3) kimyoviy usullar - turli kimyoviy moddalar yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilarini nobud etish ta'siriga asoslangan bo'ladi. Bunday moddalar soni hozirgi vaqtda 50 dan ziyod bo'lib, turli kimyoviy guruhlarga kiradi. Ko'proq qo'llaniladiganlari. xlor birikmalariga taalluqlidir (34-jadval).
biologik usul - emlash usuli bo'lib, uni amalga oshirish maqsadida vaksinalar yoki zararsizlantirilgan mikrojonzotlarning zahari ishlatiladi.
kompleks usulda - bu shunday usulki, uni amalga oshirish jarayonida yuqorida keltirilgan usullar turli nisbatlarda va ketma-ketlikda bir vaqtning o'zida qo'llaniladi.
Sanab o'tilgan dezinfeksiyalash usullarini 2 ta katta guruhga ajratish mumkin: 1) alohida usullarni qo'llash; 2) kompleks usullarni ishlatish.
34 -jadval
Dezinfeksiyalovchi eritmalar va vositalar
Dezinfeksiyalovchi
|
ishlatish usuli
|
Yuqumsizlantiriladigan
|
vosita nomi
|
|
obyektlar
|
Xlorli ohakning
|
Sepish, chayish
|
Turar joy va xizmat
|
tindirilgan 0.2-
|
|
xonalari.
|
5% li eritmalari
|
|
mebel
|
Xlorli ohakning
|
Sepish, chayish
|
Binolarning tashqi
|
tindirilgan 10-
|
|
yo`zalari. hojatxonalar.
|
20% li eritmalari
|
|
turli joylar bo'ktirish
|
|
|
(ho'llash)
|
0.2-1% xloramin
|
Sepish.artish,
|
Turar joy va xizmat
|
eritmasi
|
berkitish (hollash)
|
xona-lari. mebel, idish-
|
|
|
tovoq, ich kiyim va o'rin
|
|
|
ko"rpa oqliklari
|
Kalsiy gipoxlorid
|
Artish, sepish
|
Turar joy xonalari.
|
gidroksid
|
|
jamoat joylarida
|
to`zining (DTSGK)
|
|
foydalanadigan
|
1- 3% eritmasi
|
|
anjomlar, yuk vagonlari.
|
3% vodorod
|
Artish
|
Xonalarning devorlari.
|
pcroksid eritmasi
|
|
pollari. badan terisi
|
Etilen oksid (metall
|
500 ml/m
|
Berk binolar
|
ballonlarda)
|
qonsentratsiyaga-
|
|
|
cha purkash
|
|
Alohida qo'llaniladigan usullarga mexaniq, fizikaviy, kimyoviy, biologik usullar kiradi, kompleks usullarga esa, mexaniq + fizik, mexaniq + kimyoviy, mexaniq + biologik, mexaniq + fizikaviy + kimyoviy, mexaniq + fizikaviy + kimyoviy + biologik usullar taalluqlidir. Albatta, kompleks dezinfeksiyalash usulining samarasi aytarli darajada yuqori bo'Iishi mumkin, chunki mikrojonzotlar tanasiga bir vaqtning o'zida, turli omillarning ta'sir qilishi, ular tanasidagi moddalar almashinuvi jarayonlarini osongina izdan chiqaradi.
Hududlarni, imoratlar, binolar, aholi kiyimlarini zararsizlantirish amallari, kommunal-texnik xizmati xodimlari tomonidan olib boriladi. Ular faoliyatlari esa, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining nazorat ostiga olinadi.
8.Dezinseksiya va deratizatsiya.
Dezinseksiya - hasharotlarni, deratizatsiya esa kemiruvchilarni nobud qilishni anglatadi. Har ikkala usulning foydali tomonlari shundan iboratki, ular dezinfeksiyalash jarayonining samarasini oshirishda asqotadi.
Dezinseksiya jarayonini amalga oshirish usullariga quyidagi amallar kiradi:
1) mexaniq - qopqonlar ishlatib, tayoq yordamida urib o'ldirish; supurib tashlash;
2)_fizikaviy_- yuqori harorat ta'sirida qirish. Bu maqsadlarda oddiy qiziydigan lampochkalardan ham foydalanish mumkin. Misol tariqasida, qizigan elektr lamopochkalari atrofida o'ralashib qolgan hasharotlar borib qizigan lampochkaga urilib, kuyib nobud bo'lishini ko'rsatish mumkin.
3) kimyoviy usulda turli-tuman hasharotlarga kimyoviy moddalarning salbiy ta'siri ko`zatiladi. Bunday moddalarga hozirgi paytlarda aptekalar va bozor peshtaxtalarida reklama qilinib sotilayotgan bir qator moddalar - vositalar (dust - 0,15 %li, menong dust - 0,15 %li, yuqori samarali insektitsid, fenaksin, intavir, xlorofos, pushok, antienton, garant, butoks - 75, tayfun, raptor, girdoksin, trogam, gamma va boshqalar shu jumladan «Saidusmon sovuni» yoki «ESES» majmuasi va «Muksid» kiradi.
«Saidusmon sovuni» yoki ESES vositasi bit, kanalar, pashshalar, chumolilarga qiron keltiradi. U kukun yoki qirindi ko'rinishidagi sariqroq yoki och jigarrang quruqroq modda bo'lib, qaynoq suvda eriganida ko'pikli sharoitni vujudga keltiradi. Unda ishqoriy xususiyatlar kuchliroq namoyon bo'ladi. Odatda, quruq holda polietilen haltachalarda ishlab chiqariladi. Davlat ro'yxatiga kiritilgan: tajribadan o'tgan - 1 17/4-33 21.02.1996-y; ruxsat etilgan - 110/205. 29.04.1997-y.(114-rasm).
«Saidusmon sovuni» yoki ESES vositasini qo'llash usuli oddiy bo'lib, unchalik mahoratni talab qilmaydi, ammo tavsiyadagi amallami sinchkovlik bilan bajarish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, polietilen haltacha ochilgach, uning ichidagi mahsulot kichik, hajmi 100 ml bo'lgan idishda, qaynoq suvda yaxshilab eritilib, ko'pirtiriladi. So'ngra ho'llangan boshga 1 odam uchun 10 ml hisobida choy qoshiqda olinib, ezib surtiladi va boshga polietilen haltasi kiyiladi. Dimlash jarayoni 5-8 daqiqa atrofida bo'lib, vaqt o'tgach, haltacha olinadi va bosh qaynoq (kuydirmaydigan darajada +55-60°C atrofida) suv bilan yaxshilab yuviladi. Keyin, sochlar mayda tish 1 i taroq (xaql orasida «sirka taroq» nomi bilan mashhur) bilan avaylab, bir necha marta taraladi. Quyida «Saidusmon sovuni», ESES vositasi va mayda tishli taroqlar rasmi keltirilgan. Ushbu vosita «Ona va farzand» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |