bemorga chuqur-chuqur nafas olish buyurilib, reflektor yoki yutish usullaridan foydalanib nay qizilo'ngach bo'ylab harakatga kelitiriladi.
qizilo'ngach bo'ylab naydagi to 40 sm deb yozilgan o'lchamga kelgunicha qizilo'ngach bo'ylab, nayni kiritish davom ettiriladi;
nayning me'da bo'shlig'iga tushganligi yengil pastga tushib ketganlik sezgisi orqali bilinadi.
Me'dani yuvish 2 bosqichdan o'tadi:
1) voronka bemor og'zidan yuqoriga qiya ko'tariladi.
2) keyin nayni chap qo'l bilan ushlab turib, uning uchiga voronka
kiydiriladi;
3) voronkani bemorning tizzasi balandligigacha pastga tushiriladi;
4) shu holda turgan voronkaga 1 litrgacha yuvish uchun olingan
iliq holdagi suyuqlik solinadi;
voronkani qiyalab ushlab, sekin-asta tepaga ko'tariladi;
yuvish suyuqligi me'da ichiga kiradi;
7) yuvish suyuqligi voronkaning bo'yin qismigacha me'daga
kirgach, uni bemorning tizzasini balandligigacha pasaytiriladi;
pastga tushiriladigan voronkaning lagan qismi yuqoriga qaragan bo'Iishi lozim;
voronkaning lagan qismi me'dadan chiqqan yuvindi bilan to'lgach, uni chelakka ag'dariladi yoki maxsus o'lchagichli idishga to'qiladi;
voronka lagani qaytadan yuvish suyuqligi bilan to'ldiriladi;
jarayon 2-3 marta qaytariladi;
Bolalar me'dasini yuvish maqsadida amalda diametri 6-8 mm bo'lgan bolalar rezinka nayidan foydalaniladi. Bolalar uchun nayning o`zunligi 50-60 sm bo-lib. uning uchiga kiydiriladigan voronka hajmi 100-200 ml atrotida bo'ladi. Bolalarning me'dasi yuvilayotgan paytda bola kichik hamshira qo'lida o'tiradi. Kichik hamshira bolaning boshini to'g'ri ushlab turadi. Nay oldindan qaynatiladi. So'ngra yuvish suyuqligi (sterillangan suv yoki osh sodasining eritmasi) bilan to'ldiriladi. Rezinkali nay qisqich yordamida qisiladi. Nay tezlikda bola og'ziga kiritilib xaqlumning orqa devoriga olib borilib tezda qizilo'ngach orqali kiritiladi. Bolalarning og'iz teshigidan to me'daning kirish teshigigacha bo'lgan masofani aniqlash maqsadida quyidagi formuladan foydalanish mumkin: (x=0,2; x-bola tanasining o`zunligi, sm) + 6,3 . Nay uchi me'da ichiga kirgach, naydagi qisqich olinib bolaning me'dasi bo'shlig'iga 60-200 ml yuvish suvi kiritiladi keyin voronka tezda pastlatiladi. Shu paytda sifon qonuniga ko'ra me'da ichidagi yuvindi suyuqligi tashqariga chiqadi. Bunday harakatlar 2-3 marta qaytariladi.
ICHNI SURUVCHI HUQNALAR
Bunday huqnalar to'g'ri ichakning me'yordan tashqari holatiga tashxis qo'yish yoki davolash uchun har xil suyuqliklarni yuborish maqsadida qo'llaniladi. Davolash huqnalari 2 turli bo'ladi:
1) tchni bo'shatish maqsadida suyuqlik yuboriladi;
2) ichakka suyuqlik tarkibida mahalliy va so'rilish ta'siriga ega
bo'lgan vositani kiritiladi.
Birinchi turdagi huqnaga ichakni tozalovchi, yumshatuvchi va yuvuvchi 2-siga esa dorili - tomchilab yuboriladigan va oziqlantiruvchi huqnalar taalluqlidir. Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish jarayonida ko'pincha ichakni yuvadigan huqnalar qo'llaniladi.
Ichakni tozalash huqnalari quyidagi holatlarda ishlatiladi:
har xil sabablarga ko'ra ich qotganida;
ichki va tashqi zaharlanish paytlarida;
3) jarrohlik muolajasidan, ko'z yorishidan, qorin bo'shlig'i va
kichik tos a'zolarini rentgenologik tahlilidan oldin, dorilarni tomchi
va oziqlantiruvchi huqnalar orqali yuborishdan avval.
Huqnaning mexaniq ta'siri, suyuqlik miqdori, bosimi va kiritish tezligiga, bemorning holatiga, tanasining qay holdaligiga bog'liq bo'ladi. Katta yoshdagi kishilarga 1 litr (750-2000 ml) suv olinadi.
Idish qanchalik yuqori ko'tarilsa yuboriladigan suyuqlik bosimi ham shunchalik baland bo'ladi. Odatda huqna qilishda harorati tana haroratiga teng yoki iliq (37-39°) suv olinadi.
Ichni suruvchi huqnalar (moyli va gipertonik) ko'p suyuqlik yuborish orqali qilingan huqnalar foydasiz bo'lgan paytlarda amalga oshiriladi.
Moyli huqna spastik ich qotishida va yo'g'on ichak yallig'langanida tavsiya qilinadi. Odatda o'simlik moyi (kungaboqar, kunjut, paxta moyi va tibbiy vazelin) qo'llaniladi. Moyni ichakka yuborish uchun rezinkali nokcha yoki 100-200 ml hajmli Jane bosqichidan (shpris) foydalaniladi. Buning uchun nokchaga yoki bosqichga rezinkali boshcha kiydiriladi. Moy sekinlik bilan yuboriladi. Gipertonik huqnada 10% osh to`zi yoki 20-30% oltingugurt to`zi eritmasi ishlatiladi.
Mabodo tozalovchi huqnalar naf bermasa, sifonli huqna amalga oshiriladi. Uni quyidagi holatlarda qo'llaniladi:
ichakdan narsa o'tmaganida;
ovqatdan yoki boshqa sababli zaharlanishda;
ichakdan havoni chiqarish va davolash maqsadida;
4) yo'g'on ichakning pastki qismini yuvishda (masalan,
rektoromanoskopiyada).
Sifonli huqna uchun sterillangan, o`zunligi 1,5 m, diametri 1,5 sm bo'lgan uchiga 0,5 1 suyuqlik sig'adigan voronka kiydiriladi. Rezinkali naycha 5-8 I dezinfeksiyalovchi suyuqlik (kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi) yoki harorati 38° gacha bo'lgan qaynatilgan suv va to'kish uchun paqir tayyorlanadi hamda suyuqlik solingan idish qo'yiladi. To'g'ri ichakka kirgiziladigan rezinali naychaning uchiga yaxshilab vazelin surtib, ichakning ichiga 20-30 sm chuqurlikka kiritiladi. Voronka bemor tanasidan sal pastroqda egilgan holatda ushlab turiladi. Shundan so'ng asta-sekin voronka suyuqlik bilan to'ldirilib tana ustidan yuqoriga 0,5 m gacha ko'tariladi. Huqna uchun qo'llanilayotgan suyuqlik sathi voronkaning bo'g'zigacha tushganida uni pastga tushiriladi. Biroz vaqt o'tgach voronka ichida havo pufakchalari, so'ng najas parchalari paydo bo'lib, voronkadagi illatlar tosga to'qiladi va u yana suv bilan qaytadan to'ldiriladi. Jarayon bir necha marta qaytariladi.
Dorili tomchilab qilinadigan va oziqlantiruvchi huqna odatda tozalovchi huqnaning ta'siridan keyin (20-30 daqiqa o'tgach) amalga oshiriladi.
To'g'ri ichakka asosan mahalliy (yallig'lanishga, siquvlarga, parazitlarga va b.) yoki umumiy ta'sirga ega bo'lgan dorilarni yuborishda dorili huqnalardan foydalaniladi.
KATETERIZATSIYA- PESHOB PUFAGINI BO'SHATISH
Kateterlash yumshoq rezinali elastik va metalldan hamda plastmassadan tayyorlangan bo'Iishi mumkin.
Metall va rezinali kateterlarni qaynatib. elastiklarini esa, formalin bug'i yordamida mikrojonzotlardan tozalanadi.
Kateterni erkaklarga qo'yish xotin-qizlarga qo'yishga nisbatan qiyinroq bo'ladi, chunki ularni peshob chiqarish naychasi 20-25 sm bo'lib, ikki joyidan odatda qisilgan bo'ladi. Bunday sharoitda kateterning o'tishi qiyinlashadi.
Kateterni qo'yishda aseptika qoidalariga qat'iy rioya qilish tavsiya qilinadi. Buning uchun qo'llarni yaxshilab sovun bilan yuvish, keyin spirt va yod critmasi bilan artish kerak. Jinsiy a'zolar bor kislotasining eritmasiga shimdirilgan paxta, bint bilan artiladi. Vazelin moyi yoki glitserin surtilgan kateter pinset (qisqich) yoxud sterillangan doka bilan ushlanib peshob chiqarish yo'liga - naychasiga sekin-asta kiritiladi. Agar kateter qovuqqa to'g'ri tushsa peshob ajraladi. Metall kateterlarni faqat shifokor yoki OMX qo'llashi mumkin.
SHIKASTL1 ZAHARLANISHLAR (TOKSIKOZ)DA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO'RSATISH
jarohat joyiga sterillangan bog'lam qo'yiladi;
bosilib qolgan joydan yuqoriroqqa jgut qo'yiladi;
jarohat joyiga sovuq qilinadi;
4) shikastlangan qo'1-oyoqlar sinmagan taqdirda ham
taxtakachlanadi;
5) jarohat yetganga issiq choy, kahva, какао 2-4 gr (kecha-
kundo`zi), 20-40 g gacha osh sodasining eritmasi ichiriladi:
ko'proq suyuqlik beriladi;