Shoshilinch birinchi vrachlik yordamiga quyidagilar kiradi:
-
Qon oqishlarini to`xtatish ( ligaturalar, tamponlar,dori-darmonlar yordamida)
-
O`tkir qon yo`qotish holati bilan kurashish
-
Shokga qarshi qo`llaniladigan vazifalar (novakain blokadasi, gangmoblokatorlarni qo`llash)
-
Ichki organlarni bajarish (torapotomiya-latoratomiya kranotomiya)
-
Asfikasiya bilankurashish (traxsostomiya, intubasiya, tilni jag` qismiga fiksasiyalash, nafas olishni quvvatlantirish, nafas yo`llarini tozalash, asperasiyalash, shoshilinch kislorod berish)
-
Tug`ruqlantirish va shu bilan bog`liq shoshilinch davolash kutkazish ishlarini bajarish
-
Qiyidagilarda qo`ygan yuzalarni tozalash, og`riqsizlantirish aseptic boylashlar, kuyish, shokga qarshi shoshilinch vazifalarni bajarish
-
Sanitary, lat yeyish, bo`g`nlar chiqishi holatida immobolizasiyalash, og`riqsizlantirish
-
Qon va qonni almashtiruvchi moddalarni qo`llash
-
Yurak-qon tomirlar faoliyatini qo`llab quvvatlash
-
Jarohatlarning holatiga qarab vaqtinchalik transportirovka qilish, mumkin bo`lmaganlarni yotqizib davolash
-
O`ta og`ir terminal holatidagilarga vaqtinchalik ahvolini engillashtiruvchi yordamni berish.
Bu muolajalarga kirmagan barcha vrachlik yordamini ko`rsatish zarur ammo oldin birinchi navbatda yuqorida keltirilgan vrachlik yordamini qo`llash kerak. Ushbu ro`yxat yana kengaytirilishi mumkin, chunki favqulodda vaziyat holatlarida kutilmagani ham uchramagan jarohatlanishlar uchrashi mumkin. Shuning uchun fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmat ko`rsatish bo`limi besh mutaxasislari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus ko`rsatma, yo`llanmalarda vrachlik yordamini ko`rsatish tartiblari aniq belgilanib beriladi
Shuning uchun ham FMTX tizimida vrachlik yordamini jarohatlanishlar hamda xastalik bemorlarga ko`rsatishda ko`pincha malakali mutaxasislar tomonidan joriy etilishi rejalashtiriladi. Buning uchun ITYOB ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam brigadalarini OPMlarga ularni quvvatini kuchaytirish uchun safarbar etiladi.
Har qaysi BTYOning ishlash tartibi fuqaro muhofazasining tuman, shahar bo`limi boshlig`I tomonidan berilgan ko`rsatma asosida konkret vaziyatdan kelib chiqib bajarilishi namunaviy nizom asosida olib borilishi shart.
BTYO ishlash yeriga yetib kelishi bilan, eng avvalo, saralash, evakuasiyalash bo`limi, sanitary tozalash bo`limi birinchi navbatda ishga tayyorlanishi, jarohatlanganlarni qabul qilishlari kerak, buning uchun ularga 40-60 daqiqa to`la tayyorgarlik vaqti beriladi.
Ushbu vaqtda jarrohlik, gospital, yordamchi xizmatlar, roentgen, apteka, laboratoriya hamda yordamchi xo`jalik bo`limlari ham o`zlariga belgilangan vazifalardan kelib chiqib, barcha asbob-uskunalarni, texnik vositalarni ishga shay qilib borishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |