tahlil qilib turish va bu hududga
boshqa joylardan yuqumli
kasalliklarning keltirilishi xavfini
aniqlash.
Kasallikning ko’payib ketishini va bu
ko’payishga sabab bo’luvchi shart-
sharoitlarni o’z vaqtida aniqlash va bu
kasallikka qarshi kurashish choralarini
tezlik bilan tashkil etish.
v) Retrospektiv yoki o’tmishga asoslanib qilinadigan epidemiologik tahlil va
o’tgan ma’lum davr oralig’ida, aholining ma’lum guruhlari o’rtasida tarqalgan
kasalliklarning strukturasini, tarqalganlik darajasini, shu kasalliklarning tarqalish
dinamikasini va kasallikning kelib chiqishiga va tarqalishiga sabab bo’lgan shart-
sharoitlarni o’rganib chiqib, Shu ma’lumotlar asosida kasallikka qarshi kurashish
chora-tadbirlarini ishlab chiqishga asoslangan tahlildir. Epidemiologik tahlil
qilishdan asosiy maqsad epidemik jarayonni yuzaga kelishiga sabab bo’lgan va shu
jarayonni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan shart-sharoitlarni aniqlash, kasallikka
qarshi kurashish maqsadida qo’llanilgan tadbirlar natijasiga baho berish va bundan
keyingi davrda qo’llaniladigan chora-tadbirlarni rejalashtirishdir (6-jadval).
6-jadval.
Dostları ilə paylaş: