O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə140/179
tarix28.12.2021
ölçüsü5,01 Mb.
#9371
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   179
Salomatlik

muammolari

Kasalliklar oldini olish choralari

Qizamiq

6 oydan 15 gacha yoshdagi hamma bolalarni immunizasiya qilish va A vitaminini taqsimlash

O`tkir respirator infeksiyalar

Issiq yashirinish joyi, yashab turishga etarli loy, issiq kiyim, ko`rpa, oddiy respirator infeksiyalarni davolaydigan dori darmonlar

Diareya, vabo, ichburug`

Toza suv va normal sanitariya sharoiti hamda shaxsiy gigieyna qoidalariga rioya qilish

Kam ovqatlik

Oqilona tanlangan ovqatlanish rasioni va oziq-ovqatni taqsimlashning yo`lga qo`yilgan tizimi

FVda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish dasturlarida jabrlanganlarning salomatligi ularni sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash, shaxsiy va ijtimoiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, to`g`ri obqatlanish hamda boshpana berish o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri bog`liqlik bo`lishi kerak. Suv, ovqat etarli bo`lishi hamda boshpana borligi ko`p xastaliklar oldini olishga yordam beradi. Suv insonning hamma asosiy ehtiyojlaridan eng muhim hayotiy omil hisoblanadi. U ichish ovqat pishirishgagina emas, balki gigiyena maqsadlarida ham ishlatiladi. FVda ko`pincha suv etishmaydi. Suv ta`minotining cheklanganligi salomatlikka, xotirjamlikka ta`sir etadi hamda ichak va teri kasalliklari ko`payib ketishiga olib keladi.

Muayyan makon va zamon chegaralarida aholi yuqumli kasallik qo`zg`atuvchilaridan zaharlanib, kasallik epidemiyaga aylanib ketgan hudud falokat joyidagi epidemiya o`chog`I hisoblanadi. Bu chegaralar epidemiya o`chog`ining uchta elementi tavsifi bilan belgilanadi. Bular:



  1. Yuqumli kasallika chalinganlar va ularning qo`zg`atuvchilarini tarqatish ehtimoli borligi

  2. Yuqish xavfi nuqtai nazaridan baho beriladigan sog`-salomat aholi va gospitalga yotqizish ehtiyoji bor shikastlanganlar.

  3. Odamlarga kasal yuqtirish xavfi bor tashqi muhit.

Epidemiya o`chog`ining vaqtinchalik chegaralarini aniqlashda kasal tashuvchilar borligini hisobga olish kerak.

Aholi orasida yuqumli kasalliklar ommaviy paydo bo`lishi sababli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda kasallik tarqalishiga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan rejimli cheklash choralari ko`riladi. Favqulodda vaziyatning ko`lami va kasallik turi qandayligiga qarab, kuzatish (observasiya) yoki karantin ana shunday choralardan bo`lishi mumkin.

Kuzatish vaqtidagi tadbirlar cheklash xususiyatli bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi: favqulodda vaziyat yuzaga kelgan aholi punktidan chiqish, unga kirish va transit tarzida o`tishni cheklash; bunday joydagi aholining falokat o`chog`idan tashqaridagi aholi bilan uchrashishlarini cheklash.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin