saqlanishi, ishlatilishi va hisob-kitobini kuzatib borish ham kiradi. Emlash rejasiga
qarab epidemiolog tegishli chora-tadbirlarni qabul qiladi. Epidemiolog barcha
vrachlarga, o’rta tibbiyot xodimlariga, tuman aholisiga yuqumli kasalliklarni o’z
vaqtida aniqlash va ularga qarshi kurashish ishlari yuzasidan yo’l-yo’riqlar
ko’rsatib turadi.
Epidemiolog yana davolash-profilaktika muassasalarida, shu jumladan
poliklinikalarning yuqumli kasalliklar va emlash xonalarida epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlarni olib borish bo’yicha metodik rahbarlik va nazoratini olib boradi.
Epidemiolog yuqorida ko’rsatilgan muassasalar xizmatchilarini majlislarida
yuqumli kasalliklar va epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarining
muhokamasida faol qatnashishi kerak va poliklinikadagi yuqumli kasalliklar va
epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining ishiga e’tibor berishi kerak.
Epidemiolog laboratoriyalarda tekshirishga jalb qilinadigan aholini aniqlash va
tekshirishni olib borish rejasini tuzishda qatnashadi. Epidemiologning vazifasiga
epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari rsjasini tuzish ham kiradi. Bu ish
sanitariya vrachlari, davolash tarmoqlari vrachlari aholining sanitariya holati bilan
bog’liq bo’lgan tibbiyotga dahldor bo’lmagan idoralar xizmatchilari bilan
birgalikda olib boriladi. Epidemiolog epidemiyaga qarshi kurashish masalalari
bo’yicha mahalliy xokimlikga qarorlar, buyruqlar loyihasini tayyorlaydi va bu
qaror va buyruqlarning tuman sog’liqni saqlash bo’limi tomonidan bajarilishini
ta’minlaydi hamda nazorat qiladi.
Dostları ilə paylaş: