Ko'chirish (evakuatsiya) - bu yirik shaharlar va boshqalar oldindan ko'z ostiga olingan aholi turar joy manzilgohlaridan xaql xo'jaligi inshootlarining ishchi va xizmatchilarini olib chiqishga qaratilgan tadbirlar uyushmasi.
Ular ish faoliyatlarini urush davrida, shahardan tashqari hududlarga ko'chirishadi. Bulardan tashqari, ko'chirish jarayoniga mehnat qilish qobiliyatini yo'qotgan va ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmaydigan hamda katta doiradagi talafotlarga olib keluvchi suv bosgan joylarda istiqomat qiluvchilarning qo'shilishi ko`zatiladi.
Qisqacha qilib aytganda, ko'chirish - aholini tartibli ravishda, xavfli joylardan xavfsiz hududlarga olib chiqib ketish ma'nosini anglatadi. Ko'chirilgan aholi maxsus ko'rsatmalarga ko'ra, doimo shahardan tashqari maskanlarda istiqomat qiladi.
Shahardan tashqari hudud - yirik shaharlar va muhim inshootlar uchun belgilangan ehtimoliy vayron bo'lishi mumkin bo'lgan hududdan tashqaridagi manzilgohdir. Bu yerda fuqarolar muhofazasi guruhlari ko'chirilib, tarqoqlashtirilgan aholi joylashtiriladi. Ehtimoliy vayron bo'lgan hududlar- yirik shahar atrofidagi shartli joydir. Uning yerlarida dushman hujumi oqibatida inshootlar va turli qurilmalar vayron etilib, aholi orasida yo'qotishlar (nobud bo'lganlar va bedarak ketganlar), ehtimoliy vayronagarchilik hudud sarhadlari, shaharning tutgan o'rni, salmog'i, ahamiyati va undagi barcha aholi soniga ko'ra belgilanadi. Shahardan tashqari hududlarni tayyorlash jarayonlari tinchlik davrida boshlanadi.
Aholini tarqoqlashtirish va uni ko'chirish jarayoni asosiga korxona-hudud prinsipi qo'yilgan. Tarqoq holga keltirilgan va ko'chirilganlarni joylashtirish masalasi, hududni viloyatlar, respublika fuqarolar muhofazasi boshlig'i tomonidan belgilanadi.
Tarqoqlashtirilgan va ko'chirilgan aholini joylashtirish maqsadida joylarning xavfsiz masofalarga o`zoqlashuvi har bir shahar uchun alohida belgilanadi. Bevosita ehtimoliy vayron bo'ladigan hudud urush paytida faoliyatini davom ettirayotgan xaql xo'jaligi inshootlarining ishchi va xizmatchilari uchun mo'ljallangan tarqoqlashtirish hududi yonida tashil etiladi.
Odat bo'yicha, tarqoqlashtirish hududi shahardan shunchalik o`zoq masofada joylashishi kerakki, toki ishchilar va xizmatchilarni ishga olib borish va u yerdan orqaga qaytarib olib kelish uchun ketgan umumiy vaqt 4 soatdan oshmasligi kerak. Tarqoqlashtirish hududi -temir yo'l bekatlariga (stansiyalar) hamda transport yo'llariga yaqin masofada bo'lishi zarur.
Tarqoqlashgan aholining joylashgan maskani, shahardan ko'chirilganlar manzilgohlariga nisbatan aytarli darajada yaqin bo'lishi lozim. Bunga sabab shuki, shahardan tashqari hududlarda fuqarolar muhofazasi guruhining dastlabki kuchlarining (eshelon) tashkil etilgani, ularning zarar topgan o'choqlarga birinchilardan bo'lib kirishi va qutqaruv, kechiktirib bo'lmaydigan avariya-talafot ishlarini (KBAT) bajarish kerak. Mazkur tuzilmalar dam olayotgan navbatchilarni ham o'z ichiga oladi.
Ko'chirilgan aholi uchun ajratilgan joy, odatga ko'ra tarqoqlashtirilgan ishlamaydigan aholini hamda urush davrida faoliyati to'xtab qolgan yoki shahardan tashqariga ko'chirilgan xaql xo'jaligi inshootlarining ishchi va xizmatchilarini joylashtirish maskanlari. hududdan orqaroq masofada tashkil etiladi. Shahardan tashqari, ancha o`zoqroq joylarga ko'chiriladigan aholi orasidan fuqarolar muhofazasining 2-eshelon kuchlari guruhi ushbu shahar foydasi uchun tashkil qilinadi.
Dushman hujumi xavfi tug'ilganda, aholini tarqoqlashtirish va ko'chirish jarayonlari faqat maxsus qarorlar asosida amalga oshiriladi. Bunday paytlarda, aholini ehtimoliy vayron bo'ladigan hududdan tashqariga, ya'ni yadroviy portlash oqibatida hosil bo'lgan asosiy shikastlovchi omillardan tashqariga ko'chirish muddati muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayrim hollarda maxsus ko'rsatma bo'yicha, ko'chirish ishlari qisman amalga oshiriladi. Bunday amallar umumiy ko'chirish jarayonigacha bajariladi. Qisman ko'chirish ishlarini olib borish paytida, ishlab chiqarish va maishiy xizmat tizimi, aholining ishlamaydigan qismi shahardan tashqariga ko'chiriladi. Odatda, qisman ko'chirish jarayoni bolalarjamoalari: internat-maktabi. bolalar uylari va h.k. hamda tuzilmalarning bir qismiga tegishli bo'ladi.
Ko'chirish jarayonining asosiy usuli - majmuaviy usuldir. Ko'chirishning majmuaviy usuli shahardan odamlarni piyoda ko'chirish jadvaliga ko'ra, harbiy va o'ta muhim xaql xo'jaligi bo'yicha tashish ishlari bilan band bo'ladigan barcha avtotransportlardan foydalanib, amalga oshiriladi. Ushbu usulning barcha aholini transportlar yordamida shahardan olib chiqishga nisbatan afzalliklari mavjud:
1) barcha ko'chirish yo'llaridan foydalanish imqoniyatlari
yaratiladi;
2) aholining asosiy qismi xavfsiz hududlarga, nisbatan qisqa vaqt
ichida yetib boradi.
Aholini majmuaviy usulda ko'chirish ishlari korxona-hududiy prinsiplariga asoslanadi. Bu degani, ishchilar va xizmatchilarni, ularning oila a'zolari, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, institutlar. akademiyalar, kollejlar, litseylar talabalarini shahardan tashqari hududlarga olib chiqish korxonalar, muassasalar va o'quv maskanlari orqali bajariladi. Aholining qolgan qismi odatga ko'ra, turar joylardagi mahalla uyushmalari ishtirokida ko'chiriladi. Aholining o'zi yura olmaydigan qatlamlari, qariyalar, nogironlar, bemorlar, homilador ayollar, ayniqsa ko'zi yorishiga qisqa muddat qolganida va homiladorlik jarayoni og'ir kechayotgan sharoitlarda, bolalari 10 yoshgacha bo'lgan onalar, tibbiy xodimlar va ularning mehnat qilish qobiliyatini yo'qotgan oila a'zolari, albatta transportlar yordamida ko'chiriladi. Aholining qolgan qismi (oila a'zolarining ishlamaydiganlari, oliy o'quv va maxsus o'rta o'quv maskanlari talabalari va boshqalar), piyoda ko'chirish mumkin bo'lganlari, tartib saqlagan holda yayov ko'chirilishi mumkin. Ko'chirish tadbirlarini amalga oshirish, maxsus tuziladigan ko'chirish tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, o'quv dargohlari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ko'chirish tashkilotlariga quyidagilar kiradi:
1) ko'chirish qo'mitalari (KQ); 2) ko'chirish-to'plash joyi (KTJ); 3) qabul-ko'chirish qo'mitalari (QKQ); 4) qabul-ko'chirish bo'limi (QKB); 5) odamlarni transportlarga o'tqazish joyi (O'J); 6) odamlarni transportlardan tushirish joyi (TJ); 7) oraliq ko'chirish joyi (OKJ).
Ko'chirish qo'mitasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
I) piyoda yuradigan va transportning hamma turlarini ishlatib ko'chiriladigan aholi soni; 2) tarqoqlashtirish va ko'chirish tartiblarini bosqichma-bosqich, ketma-ketlikda aniqlash; 3) moddiy texnika, tibbiy, transportlar va boshqa ta'minlash ishlarini tashkil qilish; 4) piyoda ko'chirish yo'nalishini va transportlar turini aniqlash; 5) qabul qilish va istiqomat qilishga joylashtirish, ishga kirgizib qo'yish, moddiy va tibbiy ta'minot masalalari bo'yicha, qishloqdagi ko'chirish, qabul qilish qo'mitasi bilan aloqani bog'lash va o'zaro birgalikda harakat qilish.
Tarqoqlashtirish va ko'chirishning boshlanishi haqidagi ko'rsatma shu zahotiyoq shaharlar, tumanlar va xaql xo'jaligi inshootlaridagi fuqarolar muhofazasi boshliqlariga yetkaziladi. Har bir korxona, o'quv dargohlari, respublika ko'chirish boshqarmasida oldindan ko'chirish ro'yxati tuziladi. Mazkur ro'yxat ko'chayotganlarinng shaxsiy hujjatlari - pasportlari bilan birga, aholini hisobga olish, joylashtirish va uni ta'minot masalalarini hal etish uchun asosiy hujjat vazifasini o'taydi.
Ko'chirish ishlari fuqarolar muhofazasi shtablari tomonidan amalga oshiriladi. Ular aholini, ommaviy axborot vositalari (OAV) orqali ko'chirish jarayoni haqida ogohlantirishadi.
Fuqarolar tarqoqlashtirish va ko'chish haqida ma'lumot olganlaridan so'ng zudlik bilan quyidagi amallarni bajarishadi: 1) juda zarur boigan narsalarni yig'ishtirib olishlari kerak (kiyimlar, jumladan issiq tutuvchilari, poyabzal, yotish o'rin-ko'rpalari, 2-3 kunga yetadigan oziq-ovqatlar, dori-darmonlar, shaxsiy himoya vositalarini tayyorlab, taxlab xurjunlarga yoki jomadonlarga solishlari lozim); 2) turar xonalarda gaz, elektr asboblarini o'chirish, suv manbalari muruvvatlarini burab, mahkamlab qo'yish, deraza darchalarini ilgaklash, xonalarni qulflash va kalitlarni tuman ko'chirish boshqarmasiga topshirish, jomadonning umumiy vazni 50 kg gacha bo'lishi kerak; 3) shaxsiy hujjat - pasport, nikoh qog'ozi, harbiy hujjat, o'quv maskanlarini bitirganlik haqidagi attestat, diplomlar, mehnat daftarchasi, bolalarning tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnoma -metrika va boshqalar, pullar, qimmatbaho buyumlar, ayniqsa zargarlik buyumlari (bilago`zuk, o`zuk, ziraklar, vah.k.) va qimmatbaho toshlar-brilliantlar, yashma, zayomlar, aksiyalar, lotereya chiptalarini olish; 4) maktabgacha bo'lgan bolalarning cho'ntaklariga yoki kiyimlarining yoqalariga ularning ismi, sharifi, yoshi, turar manzilgohi va ko'chirishning nihoya maskani yozilgan oq latta tasmasi yoxud parchasini solib qo'yish.
Mabodo, oilada to'plov-ko'chirish joyiga (TKJ) o'zi kelolmaydigan bemorlar bo'lsa, u holda mazkur masala bo'yicha, to'plov-ko'chirish joyi boshlig'iga murojaat qilish shart.
KO`CHIRILADIGAN AHOLINI YIG'ISH TARTIBI
Odamlarni aniq va o'z vaqtida ko'chirish maqsadida yig'ish-ko'chirish joylari (bo'limlari) tashkil etiladi. Ular zimmasiga quyidagi vazifalar kiradi:
1) tarqoqlashtiriladigan va ko'chiriladigan aholini yig'ish va ularni ro'yxatga olish; 2) piyodalar guruhini - kolonna to`zish; 3) odamlarni transport vositalariga o'tqazish joylariga jo'natish.
Odatda, yig'ish-ko'chirish joylari - klublar, kinoteatrlar, madaniyat saroylari, maktablar, kollejlar, litseylar va boshqa shu kabi jamoa binolarida ochiladi. Ularni imqoniyat boricha o'tirib ketadiganlar transport bekatlari (temiryo'l, avto-vokzallar, platformalar bandargohlar, pristanlar, aerodromlar) yaqinida tashkil qilish kerak.
Odamlarni kolonna tarzida ko'chirish ishlari samarasi oshirilsa, u holda yig'ish-ko'chirish joylarini shahar chetiga yondosh hududlarda, shahar transport tizimining oxirgi bekatlari, shahardan tashqarida, yig'ilish va jo'natish vaqtlarini kamaytirish hamda o'tiladigan masofani qisqartirish sharoitlari mavjud bo'lgan joylarda tashkil etish foydali.
Har bir yig'ish-ko'chirish joylari (YKJ) vazifalariga quyidagi muolajalarni kiritish mumkin: 1) aholini tarqoqlashtirish va ko'chirish haqida turli zamonaviy usullardan (uyali telefonlar, radio, televideniya va boshqalar) va anjomlardan foydalanib ogohlantirish; 2) aholini yig'ish va ularda paydo bo'lgan sharoitlar haqidagi o'y va fikrlarini bilish; 3) ko'chirilayotgan odamlarni ro'yxatga olish va ular sonini aniqlash; 4) transport vositalarining tayyorligini nazorat qilish, transportlarga o'tqazishni tashkil etish; 5) piyodalar guruhlari kolonnalarini to`zish va belgilangan manzillarga jo'natish; 6) «Havo trevogasi» ogohlantirilishi bilan ko'chirilayotgan aholini yashirish; 7) ko'chirish jarayoni haqida tuman ko'chirish qo'mitasiga ma'lumot berish.
Qishloq joylarda (qishloq tumanlari, jamoa va xususiy xo'jaliklari) ko'chirilayotganlarni qabul qilish, tarqoqlashgan va ko'chirilayotgan aholini joylashtirishga oid tadbirlar qabul-ko'chirish qo'mitalari zimmasiga topshiriladi. Bu qo'mitalar tarkibiga tashkilotlar, kelayotgan aholini qabul qilish va ta'minlash masalalari bilan bog'langan xizmatlarning javobgar xodimlari kiradi.
Tarqoqlashtirilgan va ko'chirilganlarni bevosita qabul qilish uchun qabul-ko'chirish joylarini odamlar kelib tushadigan bekatlar, manzillar yaqinida tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Ushbu yerda ko'chirib keltirilganlar kutib olinib, ularni ro'yxatdan o'tqaziladi va belgilangan joyga piyoda jo'natiladi.
Qabul-ko'chirish joylarining tarkibi quyidagicha bo'lishi mumkin: 1) boshliq; 2) uning muovini; 3) kelayotganlarni kutib olish va qabul qilish guruhlari; 4) ro'yxatga olish guruhlari; 5) tarqoqlash joylariga ko'chirilganlarni yig'ib-to'ldirish va jo'natish guruhi; 6) oziq-ovqat, suv, ta'minlash, ma'lumot berish guruhi; 7) tibbiyot xonasi; 8) onalar va bolalar xonasi; 9) komendant; 10) jamoa tartibini saqlash bo'limi (JTSB); 11) sanitar mirshab xonasi.
Odamlarni piyoda tartibda ko'chirish vaqtida, yayov harakatlanish yo'nalishlarida oraliq-ko'chirish bo'limi (OKB) ochiladi. U, bir paytning o'zida 2ta vazifani ado etadi: 1) ko'chirilayotganlarni qabul qilish; 2) ularni belgilangan yo'nalish maskanlariga jo'natish, Shu boisdan ham ularning soni kelayotgan va ketayotgan odamlar miqdoriga ma'Ium darajada bog'liq.
Oraliq-ko'chirish bo'limlarining taxminiy tarkibi quyidagicha bo'ladi: 1) boshliq; 2) uning o'rinbosari; 3) ma'naviyat va ma'rifat guruhi; 4) ko'chirilayotganlarni qabul qilish, hisobga kirgizish va vaqtinchalik joylashtirish guruhi; 5) oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik va texnik suv bilan ta'minlash guruhi; 6) tibbiyot xonasi; 7) onalar va bolalar xonasi; 8) ma'lumot berish kursi; 9) jamoa tartibini tashkil etish guruhi (JTTEG).
Bir kecha-kundo`z o'tish mumkin bo'lgan masofani inobatga olib, ehtimoliy vayronagarchilik hududidan chiqib ketish maqsadi rejalashtiriladi. Bu paytda tartibga rioya qilish va intizomni saqlash, yig'ish, ko'chirish bo'limi ma'muriyatining barcha talablari, ko'rsatmalarini o'z vaqtida, bekam-ko'st amalga oshirish, aholining asosiy xulq-atvor qoidasidir. Transportlarningbelgilangan qoidalarga amal qilishi, intizom va tartibni saqlash, transportchilar boshliqlari ko'rsatmalarini bajarish va ular ruxsatisiz qatorni tashlab ketmaslik shart.
Odamlar piyoda usulda yig'ish-ko'chirish joylariga mustaqil ravishda kelib, ro'yxatdan o'tishadi va keyinchalik 500-1000 kishilik kolonna korxonalar, muassasalar bo'yicha tuziladi. Piyodalar kolonnasi boshlig'i harakat yo'nalishi chizmasi bilan ta'minlanadi. Bu chizma, kolonna harakatini belgilovchi hujjat bo'ladi.
Aholini piyoda tartibda, oldindan o'rnatilib, tanlangan yo'nalishlar va piyodalar kolonnasi yo'llari bo'yicha, ayrim hollarda esa, asosiy yo'llar chetidan olib chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu paytda, shahardan tashqari hududga yaqin aholini ularga doimiy yashash uchun ajratilgan manzilgohlarga to'g'ridan to'g'ri jo'natish mumkin. Shahardan ancha yiroqda joylashtiriladigan yoki boshqa viloyatlarga jo'natiladigan aholi, dastlab ehtimoliy vayron bo'ladigan joydan o`zoqroqda tashkil etilgan oraliq ko'chirish bo'linmalariga yuboriladi. Bu yerdan odamlarni domiy manzilgohlarga olib ketishni ko'chirish tadbirlari tugatilgandan so'ng barcha turdagi transportlar yordamida rejalashtiriladi.
Piyoda harakatlanuvchilar uchun dam olish vaqti (10-15 daqiqa) har bir 1,5 soatlik yurishdan keyin 60-120 daqiqa, 2-marta harakat qilishdan oldin ajratiladi. Piyodalar harakati aholini oraliq qabul bo'limlariga yetib kelingach, nihoyalanadi.
Odamlarni ko'chirish tadbirlarini amalga oshirish jarayonida himoyalash maqsadida yig'ish-ko'chirish dam olish joylarida, qabul qilish bo'Iimlarida oddiy berkinchoqlar tashkil etiladi va yaqin orada joylashgan himoya qurilmalaridan foydalanish ko'zda tutiladi. Joylashtirish maskanlarida mavjud radiatsiyaga qarshi oldindan qurilgan yoki aholi tomonidan yaratilgan berkinchoqlardan foydalaniladi.
YETIB KELGAN AHOLINI JOYLASHTIRISH
Bu amallar mahalliy hokimiyat tashkilotlari bilan birga, fuqarolar muhofazasi shtablari tomonidan bajariladi. Ayni maqsadlarda hokimiyatlar qoshida qabul-ko'chirish bo'limlari, aholi yetib kelgan joylarda esa, kutib olish bo'limlari tashkil etiladi. Ko'chirib kelinganlar ro'yxatdan o'tib, piyoda va transportlarda ko'chirish tashkiloti vaqillari ko'rsatmasiga ko'ra, turar joylarga ravona bo'ladilar. Ko'chirib kelingan aholi joylashgan manzilgohlarda oziq-ovqat, suv, dastlabki zarur xaql iste'moli mollari bilan mahalliy hokimiyat tashkilotlari tomonidan mavjud bo'lgan savdo tarmoqlari orqali ta'minlanadi.
OGOHLANTIR1SH BELGILARI
Fuqarolar muhofazasi tashkilotlari, ularga ilgarilari tegishli tuzilmalar va aholi quyidagi ogohlantirish alomatlari asosida ish yuritishadi: 1) «Havo trevogasi» dushman tomonidan bevosita hujum qilish xavfi tug'ilganda, ya'ni ma'lum tashkilotlar va nazorat vositalari tomonidan dushman raketalari uchirilgani yoki uning samolyotlari havoga ko'tarilgani aniqlanganda beriladi.
«Havo trevogasi» quloqni batang keltiradigan o'tkir tovushlar-SlRENlar, korxonalar va transportlarning o`zundan-o`zoq tovushlari, radio, televideniya va maxsus transportlarga o'rnatilgan radiokarnaylar, kerosin karnaylari, odatdagi karnaylar va boshqa narsalardan foydalanish usuli bilan amalga oshiriladi. Belgi hamma aholi uchun taalluqli bo'ladi.
«Havo trevogasi» berilgach, uylarda quyidagi amallar bajarilishi kerak:
-
barcha elektr, gaz, suv manbalari o'chiriladi;
-
oldindan dastlabki talablarni qondirishi mumkin bo'lgan, tayyorlab qo'yilgan narsalar, hujjatlar, shaxsiy himoya vositalari, oziq-ovqat zahiralarini olib, uy qulflanadi;
3) zudlik bilan yaqin orada joylashgan himoya yerto'lalariga (berkinchoqlarga) yashirinish lozim.
Ish joyida bo'lganda, quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
1) dastgohlar, asboblar, elektr, gaz, suv bilan ta'minlovchi
manbalarga barham berish;
2) shaxsiy himoya vositalarini shay holga keltirish;
3) tezlik bilan himoya yerto'lalariga (berkinchoqlarga) yashirinish.
Ko'cha-ko'yda bo'lgan paytlarda qilinadigan vazifalar:
-
jamoa va xususiy transportlardan ochiq havoga chiqish;
-
jamoa yerosti transportlaridan bekatlarga o'tish;
3) ko'rsatkichlarga ko'ra, yaqin oradagi berkinchoqlarga,
tunellarga kirish;
4) iloji topilishi qiyin bo'lgan hollarda ariqlar, zovurlar, beton ariqlar
(кювета), yoriqlar, yer osti o'tish joylari, quvurlar va boshqa
narsalardan toydalaniladi.
«Havo trevogasining tugallanishi» alomatlari dushman tomonidan kutilgan xavf yoki uning hujumi barham topgach, taqdim etiladi. Bunday alomatlar umumiy yoki tanlov asosida xavf-xatar o'tib ketgan joylarda amalga oshiriladi. Xabar radio tarmoqlari, televidcniya, korxonalar, transportlarning o`zundan-o`zoq tovushlari orqali e'lon qilinadi. Korxonalarning ishchi va xizmatchilari, dushman hujumiga duchor bo'lmagan tuman va shahar aholisi «Havo trevogasi» alomati barham topganligini eshitgach, himoya qurilmalaridan chiqib, o'z vazifalarini bajarishga kirishishadi.
Dushman tomonidan zarar ko'rgan tuman va shaharlarda, hujum oqibatlariga chek qo'yish choralari ko'riladi: aloqa vositalari (telefon, uyali telefon, selektor), radio va televideniya tizimlari orqali aholining xatti-harakat qilish tartibi va boshqa shu kabi ma'lumotlar odamlarga yetkaziladi. Mavjud sharoitdan kelib chiqib, fuqarolar muhofazasi ko'rsatmalariga binoan, odamlar himoya inshootlarida qolishlari yoki ulardan barcha ehtiyotkorlik choralarini qo'llab, chiqib ketishlari mumkin. Buning uchun dastavval vujudga kelgan sharoit har taraflama baholanadi.
«Havo trevogasi» barham topganligi e'lon qilingach, aholi dushmanning yangi hujumiga tayyorlanishi, uning hujumi xavfi mavjud davr qoidalariga rioya qilishi va ko'rsatmalarni bajarishi zarur.
«Radiatsiya xavf-xatari» belgisi odatda, zararlangan hudud tashqarisida, radiofaol buluti yo'nalishi bo'yicha, yaqin damlar ichida radiofaol yog'inlar bo'lishi mumkin bo'lgan joylarda yoki radiatsiyaviy nazorati tomonidan hududlarni radiofaol moddalar bilan zararlanganligi (ionlovchi nurlanishning yuqori dozasining quvvati) tasdiqlanganda namoyon etiladi.
«Radiatsiya xavf-xatari» belgisi barcha mahalliy aloqa va axborot, joylarda esa, tovush va yorug'lik vositalari ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur belgi berilgach, changga qarshi doka-paxtali niqob (ChQDPN) yoki doka-paxta, yo`zbog' (peshonabog') ular topilmaganida esa havotozalagichni kiyib olish shart.
Hujjatlar, tayyorlab qo'yilgan oziq-ovqatlar, suv va ichimliklar (akva-layt, gidro-layf, sibur, fanta, tarxun, lazat, nestle) va boshqalar, shu jumladan meva qaynatmalari va sharbatlari (na'matak, o'rik, mayiz, shaftoli, olcha, olxo'ri, olma, o`zum), shaxsiy himoya vositalari, dastlabki zarur bo'ladigan narsalarni, qimatbaho zargarlik buyumlarini, pul, zayom, lotereyalarni olib, radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarga qochib, u yerda fuqarolar muhofazasi ko'rsatmasi bo'yicha ish tutish, ularning ruxsatisiz chiqib ketib bo'lmaydi.
«Kimyoviy trevoga» belgisi, dushman tomonidan zaharlovchi moddalar yoki bakteriologik vositalar ishlatish ehtimoli xavfi yoki mavjudligini nazorat qilish jarayoni aniqlanganda beriladi.
«Kimyoviy trevoga» belgisi aloqa va axborot texnik vositalari yordamida e'lon qilinadi; joylarda esa, tovush qiyqiyriqlari bilan qaytariladi. Ushbu belgi asosida zudlik bilan himoya yerto'lalariga yashirinish, havotozalagichlar va terini himoyalash vositalarini (yaktak chopon, rezinkali qo'lqoplar, rezinkali etiklar) kiyish lozim.
Hozirgi paytda barcha ogohlantirishlar «diqqat barchaga» murojaatidan boshlanadi. Havotozalagichlarni kiyish zarurligi shu bilan ifodalanadiki, «kimyoviy trevoga» paytida zaharlovchi kimyoviy moddalar va bakteriologik vositalar uchun talab bitta bo'ladi. Bu paytda, respiratorlar yoki doka-paxtali niqoblarni kiyish tavsiya etilmaydi - sababi, mazkur shaxsiy himoya vositalarining himoyalash Jihatlari, hajmi va samarasi havotozalagichlarnikidan aytarli darajada pastligi bilan namoyon bo'ladi.
Qo'llanilgan ommaviy qirg'in quroli turini aniqlash ma'Ium vaqtni talab qilganligi uchun, hisob-kitob eng xavfli va tezlikda ta'sir etuvchi, respiratorlardan o'tib ketadigan zararlovchi vositalar, zaharlovchi kimyoviy moddalarga nisbatan olinadi. Mabodo, sharoit imqon bersa, u holda kerakli himoya vositalari kiyilgach, kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlangan o'choqlardan esayotgan shamol УО nahshiga ko'ndalang (perpendikular) bo'lgan tomonga chiqiladi.
AHOLINI KO'CHIRISH (EVAKUASIYALASH) VA TARQOQLASHTIRISH AMALLARINI BAJARISHDA TIBBIY TA'MINLASH
Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i aholini ko'chirish va ishchi xizmatchilarni tarqoqlashtirish jarayonida ularga tibbiy yordamni tashkil etish yirik shaharlarda (shahar tumanlarida) ularni tibbiy jihatdan ta'minlash bo'yicha javob beradi, qishloq, tumanlarida esa, bu masala qishloq tumani fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati rahbariga yuklatiladi.
Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i tibbiy ta'minlashni rejalashtirish va uni tashkil etish uchun quyidagi ma'lumotlarga ega bo'Iishi kerak:
П yig'ish-ko'chirish bo'limlari (YKB) va transportlarga o'tqazish bo'limlari (TO'B) soni;
-
ushbu bo'limlarni ochish joylari;
-
eshelonlar va piyodalar kolonnasi soni;
4) ushbu yerlarda shahardagi sogiiqni saqlash muassasalari hisobiga tibbiy qismlar (punkt) tashkil etilishi uchun fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlari va vositalarini ajratishi.
Qishloq tumani fuqarolar muhofazasi boshlig'i bilishi lozim:
1) tushirish, oraliq ko'chirish, qabul-ko'chirish, qismlarining soni va qayerga joylashganligi (dislokatsiya). Maqsad ko'chirish tadbirlari jarayonida yirik shaharlardan kelayotgan aholini tibbiy jihatdan ta'minlash uchun tibbiy qismlarni ochish.
Undan tashqari, qishloq tumani fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kelayotgan odamlarni, ularni joylashtirilgan manzilgohlarda tibbiy ta'minlanishini amalga oshirishi zarur.
Barcha tashkil etilayotgan tibbiy muassasalarining tibbiy xodimlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
-
bemorlarni aniqlaydi, ularga tibbiy yordam ko'rsatadi, zarur hollarda esa ularni shifoxonalarga yotqizadi;
-
yuqumli kasalliklar bilan og'riganlarni aniqlaydi, vaqtincha alohidalaydi va keyinchalik ularni shifoxonalarga joylashtiradi;
-
ko'chirilayotgan aholi orasidan tibbiy xodimlarni aniqlaydi va ularni aholini tibbiy ta'minlash jarayoniga jalb qiladi;
-
yig'ish-ko'chirish (YK), transportlarga o'tqazish (TO'), transportlardan tushirish (TT) oraliq ko'chirish (OK), qabul-ko'chirish (QK) qismlari, transportlar ko'chirilayotgan hamda aholi vaqtincha joylashgan tumanlarning sanitar holatini nazorat qilishi;
-
ommaviy yuqumli kasallikning paydo bo'lishi va yoyilib ketishining oldini olish niyatida o'tqazilayotgan epidemiyaga qarshi tadbirlarda ishtirok etadi.
Shifoxonalar sharoitida davolanishga muhtoj bo'lgan bemorlarni yig'ish-ko'chirish (YK) transportlarda tibbiy qismlardan, shahardan tashqari, yaqin masofada bo'lgan davolash maskaniga ko'chiriladi. O'zi yura olmaydiganlarni (ko'chirib bo'lmaydiganlarni) shifoxonalarga olib kelinadi. Bunday shifoxonalar shaharda tashkil qilinadi. Ushbu davolash maskanlariga bemorlarni ko'chirish va tarqoqlashtirilguncha ko'chirish nihoyasigacha shaharda qolgan tez (kechiktirib bo'lmaydigan) tibbiy yordam ko'rsatish bo'limlari (stansiyalari) xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir yig'ish-ko'chirish bo'limining tibbiy qismiga 1-2 ta o'rta tibbiy xodim 12 soat mobayinida ishlash uchun ajratiladi. Tibbiy xodimlar xaql xo'jaligi inshootlariga qarashli tibbiy-sanitar qismlar yoki shahar tumanlarining poliklinika muassasalaridan ajratiladi.
Undan tashqari, yig'ish-ko'chirish bo'limining tibbiy qismiga bemorlarni davolash muassasalariga eltib qo'yish uchun avtotransport beriladi. Yig'ish-ko'chirish bo'limining xodimlari shahardan tashqari joylarga (zonaga) oxirgi navbatda ko'chiriladi. Vokzallar, pristanlar va boshqa o'tqazish joylarida tibbiy bo'limlar ochiladi. Ularning har biriga 1 tadan shifokor va 2 tadan hamshira 12 soat davomida ishlash uchun taqsimlanadi. Mazkur tibbiy xodimlar korxonalarning tibbiy-sanitar xizmati hisobidan ajratiladi. Agar korxonalarning tibbiy sanitar xizmati bo'lmasa, u holda tibbiy xodimlar yaqin orada joylashgan poliklinikalar evaziga tashkil qilinadi.
Ko'chirilayotgan va tarqoqlashtirilayotgan aholining tibbiy ta'minoti yo'l-yo'laqay ko'chirilayotgan (tarqoqlashtirilayotgan) xaql xo'jaligi inshootlariga oid tibbiy-sanitar qismlar hisobidan amalga oshiriladi. Bu paytda, xir bir eshelon va kollonnalar uchun sanitar-drujinalari bilan ta'minlangan 2ta hamshira ajratiladi. Ko'chirilayotgan aholi orasida mabodo tibbiy xodimlar aniqlansa, u holda ularni yo'l-yo'laqay tibbiy yordam ko'rsatish jarayoniga jalb etiladi. Ko'chirish va tarqoqlashtirish jarayonida yo'l-yo'laqay kasal bo'lib qolganlar va jarohat olganlarga tibbiy yordamni ko'rsatish, harakat yo'nalishida mavjud bo'lgan muassasalarda amalga oshiriladi.
Ko'chirilayotganlarning harakat yo'nalishida joylashgan barcha mahalliy davolash muassasalari yo'l-yo'laqay betob bo'lganlarga kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam beradilar va shifoxonalarda davolanishga muhtoj bo'lganlarni eshelonlar (kolonnalar) dan qabul qilib olishadi.
Aholini piyoda tarzda ko'chirilayotgan chog'larda, oraliq ko'chirish bo'limlarigacha (OKB) bo'lgan yo'nalish bo'yicha 1-2 avtotransportlarga joylashtirilgan harakatchan tibbiy qismlar (HTQ) tashkil qilinadi. Bunday tibbiy qismlar, barcha dam olish joylariga kirib borish imqoniyatiga ega bo'lishi kerak. Shu boisdan dam olish joylari mazkur talabgajavob beradigan bo'lishi lozim. Harakatchan tibbiy qismlar harakat yo'nalishlari bo'yicha, barcha kasal bo'lganlarga zarur bo'lgan tibbiy yordamni ko'rsatishi shart va ularni yaqin oradagi davolash muassasasiga yoki oraliq ko'chirish boiimiga olib borishi kerak.
Dastlabki tibbiy yordam piyodalar kolonnasida sanitar arujinachilari tomonidan amalga oshiriladi. 500-1000 ta odami bor Piyodalar kolonnasida sanitar xurjunlarga ega bo'lgan 1-2 ta sanitar rujinachilari hamrohlik qilishadi. Piyoda tarzda ko'chirilayotganlar
orasida betob bo'lib qolganlar yoki jarohat olganlar sanitar drujinachilari tomonidan dastlabki tibbiy yordamni olgach, xordiq chiqarish maskanlariga yoxud oldindan kelishib olingan transport keladigan joyga olib chiqiladi.
Piyoda-kolonna tariqasida ko'chirilayotgan aholini tibbiy ta'minlash uchun oraliq ko'chirish bo'limida qishloq tumanidagi davolash-muhofaza muassasasi hisobiga, oraliq ko'chirish bo'limiga yaqin joyda tibbiy qism tashkil etiladi. Ushbu tibbiy qismga 12 soatlik faoliyatni bajarish maqsadida lta shifokor, 2ta o'rta tibbiy xodim, sanitar transporti, zarur bo'lgan tibbiy anjomlar ajratiladi.
Qishloq tumanining fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati hisobidan ko'chirib kelinganlarning tushish joylarida tibbiy qismlar ochilib, har biriga 12 soatlik ish uchun 1 -2 ta o'rta tibbiy xodim bilan yaqin oradagi davolash-muhofaza muassasasi tomonidan ta'minlanadi.
Har bir qabul-ko'chirish bo'limida quyidagi tarkibda tibbiy qism vujudga keltiriladi: 1 ta shifokor, 2 ta o'rta tibbiy ishchi (12 soat mobayinida tegishli yumushlarni bajarish maqsadida). Barcha tibbiy bo'limlar kerakli mol-mulk va transport bilan ta'minlanadi.
Qishloq tumanidagi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i tomonidan ko'chirilayotgan va tarqoqlashtirilayotgan aholini doimiy turar manzilgohida, tinchlik davrida mavjud mahalla-hudud prinsipi asosida tibbiy jihatdan ta'minlanadi. Mazkur vaqtda lta mahalla shifokori tomonidan xizmat oladiganlar soni keskin ravishda ko'tariladi. Shu munosabat bilan bu joylarga ko'chirilgan shahar davolash-muhofaza muassasalarining kuchlari va vositalari ushbu vazifalarni bajarish jarayoniga jalb etiladi. Dori-darmonlar va tibbiy anjom bilan ta'minlash maqsadida dorixonalar va yirik shaharlardan yetib kelgan boshqa tibbiy ta'minot bilan shug'ullanadigan muassasalar ham mazkur jarayonga tortiladi.
Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati jamoa ovqatlanish, savdo korxonalarida sanitariya-gigiyena talablarining bajarilishi, aholining joylashgan manzilgohlarida hududning sanitar tozalanishi, xojatxonalar, ahlat solinadigan idishlarning holatini nazorat qiladi.
Yig'ish-ko'chirish bo'limlari transportlarga o'tqaziladigan tibbiy qismlar, transportlardan odamlarni tushirish, oraliq-ko'chirish bo'limlari, qabul-ko'chirish bo'limlarida yuqumli kasalliklar bilan og'riganlarni ertaroq aniqlashi va ularni alohidalashi lozim. Shu boisdan sanab o'tilgan barcha bo'lim, tibbiy qismlarda yuqumli kasallik bilan og'rigan bemorlarni alohidalash xonasi (xonalari) tashkil etiladi. Undan tashqari. sanitar yuvintirish xonasi, hammom, kir yuvadigan maskan, aholining sovun va boshqa yuvish vositalari bilan ta'minlanishi ustidan nazorat qilish zarur.
Dushman tajovo`zi xavfi davrida, ayniqsa odamlarni ko'chirish va tarqoqlashtirish chog'ida, sanitar-oqartuv ishlarini aytarli darajada faollashtirish shart. Bu ishni ma'lum maqsadlarda, mavjud sharoitlardan kelib chiqib o'tqazish kerak.
INSHOOTLARDA FAOLIYATINI DAVOM ETTIRAYOTGAN ISHCHI VA XIZMATCHILARNI TIBBIY JIHATDAN TA'MINLASH
Ishchi va xizmatchilarni tibbiy jihatdan ta'minlash masalasi korxonalarning tibbiy-sanitar qismlari tomonidan tashkil etiladi. Ushbu tibbiy-sanitar qismlari shahardan tashqari hududlarga ko'chiriladi. Bu yerda, ular hordiq chiqarayotgan navbatchi kuchlarni va ularning oila a'zoiarini tibbiy jihatdan ta'min etishadi. Shahardagi korxonalarning o'zida esa, faoliyat ko'rsatayotgan navbatdagi ishchi va xizmatchilarni tibbiy jihatdan ta'minlash maqsadida tibbiy qismlar ochiladi. Bunday tibbiy qismlar himoya yerto'lalarida tashkil etilib, kasal bo'lganlar va jarohat olgan kishilarga tibbiy yordam ko'rsatish uchun kerakli tibbiy anjomlar bilan jihozlanadi. Har 2500 ishlayotgan kishilar uchun lta shifokor va 2ta o'rta tibbiy xodim har ish navbatida tayinlanadi. Mabodo, korxonalardagi ishchi va xizmatchilarning navbatdagi faoliyati 2500 kishidan kam bo'lsa, u holda 1-2 ta o'rta tibbiy xodim ularga beriladigan tibbiy yordamni amalga oshiradilar. Mazkur tibbiy xodimlar ishchilar va xizmatchilar bilan birga ishga kelib. ular bilan ish tugagach, shahar tashqarisidagi uy-joylariga qaytishadi. Tibbiy bo'lim shoxobchasi tarkibiga tibbiy xodimlardan tashqari, ishchilar va xizmatchilar soni qancha bo'lishidan qat'iy nazar, lta sanitar avtotransporti bilan ta'minlanadi. Agar yaqin orada joylashgan korxonalar bo'lib, ularning ishchi va xizmatchilari soni kam miqdorda bo'lsa, u holda u yerda faoliyat ko'rsatadigan odamlarni tibbiy Jihatdan ta'minlash masalasini ijobiy hal etish maqsadida lta tibbiy qism tashkil etiladi. Bunday sharoitlarda tibbiy qism uchun zarur bo'lgan tibbiy xodimlar sifat va miqdor jihatidan, tibjbiy anjom va avtotransport masalalari shahar tumanidagi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i tomonidan yechiladi.
Tibbiy qismning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
-
faoliyat ko'rsatish va ko'chirish vaqtida jarohat olgan ishchilar va xizmatchilar hamda biron-bir kasallik bilan og'rib qolgan odamlarga dastlabki shifokor yordamini ko'rsatadi; zarur hollarda esa. bunday kishilarni shahardan tashqarida davolash yoki o'zi yura olmaydiganlar (ko'chirib bo'lmaydigan) shifoxonalariga ko'chiriladi.
-
yuqumli kasalliklarga duchor bo'lganlarni aniqlash, ularni vaqtinchalik alohidalash va shifoxonalarga yotqizish;
-
korxonalar va uning bo'limlari, himoya qurilmalarining sanitar holatlari hamda ishchi va xizmatchilarning ish joylarini sanitar sharoitlari ustidan nazorat faoliyatini olib borish;
-
har bir ish navbatida mavjud bo'lib, dushman tomonidan ommaviy qirg'in qurollari yoki boshqa hujum qilish vositalari qo'llanilgan taqdirda shikast topgan odamlarga dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatish maqsadida ochilgan sanitar guruhlari (sanitar drujinalari) va sanitar qismlari (sanitar postlari) bajaradigan faoliyatini tashkil etish.
TIBBIY MUASSASALARNI KO'CHIRISH(EVAKUASIYALASH)
Tibbiy davolash muassasalarini katta shaharlardan tashqari hududlarga evakuasialash yo`nalishi bo`yicha ko'chirish jarayoni o'zining murakkabligi bilan katta kuch sarflashni talab qiladigan masalalardan hisoblanadi. Bunday masalalarni samarali yechish uchun puxta rejalashtirilgan va keng miqyosni o'z ichiga olgan tayyorgarlik ishlarini olib borish lozim. Ushbu masalalar, tibbiy muassasalarning rahbarlari tomonidan tinchlik davrida amalga oshiriladi. Bir narsani unutmaslik kerakki,Favqulodda vaziyatlarda sog'liqni saqlashga taalluqli barcha muassasalar, o'z faoliyatlarini shahardan tashqarida o`tkazishlarini talab qilinadi.
Tibbiy muassasalarni shahardan tashqariga ko'chirish masalasi bo'yicha o'tqaziladigan tadbirlarni rejalashtirish chog'ida quyidagi amalda bo'lishi mumkin bo'lgan narsalarga e'tibor berilishi shart:
1) ko'chirishning nihoyaviy manzilgohi, hududi; 2) transportlarni qabul qilish va tarqatish tartiblari; 3) shahardan tashqari hududlarda ko'chirilganlar uchun ajratiladigan xonalar; 4) tuman sog'liqni saqlash muassasalari (tarkibida) ko'chirilgan tibbiy (davolash) muassasalaridan keyinchalik foydalanish tartiblari va qoidalari.
Rejalar tarkibida tibbiy muassasalarni ko'chirishga hozirlash tartibi. jumladan bemorlarni ularning ahvolidan kelib chiqqan holda ko'chirish maqsadlari tartibi o'z ifodasini topishi zarur.
Hisob-kitoblarga ko'ra, dushman hujumi xavfi tug'ilgan paytlarda shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning deyarli yarmiga davolash-muhofaza muassasalaridan chiqib ketishlariga ruxsat berish mumkin. Taxminan 45 % atrofidagi bemorlar shahardan tashqaridagi hudularga ko'chirilishni talab qilishadi va 5 %ginasi esa, sog'lig'ining o'zgarganligi darajasiga ko'ra, ko'chirib bo'lmaydiganlar guruhlarini tashkil qiladi. Sog'liqni saqlash muassasalarining rahbarlari. mazkur muassasalarda davolanayotgan bemorlarni har tomonlama o'rganib chiqishi va shu asosda sog'liqni saqlash inshootlarida umumiy holat qanday ekanligini bilishi hamda ularni ko'chirish maqsadida qo'llanishi mumkin bo'lgan barcha transportlar va shahardan tashqarida davolash faoliyatlarini unumli ishlashi uchun zarur bo'lgan xonalar sonini, himoyalangan davolash shifoxonalarida og'ir ahvoldagi, ko'chirib bo'lmaydigan bemorlarni yashirish niyatida qancha xonalar kerakligi, lozim deb topilgan tibbiy xodimlar miqdorini. bemorlarning parhez ovqatlanishini tashkil qilish va ularni kerakli dori-darmonlar va h.k. bilan ta'minlash kabi masalalarni puxta, imqoniyat bor joylarda sinchkovlik ko'rsatib o'rganishi, sanitar yo'qotishlarning oldini olishga va davolash jarayonining samarasi yuqori darajada bo'lishiga poydevor yaratadi.
Tibbiy muassasalarga ajratilgan transportlar soni talab qilgandagiga nisbatan kam miqdorda bo'lgan sharoitlarda, rahbar ko'chirish jarayonining tartibini lozim topilgan ketma-ketlikda bir necha marta qatnab amalga oshirilishini belgilab beradi.
Har bir tibbiy muassasaning bo'limlarida oldindan mas'uliyatli shaxslar tayinlanadi. Ular majburiyatlariga bemorlarning shifoxonalardan uylariga ketishini, o'zi yurolmaydigan og'ir ahvoldagi bemorlarni ko'chirish jarayonlariga tayyorlash va ularni himoya qurilmalariga joylashtirish jarayonlari kiradi. O'zi yura oladigan bemorlarni himoya qurilmalaridagi davolash bo'limlariga tayyorgarligi ta'minlanadi. Muassasa rahbarlari aytib, eslatilgan masalalarni rnashqlar davomida ishlab chiqishadi. Bu paytda ular quyidagi masalalarni hal etishga e'tiborini qaratadi: 1) bemorlarni, xodimlarni transportlarga o'tqazish va mol-mulklarni yuklash uchun zarur bo'lgan muddatni belgilash; 2) shahardan tashqaridagi hududlarga. faoliyatlarini yurgizuvchi tibbiy muassasalarning ko'chishi hamda transportlardan odamlar va mol-mulklarni tushirish uchun zarur boigan aniq muddat (vaqt) aniqlashi. Ushbu tayyorgarlik mashqlari amalda bajarilganidan so'ng, sog'liqni saqlash inshootining rahbari odamlar va mol-mulklarni ko'chirish jadvalini to`zishi mumkin bo'ladi. Mashqlarni o'tqazishdan asosiy maqsad, vujudga kelishi mumkin bo'lgan har qanday sharoitlarda ijobiy samaralarga ega bo'lishni ta'minlashdan iborat bo'ladi.
Muassasalarning shaxsiy tarkibi, davolash muassasalarini ko'chirish haqida xabarga ega bo'lgach, rahbar tomonidan mazkur davolash muassasasi qoshida tashkil etilgan barcha tuzilmalar (dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi), maxsus tibbiy yordam ko'rsatish guruhi, harakatchan, epidemiyalarga qarshi ish olib boruvchi kasalliklar shifoxonasi, maxsus, epidemiyalarga qarshi kichik guruh shay holatga keltirilishi va iloji boricha qisqa muddat ichida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati belgilab bergan shahardan (tumandan) tashqaridagi hududlarga olib borish maqsadida kerakli choralar qabul qilinadi. Tibbiy tuzilmalar shahardan (tumandan) tashqariga ko'chirilgan paytdan boshlab, tibbiy muassasaning bosh shifokori itoatidan chiqib, shahar tumanidagi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati ixtiyoriga o'tadi, uning bergan barcha ko'rsatmalarini amalga oshiradi. Ammo tuzilmalar shaxsiy tarkibini xabarlash va ularni bir joyga yig'ish, ularni tibbiy anjom va transportlar bilan ta'minlash, faoliyat ko'rsatishga shay holda bo'Iishi masalalari bo'yicha tibbiy tuzilmalarni o'zining tarkibiy qismlaridan tashkil etgan tibbiy muassasa rahbari javob beradi.
Mazkur davolash-muhofaza muassasalarida to`zalib ketish maqsadida yotgan barcha bemorlar, ko'chirish masalalari maqsadidan kelib chiqib, 10 guruhga ajratilishi mumkin: 1) davolash-muhofaza jarayonida ijobiy natijalarga erishib, to`zalib ketgan va keyingi davolash jarayonilariga muhtojlik sezmagan bemorlar; 2) davolash jarayonlarini davom etishiga ehtiyoji bo'lgan o'zi yuradigan bemorlar; 3) og'ir ahvolga tushib qolib, o'zi yura olmaydigan va ko'chirish jarayonlarida yanada holati og'irlashib ketishi mumkin bo'lgan bemorlar; 4) davolash jarayonlari qanday yuqori darajada amalga oshirilganligidan qat'iy nazar, vafot etgan bemorlar; 5) shartli ravishda, shifo maskanalariga ehtiyoji bor kimsalar: 6) davolanish amallarini uy sharoitida umumtayyorgarlik ko'rgan oilaviy shifokorlar yordamida amalga oshirishi mumkin bo'lgan bemorlar; 7) aholidan kasalliklari yashirilgan bemorlar; 8) o'smali va qon kasalliklari bilan og'rigan bemorlar; 9) asabiy kasalliklar bilan xastalangan bemorlar (ayniqsa xuruj davrida); 10) jazo o'tash joylaridagi bemorlar.
Birinchi guruhdagi bemorlar qatoriga xuruji o'tib ketgan va to`zalgan odamlar kiradi. Bunday bemorlar, shifoxonalarni tark etgach, o'zlari turar joylariga bemalol yetib olib, aholining boshqa qatlamlari bilan birga shahardan yig'ish-ko'chirish va transportlarga o'tqazish bo'limlariga borib, u yerdan o'zlarining doimiy yashovchi joylariga jo'nashadi. Uylariga ketar chog'ida ular zarur deb topilgan hollarda 2-3 kunga yetarli bo'lgan dori-darmon bilan ta'minlanadi, chunki ushbu davrda yirik shahardagi deyarli barcha poliklinikalar va dorixonalar hamda dori-darmon omborxonalari shahardan tashqariga ko'chirilgan bo'ladi.
Ikkinchi guruhdagi, o'zi bemalol yuradigan, lekin sog'lig'ining darajasiga ko'ra davolash muassasasidan chiqarish mumkin bo'lmagan bemorlar shahardan tashqari mo'ljallangan hududlarga ko'chirilishi mumkin bo'lganlar qatoriga kiradi. Mazkur bemorlar, ko'chirilayotgan tibbiy muassasa bilan birga olib ketilishlari kerak bo'ladi.
Uchinchi guruhdagi bemorlar, shahar tashqarisidagi hududlarga ko'chirish jarayonida sog'liqlari og'irlashib ketmasdan bora olmaydiganlar bo'lib, ularni zarar topgan shaharda qoldirilib, maxsus jihozlangan berkinchoqlarga (o'zi bemalol yura olmaydiganlar shifoxonasiga) ko'chiriladi. Bemorlar o'zi yura olmasligi holatidan tashqari, ularni uchinchi guruh bemorlar qatoriga kirgizish chog'ida, ko'chirish uchun ajratilgan transportlarning turi, ularning jihozlanish darajasi va holatidan ham kelib chiqilishi shart. Albatta, bunday bemorlarni ko'chirishga ajratilgan transportlar imqoniyat boricha og'ir holatdagi, o'zi yura olmaydigan bemorlarni qiynalmasdan ketishlarini va zarur hollarda, ko'chirish yo'nalishi bo'yicha harakat qilingan kezlarda, kechiktirib bo'lmaydigan yordamga ehtiyojlari tug'ilgan onlarda, ularga kerakli tibbiy yordamni amalga oshirish mumkin bo'Iishi kerak. O'sha maqsadga deyarli to'liq javob berishi mumkin bo'lgan tibbiy transportlarga, hozirgi paytlarda O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri va boshqa markaziy tumanlar shaharlarida odamlarga bekam-u-ko'st darajada xizmat amallarini bajarayotgan tibbiy-tashxis markazi transportlari kiradi. Mazkur markaz transportlari va ularda aholiga tibbiy yordam ko'rsatish guruhlari tarkibida nafaqat malakali, tajribali shifokorlar va o'rta tibbiy xodimlar hamda oliy ma'lumotli hamshiralar, balki zamona talablariga javob bera olish maqsadida o'rnatilgan jihozlar va asbob-uskunalar bilan ta'minlangan bo'Iishi kerak.
O'zi yura olmaydigan (ko'chirilishi qiyinchiliklarga duchor bo'Iishi mumkin bo'lgan) bemorlar soni aniqlangach, shifoxonaning berkinchoqlariga ularni joylashtirish tartibi va ketma-ketligi belgilanadi. Uning jihozlanishi, oziq-ovqatlar va suv (birinchi navbatda ichish uchun mumkin bo'lgan. sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan yoki uning o'rnini bosuvchi suyuq ichimliklar - akfa-layf, gidro-layf, sibur, fanta, nestle suvi, tarxun, Toshkent va Samarqand ma'danli suvlari, lazzat va boshqa ichimliklar) hamda turli foydali hayotaminlar va ma'dan moddalariga boy mahsulotlar zahirasini ma'lum miqdorda ta'minlash uchun mas'ul shaxs ajratiladi. Tashqi muhitdagi inson tanasiga salbiy va o'ta salbiy ta'sir etuvchi har qanday omillardan himoya qilish xususiyatlarga ega bo'lgan shifoxonalar vazifalarini amalga oshirish maqsadida kerakli miqdordagi tibbiy xodimlar va asbob-uskunalar hamda jihozlar masalasi bilan shug'ullanadigan ishchi va xizmatchilar ajratiladi. Bunday xodimlarning sifati va ularning miqdori ko'p jihatdan himoya qurilmalari hajmi, bajara oladigan vazifalarining ko'lami, bemorlar soni va ular ahvolining qay darajada ekanligi, zamon talablariga jihozlar, asboblar va uskunalarning qay darajada javob bera olishi monandligiga bog'liq bo'Iishi mumkin.
To'rtinchi guruhga oid bemorlar, hozirgi zamon talablariga to'liq javob bera oladigan barcha sharoitlarni muhayyo qilingan taqdirda ham, tanalaridagi faol jarayonlarning o'ta ravishda izdan chiqishi va hayot uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi a'zolarida chuqur, qaytarib bo'lmaydigan organiq o'zgarishlar (nekroz va boshqalar) yo`z berishi oqibatida vafot etishlari hamon uchrab turadi. Shu boisdan ham ularni dushman xavfi mavjud bo'lgan yoki uning hujumlari amalga oshgan sharoitlarda, bunday bemorlarni hisobdan chiqarib bo'lmaydi, chunki sanitar yo'qotishlarning bir qismi bo'lmish, qaytmas yo'qotishlari ularni ham ro'yxatga olishni talab qiladi. Bunday bemorlarga miyasining katta qismiga qon quyilganlar, yurak infarkti, tanasining deyarli ha^ima qismi kuyganlar, kuyish darajasi o'ta og'ir darajada bo'lganlar, tanasining katta qismi majaqlanib ketganlar, bosh miya bo'laklarining o'ta darajada ezilgani kabi holatlar hamda o'ta yuqumli kasalliklari og'ir kcchadigan kimsalar taalluqlidir. Ularning jasadlarini vaqtida ishlovdan (yuvish va h.k) o'tqazmaslik atrofdagi ekologik sharoitlarning keskin ravishda salbiy o'zgarishlariga sabab bo'ladi.
(Murdalar och qolgan yirtqich hayvonlar, jumladan shahar va qishloqlardagi it va mushuklar tomonidan burdalanib yeyilishi yoki ular tanasining ba'zi bir qismlari sasib, chiriy boshlaydi). Undan tashqari, murdalar tanasida oqliqlarning parchalanishi natijasida ayrim zaharli kimyoviy moddalar - kadaverin va putretsin hosil bo'Iishi ko`zatiladi.
Kadaverin - oqliq moddalarning chirishidan hosil bo'ladigan, ptomainlarga kiradigan zaharli modda. Ptomainlar esa, o'z navbatida o'liklar zaharlaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Putretsin-1,4 tetrametilendiamin, zaharli suyuqlik, qo'llansa hidli ptomain. Ornitinning dekarboksillanish hosilasi. Birinchi marta oqliqlarning chirishidan topilgan.
Ornitin-aminokislotasi: tanada arginin parchalanishidan paydo bo'ladi, u mochevinaning hosil bo'lish siklida (davrida) kofermentlik vazifasini o'taydi. Ornitinning o'zi, inson tanasida muhim vazifalarni ado etuvchi, aminokislotalar muvozanatini - balansini saqlash jarayonlarida ham ishtirok etadi.
Arginin hayot uchun o'ta ahamiyatli bo'lib, odam tanasida hosil bo'lmaydigan 12 ta almashtirib bo'lmas aminokislotalardan biridir. U bolalar tanasining o'sishi va rivojlanishini ta'minlovchi aminokislotalar guruhiga oidligi bilan ajralib turadi va bu qatorni boshlovchi sifatida ko'riladi.
Murda tanasidan chiqadigan qo'lansa hid, aynan hozirgina nomlari tilga olingan kadaverin va putretsinlar bilan ko'p jihatdan bog'liq. Murdalardan chiqishi mumkin bo'lgan zaharli moddalarni, ma'lum shart-sharoitlarda (o'liklar vaqtida ko'milmay, chiriy boshlaganida, go'rlar ochilib qolganida) hid bilish a'zolari orqali aniqlash unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Bunday zaharli moddalar bilan zararlanmaslik maqsadida, ular bilan ishlash vaqtida, qo'llarga rezinkali qo'lqoplar kiyilishi shart. Mazkur tibbiy rezinkali qo'lqoplardan foydalanish murdalar bilan bo'lgan ishlovlardan keyin ko`zatilishi mumkin bo'lgan deyarli barcha oqibatlardan forig' etishi mumkin. Kundalik hayotda bunga oid misollarni keltirish unchalik qiyinchiliklarni tug'dirmaydi.
Murdalar bilan bevosita aloqada bo'ladigan kasb-hunar egalari: patologik anatomlar, mahkama tibbiy nazoratchilari va hatto yugichilar ham murda zaharlaridan zararlanmaslik choralari borasida qo'llarni himoya qilish amallariga rioya etishadi. Faqat go'rkovlarnigina, shaxsiy himoya vositalaridan bo'lmish, qo'lqoplardan foydalanishlari kundalik hayotda ko`zatilmaydi. Ammo, dushman tomonidan bakteriologik qurol
tariqasida o'ta xavfli yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilarini. jumladan chin va qora chechak, o'lat (chuma), vabo (xolera), tulyaremiya kuydirgi. keyingi paytlarda tarqalayotgan «parranda grippi» qaysj yo'l bilan tarqalishidan qat'iy nazar, vujudga kelgan qaytmas sanitar yo'qotishlar- o'liklarni ko'mishdan oldin sanitar-muhofazasi niyatida ma'Ium dezinfeksiyalovchi moddalar bilan ishlov bcriladi. Bunday moddalarga tarkibida xlor moddasi mavjud bo'lgan quruq va eritilgan holdagi birikmalar kiradi. Ular quyidagilardan iborat: tindirilgan xlorli ohak eritmasi (10%li suvdagi eritmasi). xloraminning 2 va 5 %li suvdagi eritmalari. Xlorli ohakning quruq holdagisini. chin va ayniqsa qora chechakdan nobud bo'lganlar uchun qo'llaniladi. Nomlari zikr etilgan dezinfeksiyalovchi moddalardan tashqari. bakteriyalarning hayoti (vegetativ) shakllariga ta'sir etuvchi yoki ularning qobiqdagi shakli (sporalariga) yoxud mikroblarni ham hayotiy. ham qobiqli shaklidagi ko'rinishlariga barham beruvchi maxsus moddalar mavjudligi haqida ma'lumotlar bor. Bunday moddalar qatoriga CH-50, ДТС-ГК, monoxloramin Б (ХБ),taalluqli deb hisoblanadi..
CH-50 kukunining 2 %li suvdagi eritmasi hayotiy shaklda bo'lgan mikrojonzotlarga qiron keltiradi. Uni ДКК-4 majmuasi tarkibida ham ishlatiladi. Uning ta'sir etish sharoiti +40°C dan to -15 - 20°C li sharoit bo'lganida qo'llanishi qayd etiladi.
ДТС-ГК moddasining 1:1,5 %li suvdagi eritmasi ham mikrojonzotlarning hayotiy ko'rinishlarini nobud qiladi. Uning ishlash (harorat jihatidan) sharoiti. hududiy CH-50 niki kabidir. ДТС-ГК moddasining quyuqlik darajasi orttirilsa. masalan, 5:7,5 %li suvdagi eritmasi mikrojonzotlarning qobiq shaklidagilarga barham berishda tavsiya etiladi. ДТС-ГК suspenziyasining 15-20 %li suvdagi barqarorlashtirilgan eritmasi va 1 %li suyuq eritmasi hayotiy va qobiq ko'i inishlaridagi mikrojonzotlarga qiron keltiradi.
ДТС-ГП suspenziyasining qo'llash harorati + 40°C dan -5"C gacha. Monoxloramin Б (ХБ) ning 0.5 %li suvdagi eritmasi tank ustini dezinfeksiyalash maqsadida ishlatiladi.
5-guruhdagi bemorlar ahvollaridan kelib chiqqan holda uy sharoitida ham. shifoxonalarda ham davolanish-muhofaza muolajalaridan samarali foydalanishlari taqozo etiladi. Albatta. uy sharoitida davolanish. ko'pchilik hollarda bemor ahvoli o'rtacha yoki yengil bo'lganida amalga oshiriladi. Ammo, uning ahvoli og'irlashgudek bo'lsa. davolanish jarayonini shifoxonaga ko'chirish lozim. Ammo, hozirgi paytda ta'minoti kuchli oilalarda. davolanish jarayoni uy sharoitida ham olib borilishi mumkin. Ba'zan kasallik xiliga ko'ra bemorni joyidan qo'zg'otish" mumkin bo'lmagan hollarda bemorlarni vaqtincha bo'lsa ham dastavval uy fharoitlarini ma'Ium talablarga javob beradigan holatga keltirib, ularni davolash amallari bajarilaveradi. Bemor ahvoli yaxshilangach, unga harakat qilishga ruxsat berilgandan so'ng shifoxonaga yotqizib, davolash jarayonini davom ettirish mumkin.
6-guruhga oid bo'lgan bemorlarga ko'pincha harakat qilish man etilmaydi, ular o'zlariga-o'zlari zarur bo'lgan parvarish muolajalarini bemalol bajara olishadi. Zarur bo'lgan holatlarda. poliklinikalarga tahlil muhitlarini topshirib, davolanishni davom ettiradilar. Bunday bemorlar uchun. keyingi yillarda ancha samara berayotgan oilaviy shifokorlar katta ahamiyat kasb etadi. Bunday shifokorlar umumiy tayyorgarlik jarayonidan o'tgan bo'lib. keng ko'lamli tibbiy yordam ko'rsatishlari mumkin. Ular, deyarli barcha tibbiy yo'nalish bo'yicha, «otaliqqa olingan» oiladagi barcha kishilarni davolash jarayoni bilan shug'ullanadilar. (Bunda jarrohlik muolajalariga zarurat bo'lmagan holatlarda.) Agar bunday talab yo`zaga kelib chiqqudek bo'lsa, bemorlar jarrohlar qabulida poliklinikalar yoki jarrohlik shifoxonalarida davolanishning dastlabki bosqichlarida bo'lib, qolgan paytlarda esa, uy sharoitida muolajalarni qabul qilishadi.
7-guruh bemorlariga kasallik tashxislari ommadan, oiladan pinhonlashtirilgan bo'lib, ma'Ium tibbiy muassasalarda davolanishadi. Bunday bemorlar qatoriga orttirilgan immun tanqisligi kasalligi va narkomaniya dardiga uchraganlar kiradi. Hozirgi paytda ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida ham sanab o'tilgan pinhonlashtirilgan kasalliklar yildan yilga ortib bormoqda. Ularning ko'pchiligi. umri qisqaligi bilan ko'zga tashlanadi. Masalan, orttirilgan immun tanqisligi bilan og'riganlar, o`zog'i bilan 11 yil, o'rtacha 5-6 yil umr ko'rishadi. Albatta, bu guruhga oid bo'lgan bemorlarni hamma bilan birga, dushman tajovo`zi xavfi bo'lganida yoki ayniqsa dushman hujumi ommaviy qirg'in qurollari qo'llanishi bilan kechganida. himoya qurilmalari va inshootlarida tutib turish. omma uchun ichki, zimdan kelajakda portlash samarasini beruvchi omillardan biriga aylanadi. Bunday holatlarning kelib chiqmasligi uchun, ana shunday bemorlarga, imqoniyat mavjud mamlakatlarda, alohida himoya qurilmalari yoki ular ko'pchilikni tashkil qilgan hollarda esa, maxsus himoya inshootlarini barpo etish zamon talabidan kelib chiqadi.
8-guruhdagi bemorlarni o'sma, jigar sirrozi va qon kasalliklari bilan og'rigan bemorlar tashkil etadi. Bunday bemorlar qatoriga saraton (rak), nurlanish dardlariga yoiiqqanlar kiradi. Bularni alohida guruhga ajratish zarurligi shu bilan ifodalanadiki, ular o'limga aniq mahkum etilganlardan hisoblanadi va shuning uchun ham har tomonlama, ayniqsa dushman tajovo`zi xavfi tug'ilganida va dushman hujumi boshlanganida, tibbiy yordamga muhtoj bo'lishadi.
O'sma kasalliklari orasida hayot uchun eng xavflilariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) o'pka raki; 2) qizilo'ngach raki; 3) oshqozon raki; 4) ichaklar raki; 5) jigar raki.
Jigar sirrozi - jigar to'qimasining (parenximasining) distrofiyasi (ovqatlanishning izdan chiqishi oqibatida jigar to'qimalarining bo`zilishi va faol natijaning salbiy o'zgarishi) va nekrozi (chirishi) bilan tavsiflanadigan surunkali, kundan-kunga zo'rayib boruvchi kasallik bo'lib, uning bir necha xillari ma'lum. Bularga atrofik (jigar hujayralari va to'qimalari kichrayib, zaiflashib qolishi), billiar va boshqa xillari kiradi. Ular orasida fuqarolar muhofazasi nuqtayi nazaridan Bad nomli jigar sirrozi alohida ahamiyat kasb etadi, chunki bu dard ichaklardan keladigan zaharli moddalar tufayli vujudga keladi. Bad iborasi, inglizcha yomon ma'nosini anglatadi. Bad sirrozi kimyoviy zaharlovchi moddalar keng ko'lamda, ayniqsa ommaviy qirg'in qurollari qo'llanilganda ko'plab uchrashi mumkin. Bunga misol qilib, Amerikaning Vyetnam Respublikasiga qilgan urushi davrida, 1960-yilning boshida AQSH lashkarlari tomonidan kimyoviy zaharlovchi moddalarni ishlatgani ma'lum bo'ldi. Dushman samolyotlari 100000 tonnadan ortiq zaharlovchi moddalar: gerbitsidlar (zararli o'simliklarni) va defoliantlar (o'simlik barglarini to'kuvchilar) tashlab 1000300 dan ziyod odamlarni zaharlagan. Bunchalik ko'p miqdordagi odamlarning zaharlanishi, ayni paytda 58000 km2 joydagi o'simliklarni zararlantirish uchun qilingan xatti-harakatlar oqibatidir. Odamlar tanasiga oziq-ovqatlar va suv bilan birga kirgan mazkur zaharlovchi kimyoviy moddalar ta'sirida jigar hujayralari va to'qimalarida chuqur qaytmas o'zgarishlar kelib chiqib, jigar hajmi kichrayib, to'qimalari esa, bujmayib qoladi. Bunday jigar bilan o`zoq vaqt yashash imqoni bo'lmaydi, chunki jigar odam tanasida quyidagi faoliyatlarni bajaradi: ozuqaviy moddalar: oqliklar, yog'lar va moylar, karbonsuvlarni qayta ishlaydi; o't va rang beruvchi modda - bilirubin, o't kislotalarini ishlab chiqaradi; to'siq vazifasini bajaradi (ayrim zaharli moddalarni: mis, simob, qo'rg'oshin - ularni oqliklar bilan bog'lab zararsizlantiradi; ayrim zaharli moddalar - strixnin, veronal va boshqalarni parchalaydi)
Sanab o'tilgan jigar faoliyatlari, hujayralari va to'qimalari kichrayib, bujmaygan jigar uchun amalga oshirib bo'lmaydigan vazifalarga aylanadi. Albatta, bunday odamning o`zoq umr kechirishi mumkin bo'lmay, u o'limga mahkum etilganlardan biriga aylanadi.
Qon kasalliklari ichida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga bevosita aloqadori, u ham bo'lsa, nurlanish kasalligidir. Nurlanish deyarli, ionlovchi nurlanishning 100 Rentgen va undan ham ortiqroq darajadagi nurlanish dozasi ta'sir etganida yo`zaga kelib chiqadi. Bu paytda odam tanasida paydo bo'ladigan oksidlovchi xususiyatli radikallar (o'zgarmasdan turli kimyoviy muloqotlarga -kombinatsiyalarga kiradigan va molekulalar asosini tashkil qiluvchi atomlar guruhi) oltingugurtli asosiy fermentlar (sodda yoki murakkab oqliq modda bo'lib, 1 va 2 tarkibli (komponentli) ko'rinishga egaligi bilan ajralib turadi) ko'pincha, maxsus moddalarga ta'sir etib, ularni kimyoviy o'zgarishlarga olib boradigan katalizatorlardir. Ular kimyoviy jarayonlarni tezlatuvchi omillar bo'lib, adenozin 3 fosfataza, suksinoksidaza, geksokinaza, oksidaza, karboksilaza, holinesteraza va boshqalarning S-H (sulfgidril) guruhlari bilan tutashib, ularning harakatchanligini susaytiradi va oqibatda tanada erkin yog' kislotalari hosil bo'lib, biokimyoviy o'zgarishlar paydo bo'Iishi ko`zatiladi.
Nurlanishning to'g'ridan to'g'ri ta'siri natijasida xromosomalar o'zgarishi ko`zatilib, oqibatda dunyoga kelgan homilaga turli-tuman terrotogen (jonzod- murtak rivojlanishi izdan chiqishi) va embriotrop (ona tanasiga kirgan) ta'sir etgan moddalar embrionga (urug'langan ona tuxumi) salbiy ta'sir o'tqazadi. Salbiy o'zgarish alomatlari (ko'zning 1 donaligi, qo'l-oyoq barmoqlarining ko'pligi yoki umuman yo'qligi, bosh miyasizligi, tutashib ketgan egizaklarning dunyoga kelishi, bir tanada 2ta boshning bo'Iishi va h.k. namoyon bo'Iishi bilan ko'zga tashlanadi (bunga misol qilib, O'zbekiston Respublikasi tabiat mo`zeyidagi bir tana-yu 2 boshli bo`zoqni keltirish mumkin).
Ionlovchi nurlanishning bilvosita ta'siri oqibatida suv radiolizi hosilalari ta'sirida hujayralar va to'qimalarning sezuvchanligi darajasi ortib ketadi. Ionlovchi nurlanishlarga nisbatan sezuvchanligi eng yuqori bo'lgan to'qima, u ham bo'lsa, limfoid va miyeloid to'qima bo'lib, eng kam darajada sezadigani esa, biriktiruvchi to'qimalardir. Nomlari tilga olingan to'qimalardan tashqari, yana o'n bitta to'qimalar ionlovchi nurlanishga nisbatan ma'Ium darajada sezuvchanligini izhor etishi mumkin. Bularga jinsiy bezlar epiteliysi (ushbu bezlarni qoplovchi, epidermisni (terining eng ustki qavati) tashkil qiluvchi to'qima), ichak bezlari, teri epiteliysi, parenximatoz (ichki a'zolarning ko'pgina qismi parenximadan - ichki a'zolarning asosiy vazifasini bajaradigan zarrachalar (elementlar) majmuasi), a'zolar, mushaklar. tog'aylar, suyaklar, nerv to'qimalari oid deb hisoblanadi.
Ionlovchi nurlanish ta'sirida tanada 4 turdagi salbiy o'zgarishlar ko`zatilishi mumkin: 1) ichki a'zolar va to'qimalarda ovqatlanishning izdan chiqishi tufayli faol o'zgarishlar; 2) qon tomirlari devorlarining o'tqazuvchanligining va qon ivish jarayonining bo`zilishi; 3) qon ishlab • chiqaruvchi a'zolar faoliyatining susayib ketishi; 4) yuqumli kasalliklar oqibatlari.
Ionlovchi nurlanish ta'siri natijasida vujudga kelgan dard o'zining kechishiga ko'ra, 2 xil bo'ladi; dab-durustdan boshlanadigan va cho'ziluvchan. Nurlanish betobligining xillarini shunday deb atash, kasallikning asl mohiyatidan kelib chiqadi.
To'satdan ko'zga tashlanadigan nurlanish kasalligi bemor tanasidagi o'zgarishlar darajasiga ko'p jihatdan bog'liq bo'lib, bemorning ahvoliga ham o'z ta'sirini o'tqazadi. Shunga ko'ra, nurlanish xastaligi shartli ravishda yengil, o'rta, og'ir va o'ta og'ir xillarga ajratiladi, vaholanki kasallik bitta, u ham bo'lsa, nurlanish kasalligidir. Ular ichida bemor hayoti uchun eng xavflisi, o'ta og'ir kechadigani bo'lib, uning muddati taxminan 2 haftalarni tashkil qiladi va oqibatda bemorning o'limi bilan tugashi mumkin.
Rossiya ma'lumotlariga ko'ra, 1986-yilda Chernobil atom elektrostansiyasida ro'y bergan noxushlik oqibatida 34 kishi nurlanish kasalligidan vafot etgan.
Cho'ziluvchan xususiyatli nurlanish kasalligi o'rtacha 4 yil (1 yildan 10 yilgacha) davom etadi va oxir-oqibatida bemor nobud bo'ladi. Bu xildagi nurlanish kasalligi ba'zan dabdurst ko'rinishga ega bo'lib, tez vaqt ichida bemorning o'limi bilan tugashi mumkin.
9-guruhdagi bemorlar, asabi keskin o'zgarganlarni tashkil etib, ularni alohida himoyalash lozim, aks holda aholi orasida atrof-muhitdagi vaziyat keskinlashgan paytlarda, vahimali shov-shuvlar ko'payib ketadi va tibbiy xizmat ishlarining ma'Ium darajada murakkablashuviga olib keladi.
10-guruhdagi bemorlar maxsus joylarda himoyalanadi.
Aholini ko'chirish va tarqoqlashtirish jarayonida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'ining xatti-harakatlari bosqichlarining ketma-ketligini yodda tutish kerak:
-
shaharlarda ko'chirish va tarqoqlashtirish jarayonlarini amalga oshirish uchun belgilangan yo'llarda harakat qilinganda, yig'ish-ko'chirish bo'limlari va odamlarni transportlarga o'tqazish bo'limlari oldidagi vazifalarni bajarish maqsadida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan kuchlar va vositalar ajratiladi;
-
odamlarni qishloq tumanlaridan uy-joylar bilan ta'minlangan hududlardagi oraliq ko'chirish, qabul-ko'chirish boiimlarida fuqarolar muhofazasi tibbiy kuchlari va vositalari bilan ta'minlaydi;
-
navbatagi faoliyat ko'rsatayotgan ishchilar va xizmatchilar uchun fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan tegishli kuchlar va vositalarni beradi;
-
fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalarini shahardan tashqaridagi hududlarga chiqaradi;
5) tibbiy muassasalarni ko'chirish va ularni shahardan
tashqari joylarda faoliyatlarini boshlash ko'rsatmalarini xabar
qiladi;
6) o'zi yura olmaydigan, og'ir ahvoldagi bemorlarni tibbiy jihatdan
ta'minlaydi.
MUSTAQIL TAYYORGARLIK KO'RISH UCHUN USLUBIY KO'RSATMALAR
Dostları ilə paylaş: |