Международный
научный
журнал
№
8
(100),
часть
1
«
Научный
импульс
»
Март
, 202
3
626
BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Ikromova Yulduzoy Erkin qizi
JDPU – o`qituvchi
Quziyeva Zulayxo Akmal qizi
JDPU- talaba
Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari
asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz, deb bilamiz
Shavkat Mirziyoyev
Azaldan ma’lumki, ta’limni pedagogik texnologiyalar
asosida takomillashtirish
xususida ajdodlarimiz ham bir qancha izlanishlar olib borganlar. Sharqning buyuk
allomalari
Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek,
Abu Nasr Farobiy kabi qomusiy olimlar o’z asarlarida maktab va madrasalarda insonni aqliy
kamolotga yetkazishda o’qitishning turli usullari va vositalaridan
foydalanishga katta
ahamiyat berganliklarini ta’kidlab o’tishgan. Hozirgi ta’lim tizimida bilimlarni egallashning
yangi pedagogik texnologiyalari – noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining
uslublarini
qo’llashni taqozo etmoqda.
Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi: birgalikda o’rganish, eksperiment, modellashtirishga
bo’linadi va yaxlit uzviy tizim asosida olib boriladi. Noan’anaviy ta’lim berish usuli ta’limiy
maqsadni amalga oshirish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi bilan hamkorlik
faoliyatning asosi hisoblanadi.
Hozirda
tabiiy fanlarning rivojlanishi, fanlar o’rtasida differensatsiya va integratsiya
jarayonlarining vujudga kelishi ob’yektiv qonuniyat sifatida
tabiiy fanlar biologiya, kimyo,
fizika fanlari o’rtasida fanlararo bog’lanishni amalga oshirishni talab etmoqda.
Biologiya o’quv fanini o’qitishning vazifalari – asosiy biologik tushunchalar,
nazariyalar va qonuniyatlar
bilan tanishtirish, tirik organizmlarning yashash muhitiga
moslashishlarning vujudga kelish mexanizmlari haqida ma’lumotlar berish, organizmlarning
individual va tarixiy rivojlanishining hozirgi mazmunining ta’limini biologiyaga tanishtirish,
asosiy bosqichlarini tanishtirish, biologiya ta’lim mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan
texnika yutuqlari bilan bog’lanishini ta’minlash, o’quvchilar o’zlari va o’zgalarning
salomatliklarini saqlashi, sog’lom turmush tarziga rioya qilishga yo’naltirish, tabiat va uning
barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo’lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish,
biologik bilimlar zaminida mahalliy o’simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari va shunga
o`xshash tiriklikning o’ziga xosliklarini o’rganish va o’rgatishdan iborat.
Bugungi zamonaviy ta’limni interfaol metodlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Dars
mazmunini ochib beruvchi faol usullar o’quvchilarga ham o’qituvchiga
ham amaliy
ko’makchi vazifasini o’tamoqda. An’anaviy darsdan farqli o’laroq, metodlar dars jarayoniga
jon kritib, eng muhimi o’quvchi ongini o’stirmoqda. Endi o’quvchilar sherigining soyasida