O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati


ID-1 MARKALI DOZIMETRLAR TO`PLAMI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə55/179
tarix28.12.2021
ölçüsü5,01 Mb.
#9371
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179
ID-1 MARKALI DOZIMETRLAR TO`PLAMI

ID-1 markali dozimetrlar to`plami odam organizmi tarafidan gamma-nurlanish va neytron oqimlarning yutilgan nurlanish dozasini 20 dan 500 rad gacha bo`lgan diapazonda o`lchash uchun mo`lljallangan. Dozimetr to`plamiga 10 ta ID-1 individual dozimetr va ZD-6 zaryadlovchi moslama kiradi.

ID-1 dozimetri tuzilishi jihatidan DKP-50 A ga o`xshash bo`lib, ionizasion kamera, elektr qondensator, platinali ip,500 rad gacha bo`lingan shkala va ko`rish mikroskopidan iborat. ID-1 dyuralyumin korpusdan iborat bo`lib, unga kiyimga taqib qo`yish uchun maxsus tutqich o`rnatilgan, yuqori qismiga okulyar, pastki qismiga esa qopqoq joylashtirilgan.

ZD-6 zaryadlovchi moslama dozimetrlarni elektr zaryadi bilan zaryadlash ( qondensatorga 250 V gacha kuchlanish beriladi) uchun mo`ljallangan. ZD-6 zaryadlovchi moslamaning boshqalaridan fjralib turadigan xususiyati shundaki, uning ishlashi kimyoviy quruq elementlar bilan ta`minlanmasdan, elektr toki zaryadlovchi-qontakt uyaga pe`zoelement va o`zgartirgich yordamida etkazib beriladi.

NURLANISHNING JAMOA VA SHAXSIY NAZORATI
Radiofaol nurlanish nazorati guruhli jamoa va shaxsiy usullarda olib boriladi.

Shaxsiy usulda ishlash vaqtida dozimetrlarni tuzilmalar boshliqlari va nazoratchilar, mashina haydovchilari hamda tuzilmalaridan alohida holda vazifalarni bajaruvchi shaxslar olishadi. Tuzilmalarning qorgan qismi va aholi uchun guruhli usul qo'llaniladi. Bu paytda shaxsiy dozimetrlar guruh boshliqlarigagina beriladi. OTchahgan nurlanish dozasi guruhning har bir vaqiliga tegishli bo'ladi.

Inshootlardagi tahlilxonalarda radiofaol o'lchovlarni amalga oshirish niyatida bir kanalli hisoblash asbobi AHBK2-4 (ПС02-4) ishlatiladi. Uning ПП-9 asbobidan farqi shundan iboratki, u ko'proq hammabop (universal) va ishlatilishi osonroq kechadi.

Harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh va CEC yuqorida aytilgan asbobdan tashqari (ДП-100 va boshqalar), RNB-4-1 yeM nomli va beta-radiometrlari bilan jihozlanishi mumkin. Bu asbob yordamida atrof-muhit inshootlari (gaz holidagi suyuq va qattiq) namunalarda beta-zarrachalarning ommaviy faolligi va solishtirma hajmiy tezkor tekshirishlar olib borish mumkin. Ulardan yana dala sharoitlarida atrof-muhit inshootlarini majmuaviy nazorat qilish uchun foydalanish mumkin. Bu paytda ular beta-zarrachalarning faolligi 1,9 - 1,9 x 107 Bk/ kg (5 x 10" - 5 x 10" Kyuri/litr, Kyuri/kg) miqyosda bo'lganida ishlaydi. RNB4-IeM (РКБ4-1еМ) asbobining sezgirligi, DA-100 rusumidagi radiometrik moslamaga nisbatan bir necha ming marta yuqoridir. Mazkur asbob qator izotoplarning beta-zarrachalarining solishtirma va hajmiy faolligini suvli muhitda, tuproqda, tub cho'kmalarida, to'qiluvchan, sochiluvchan mahsulotlarda, o'simliklarda o'lchaydi.

KIMYOVIY NAZORAT ASBOBLARI
Dushman tomonidan kimyoviy qurol qo'llanilgan holatlarda muhim tadbirlardan biri, bu odamlarni ular bilan zararlanishning oldini olish uchun vaqtida aniqlash va bu haqda aholini ogohlantirishdir.

Zaharlovchi moddalarni havo, joylarda, texnika va boshqa turli narsalarda aniqlash maqsadida kimyoviy nazorat asboblari va gazogohlantirgichlardan foydalanish mumkin. Ayni maqsadda turli narsalardan namunalar olib, ularni tahlilxonalarda tekshiriladi.

Zaharlovchi moddalarni sifat va miqdor jihatdan kimyoviy nazorat asboblari yordamida aniqlash, reaktivlarni zaharli moddalar bilan o'zaro munosabatda bo'lganlarida, tuslarini o'zgartirishlariga asoslangan. Aniqlagich moddasi xili va hosil bo'lgan tusning darajasiga qarab, zaharlovchi moddalarning turi aniqlanadi. Tusning o'zgarish darajasini andozalar tusi - rangi bilan solishtirish natijasida, zaharlovchi moddalarni havoda yoki ularning zichligini narsalarda yoxud sathlarda qanchalik darajada ekanligini bilsa bo'ladi.

Kimyoviy nazorat asboblari tuzilishi jihatidan bir-biridan deyarli farq qilmaydi va ular tarkibiga shisha idishchalarga solingan yoki sathlarga shimdirilgan (silikagel, so`zg'ich qog'ozlari) indikatorlar kiradi.

Qo'Hashdan oldin indikator solingan shisha naychalar sindirib ochiladi va ular orqali zararlangan havo tortiladi. Bu paytda zaharlovchi moddalar indikatorlar bilan muloqotda boiib, ular rangini o'zgartirishi mumkin.

Hozirgi vaqtda fuqarolar muhofazasi ta'minotida kimyoviy nazorat asboblaridan quyidagilar mavjud: kimyoviy nazorat qo'shin asbobi (ВПХР), yarim avtomatli kimyoviy nazorat asbobi (ППХР), tibbiy-veterinar kimyoviy nazorat asbobi (ПХР-МВ), avtomat gazogohlantirgichlar (ГСП-1, ГСП-11).

KIMYOVIY DA-70 VA DA-70M

Mazkur dozimetrlar shaxsiy tarkib vaqillarini nurli kasallik bilan kasallanganligini aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Ular harbiylashmagan tuzilmalarga DNA-50 A - ga qo'shimcha tarzda beriladi.

DA-70 va DA-70M to`zilishlari bir xil bo'lsa ham, ular turli xil suyuqliklar to'ldirilganligi uchun boshqa-boshqa maqsadlarda ishlatiladi: DA-70 gamma-nurlanish dozasini o'lchash uchun; DA-70M gamma-neytron nurlanishini 50-880 Rentgen (rad) kengligida hisoblashga mo'ljallangan. Har ikkala asboblar bir martadagi va 30 kun mobaynida yig'ilib boradigan nurlanish dozalarini o'lchash imqonini beradi (23-rasm).

-rasm. DP-70-MP markali kimyoviy dozimetr: 1 - g 'ilof; 2 - kimyoviy dozimetr; 3 - g 'ilofqopqog 'iga о 'rnatilgan rangli etalon.

Turli muhit (oziq-ovqatlar, suv va h.k.) namunalarida radiometrik tekshirishlarni olib borish uchun harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh vaCEC tahlilxonalarida DA-100 (DA-100-M, DA-АД-М), B-2,






d

12, В-3 va boshqa hisoblagich moslamalar hamda АИ-128 rusumli spektrometrlar ishlatiladi.

24-rasm. Kimyoviy nazorat qo'shin asbobi. I-ko'p damlagich-surgichi; 2-yelka kamari; 3-damlagich-surgich ustamasi; 4-ustamani himoyalagichi; 5-tittunga qarshi surgichlar; 6-isitgich patroni; 7-elektr chirog'i; 8-isitgich tanasi; 9-higiz; 10-kurakcha: I l-indikator naychalar.


Fuqarolar muhofazasi tizimida xaql xo'jaligi uchun ishlab chiqariladigan ko'pgina dozimetrik asboblardan muvaffaqiyat bilan folydalanish mumkin. Ularning ayrimlariga o'zgartirishlar kiritmay, shundoqqina radiatsion nazorat paytida ionlovchi nurlanish dozasining quvvatini, odamlarning nurlanish dozasini o'lchash maqsadida qo'llash mumkin.Ayrimlariga esa ayni maqsadlarda ishlatishdan oldin jindakkina o'zgartirishlar kiritilsa, muhitning radiofaol zararlanish darajasini va dozalarining quvvatini o'lchashda as qotishi mumkin.

RUA-1 - radiometrik universal asbobi rusumidagi asboblar asosan alfa va beta - faol moddalar bilan sathlarning zararlanishini aniqlash va ularning zararlanish darajasini o'lchash uchun mo'ljalangan bo'lib, ulardan gamma-nurlanish dozasining quvvatini o'lchash maqsadida foydalanish foydadan xoli emas. Mazkur asbobdan tahlilxonalarda oziq-ovqatlar va yem-xashaklarning zararlanganligi haqida xulosa chiqarish uchun qo'Uansa bo'ladi. DA-100 o'rniga ПП rusumidagi har qanday asbobni ishlatish mumkin.

ПП-9 nomli moslama deyarli barcha ko'rsatkichlari bo'yicha, DA-100 ga nisbatan ustuvorligi bilan ajralib turadi. Ammo, u dala sharoitlarida ishlatish uchun mo'ljallanmagan va uni faqat muqim CEC va shunga o'xshash muassasalarda qo'llasa bo'ladi.

Sanab o'tilgan kimyoviy nazorat asboblarining keng ko'lamda qo'llanishi asosida ularning ko'pchiligi yuqori darajada zaharli bo'lishiga qaramay, ma'lum rang, hidga ega emasligi yotadi. Kimyoviy nazorat qo'shin asbobi (ВПХР) gazlarni havoda, joylarda, texnikada. trasportlarda va turli narsalarda aniqlashga mo'ljallangan bo'lib, dala sharoitlarida ishlatiladi. U quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: 1) qopqoqli tanasi; 2) qo'l so'rg'ichi (nasos); 3) so'rg'ich uchi (nasadki); 4) indikatorlari mavjud qog'oz taxlamalar (kasseta); 5) tutunga qarshi so'rg'ichlar; 6) himoya qopqoqchalari; 7) elektr fonusi; 8) isitgichlar; 9) qizitgich patronlari; 10) pirapatronlarni ishga soluvchi moslama (shtir); 11) namunalar olish uchun kurakcha; 12) asbob bilan ishlash ko'rsatmasi. Asbobning vazni 2,2-2,3 kg (24-rasm).

Asbob majmuasiga kiradigan indikatorlar naychalari 3 xil bo'ladi: 1) qizil xaqla va qizil nuqtali (zarin, VX gazlarini aniqlash uchun); 2) 3 ta yashil xaqlalilar (fosgen, sinil kislotasi va xlorsianni aniqlash maqsadida); 3) sariq xaqlalilar (ipritni aniqlash niyatida) (25-rasm).


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin