O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati


Dezinseksiyalash jarayonini biologik usullar



Yüklə 6,01 Mb.
səhifə104/123
tarix07.01.2024
ölçüsü6,01 Mb.
#208911
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   123
Dezinseksiyalash jarayonini biologik usullar yordamida amalga oshirish quyidagicha bo'Iishi mumkin. Buning uchun hasharotxo'r qushlar qo'llaniladi. Masalan, ayni maqsadlarda keyingi 10 yil ichida O'zbekiston Respublikasida Afg'onistondan 1400 ta chug'urchiqsimon ola qushlar keltirilib, ulardan ayni maqsad yo'lida foydalanishga katta umidlar bog'langan edi. Endilikda esa, bu qushlarning qishloq xo'jalik ekinlari va mevalarga o'tqazayotgan salbiy ta'siri ko'pchilikni tashvishga solmoqda. chunki ular yiliga 5 marta bolalab, har bir nar va moda yiliga 15 ta avlod qoldiradi. Bular esa o'z navbatida mavjud ozuqaviy narsalarga hujum uyushtiradi. Shu boisdan, dezinseksiyalash amallari orasida biologik usulga ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshish talab qilinadi.
Deratizatsiya - kalamushlar, sichqonlar va boshqa kemiruvchilarni qirish uchun yuqorida eslatib o'tilgan mexaniq, fizikaviy, kimyoviy va hatto biologik usullardan foydalansa bo'ladi. Ayni maqsadda ularni ushlash uchun qopqonlar, zaharlab o'ldirish uchun esa, margumush birikmalaridan foydalanish mumkin. Bularga «Zookumarin», «Effekt ideal» lar kiradi. Ularni qo'llash unchalik qiyinchiliklarni tug'dirmaydi. Masalan, zookumarin vositasini ishlatish uchun, undan 1 qoshiq miqdorida olib, 2-3 qoshiq bug'doy doni bilan yaxshilab aralashtiriladi va kichik idishlarga solib, kemiruvchilar kirib-chiqadigan teshiklarga, yuradigan yo'llari bo'ylab qo'yiladi. Kemiruvchilar zaharlangan bug'doy donlarini tamaddi qilgach, 30-50 daqiqalarda bo'shashib, o'lib qolaveradi.
Biologik usullar yordamida kemiruvchilardan qutulish uchun mushuk, it, mangusta yoki kalamushning o'zidan ham foydalanish mumkin. Kalamushlarning o'zini ayni maqsad yo'lida qo'llash ham arzon, ham samarali bo'ladi. Niyatni amalga oshirish kala-mushni ushlashdan bosh­lanadi. Qo'lga tushgan kalamush devorlari kemi-rish jarayoniga bardosh bera oladigan idishga taxminan 1 hafta muddat-ga solib qo'yiladi. Bu vaqt ichida kalamushga biron-bir ovqatli mahsulot berilmay, faqat suv ichishi mumkin. Mazkur muddat ichida kalamush obdan ochiqadi. Endi uni ajdod-lari yoniga qo'yib yuborsa ham bo'ladi. Qorni ochgan kalamush duch kelgan boshqa kala-
mushga yopishib, uni zum o'tmasdanoq yeb qo'yadi. Go'shtga o'rganib qolgan kalamush o'z turkumidagi kemiruvchilarga tinchlik bermaydi va ularga qiron keltira boshlaydi. O'rmonzorlarga joylashgan aholi turar joylarida kalamushlarni qirish uchun sichqonsimon kemiruvchilardan ham foydalansa bo'ladi. Uning gavdasi kalamushnikidan kichikroq bo'lsa-da, kuniga tanasining vazniga 2-3-4 marta katta kemiruvchilarni yeb qo'yadi.
Denzinfeksiya va deratizatsiya amallarini bajarish, ayniqsa dushman tomonidan bakteriologik (biologik) vositalarni turli xildagi hasharotlar, kanalar, kandala (odamlar qoni bilan ovqatlanadigan kanasifat hasharot) va kemiruvchilar orqali tarqatilganida asqotishi mumkin.

Yüklə 6,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin