O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Axborot uchun ma’lumot 
Yuqumli kasalliklarning oldini olish va epidemiyaga qarshi kurashish chora-
tadbirlar usuli. 
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bu hozirgi zamon ilm-fanining 
rivojlanishiga asoslanib tuzilgan va yuqumli kasalliklarning oldini olishga 
qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Yuqumli kasalliklarning oldini olishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni profilaktik tadbirlar deyiladi, epidemik o’choqni 
yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar esa epidemiyaga qarshi qaratilgan tadbirlar 
deyiladi. 
Bunday aniqlash nisbiy bo’lib, haqiqatda esa barcha guruhdagi tadbirlar 
kasalliklarning oldini olishga qaratilgan bo’ladi. Profilaktik chora-tadbirlar bu 
kelajakda yuqumli kasalliklarning faqatgina oldini olish bo’lmay, balki 
kasalliklarning kamayishini ham taqozo qiladi. Epidemiya o’chog’ida 


qo’llaniladigan chora-tadbirlar o’z ichiga profilaktik tadbirlarni ham oladi, chunki 
u yuqumli kasallik tarqalgan joyda yangi kasalliklarning oldini olishga 
qaratilgandir. 
Turli mualliflar epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatini, 
uning tarkibiga, har bir qo’llaniladigan tadbirlarning yo’nalishiga va bo’lingan 
guruhlarga asosan qo’llaydilar. 
Epidemiyaga qarshi kurashish xizmatining tarkibiga, ba’zida turli 
epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar tavsiya qilingani tufayli 
epidemiologik diagnostika yoki epidemiyaga qarshi kurashishni boshqarish ham 
epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatiga kiradi. 
Shunday qilib, epidemiyaga qarshi qaratilgan diagnostik yo’nalishlar 
quyidagicha: sanitariya-epidemiologik kuzatishlar, epidemiologik tahlil 
(retrospektiv va operativ), epidemiya o’chog’ida olib boriladigan epidemiologik 
tekshirish, ularni boshqarish, epidemiyaga qarshi kurashishni tashkil qilish, chora-
tadbirlarni rejalash, sanitariya va epidemiologiya muassasalari va 
mutaxassislarining ish sifatini aniqlash. 
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning mazmuni, guruhi asosiy ahamiyatga 
ega. Epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan chora-tadbirlar epidemik jarayonning 
rivojlanishi uchun shart bo’lgan uchta omilga qaratilgan bo’lishi lozim (10-jadval). 
10-jadval

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin