O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati
KIMYOVIY HOLATNI BAHOLASH BO'YICHA MASALALAR 1-masala. Zararlangan havoning yoyilish masofasi (chuqurligi). Kimyoviy qurollarni yoyilishi xavfli deb hisoblangan masofasi deganda, kimyoviy zaharlovchi moddalarni yoyilgan chegarasidan tashqarida odamlar hayoti uchun xavfsiz bo'lgan joyga bo'lgan masofa tushuniladi. Kimyoviy zaharlovchi moddalarning yoyilib ketish masofasi - chuqurligi qator sharoitlarga bog'liq: 1 )kimyoviy qurol tashlangandan keyingi o'tgan vaqt; 2) joyning relyefi, ya'ni o'nqir-cho'nqirligi; 3) o'rmonli mavzelarning mavjudligi; 4) iqlimiy va ob-havo sharoitlari. Kimyoviy zaharlovchi moddalar yoyilish chuqurligini 22-jadval yordamida aniqlasa bo'ladi. Dastlabki ma'lumotlar: samolyotlar yordamida tashlangan zarindan zararlangan joydan ifloslangan havoning eng o`zoq yoyilish masofasini aniqlash kerak. Shamol tezligi 4 metr/sekund. Y e с h i s h: 22-jadvaldagi ma'lumotlarga ko'ra samolyotlar yordamida qo'llanilgan zarin zaharlovchi moddasi shamol tezligi 4 metr/sekund bo'lganida, ifloslangan havoning yoyilish masofasi 40 km ni tashkil qiladi.
Alohida e'tibor ifloslangan havoning qachon yetib kelishiga qaratilishi kerak, chunki aniqroq ma'lumotlar bo'lsa, qator himoyalanish tadbirlari aniqlanib, amalga oshirish imqoniyatlari tug'iladi. Natijada odam, hayvonlar, suv havzalari, oziq-ovqatlar zararlanishining oldini olish yoki zararlanish darajasini kamaytirish mumkin bo'ladi. 2-masala. Kimyoviy zaharlovchi moddaning joylarda va texnikalarda chidamliligini aniqlash. Kimyoviy zaharlovchi moddalarning chidamliligi deganda, ularni qo'llanilgan joylardagi odamlarga shikast yetkaza olish vaqti tushuniladi va u vaqt birligida belgilanadi. Ushbu vaqtning o'tishi bilan tuzilmalarning shaxsiy tarkibi va aholi vositalaridan foydalanmay bemalol zararlangan joylarda bo'lishlari yoki biron-bir ish bilan mashg'ul bo'lishlari mumkin. Kimyoviy zaharlovchi moddalarning chidamliligi quyidagi omillarga bog'liq: 1) ularning xiliga; 2) shamol tezligiga; 3) tuproqning haroratiga; 4) havoning issiq-sovuqligiga; 5) qo'llanilgan joyning relyefiga - o'nqir-cho'nqirligiga. Ularning chidamliligini 23-jadval yordamida taxminan aniqlasa bo'ladi. Dastlabki ma'lumotlar: dushman samolyotlari yordamida qo'llanilgan VilKS kimyoviy zaharlovchi moddaning chidamliligini aniqlash zarur. Shamol tezligi - 5 metr/sekund; qo'llanilgan joyda o'simliklar yo'q. Y e с h i s h: 23-jadvalga ko'ra Vi-IKS moddasining chidamliligi 5 kecha-kundo`zga teng ekan. Ifloslangan joyda o'simliklar bo'lmaganligi bois. aniqlash koeffitsiyenti 1,0 emas. balki 0.8 ga deb olinadi. Shunda ma'Ium bo'ladiki, aytilgan sharoitda Vi-IKS zaharlovchi kimyoviy moddaning chidamliligi 4 kecha-kundo`zni tashkil qiladi. Kimyoviy zaharlovchi moddalarning chidamliligi
3-masala. Odamlarning himoyalanish vositalarida bo'lish vaqtini aniqlash. Ushbu vaqt kimyoviy zaharlovchi moddalarning chidamliligi, atrof-muhit havosining haroratiga bog'liq. Har qanday sharoitlarda ham kimyoviy zaharlovchi moddalar buluti bostirib kelayotganida shaxsiy himoya vositalari kiyiladi. Bunday bulutning yetib kelishi maxsus jadvallar yordamida hisoblanadi. Shaxsiy himoya vositalarini yechish ma'lum jadvalga ko'ra hamda kimyoviy nazorat guruhi ma'lumotlariga asoslangan holda amalga oshiriladi. Xulosa Favqulodda vaziyat holatlari o`ta serqirra qisqa va kutilmaganda shahar aholisini talofat, o`limlar har xil jarohatlanishlarga sabab bo`lishi mumkin. Shu holatni ta`sir doirasini aniqlash aholini xavfli darajasi yuqori bo`lgan jarohatlangan o`choqlarda shoshilinch tez ko`cherish tadbirlarining shaklini to`zish Fuqarolar muhofazasining vazifasidir. Jabrlanish o`choqlarida radiatsion, kimyoviy razvedkalarni o`tkazish, Favqulodda vaziyatlarda yoqotish holatlarini kamaytiradi. MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN USLUB1Y КО'RS ATM ALAR Mavzuni o'qish jarayonida talabalar quyidagilarni o'zlashtirishlari kerak: 1) radiatsiyaviy va kimyoviy o`lchash asboblarini ishlatishni;
Mustaqil tayyorlanish jarayonida talaba quyidagilarni bilishi kerak: asosiy nazariy fikrlarni va nazorat savollariga javob berishi, asboblar bilan mustaqil ravishda ishlashga tayyorgarlik ko'rishi va radiatsiyaviy hamda kimyoviy sharoitlarni baholash bo'yicha masalalarni yechishga tayyor bo'Iishi lozim; daftarda chizmalarni aks ettirishi; radiatsiyaviy va kimyoviy zaharlovchi moddalarni nazorat qilish uchun qo'llaniladigan asboblarning guruhlarini; oldindan aytish va nazorat natijalariga ko'ra radiatsiyaviy joyning qismlarini; tushunilmagan savollarni o'qituvchilardan so'rab olish uchun qisqa va lo'nda qilib ifodalashni. Radioaktiv va kimyoviy nazorat asboblarining to`zilishlarini chizish NAZORAT SAVOLLARI
“MIYA HUJUMI”interaktiv usuli. Guruhlar 2,3 tadan, kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir kichik guruhga o`tilgan mavzu bo`yicha savol tashlanadi. Har bir kichik gusuh o`z javob variantlarini oq qog`ozga yozadi. Asosiy rolni o`qituvchi o`ynaydi. Lekin talabalar ham muhokama qilishlari shart. Eng faol qatnashgan kichik guruh yuqori baholanadi. Yüklə 5,01 Mb. Dostları ilə paylaş: |