sharoitida davolashni tashkil qiladi. Yuqumli kasalliklar kabineti vrachi
isitmalovchi bemorlarni o’z vaqtida va to’liq hisobga olish, tekshirish va kerak
bo’lgan hollarda shifoxonaga yotqizish, o’tkir ichak kasalligiga gumon
qilinayotgan bemorlarni konsultaciya qilish masalalari bo’yicha uchastka
terapevtiga va boshqa mutaxassislarga maslahat beradi, kerak bo’lib qolganda
kasalliklarni tekshiradi, kasallikni o’tkir va surunkali shakllarida bemorlarni uyda
davolanishiga ruxsat beradi.
Profilaktik ko’rikda ishtirok eta turib, yuqumli kasalliklar bilan og’rigan
bemorlarni va ular bilan muloqotda bo’lgan kishilarni tekshiradi va kasallarini
aniqlaydi. Muhim profilaktik tadbirlarga bakteriya tashuvchilarni o’z vaqtida
aniqlash va ularni sog’lomlashtirish ham kiradi. Bakteriya tashuvchilarni kasallik
o’chog’ida va sog’lom aholi orasida aniqlash va ularni sog’lomlashtirish ishlari
bilan Shug’ullanadi.
Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarga diagnoz qo’yishda YUKK
vrachi biokimyoviy, bakteriologik, serologik laboratoriya usullari natijalariga
asoslanadi. Isitmalovchi bemorlardan qon olinib, bakteriologiya laboratoriyalarida
qonni maxsus ozuqali moddalarga ekilib, qonning tarkibida ich terlama
kasalligining bakteriyalari bor yoki yo’qligi aniqlanadi, RNGA (teskari
gemaglyutinatsiya reaksiyasi) usulida salmonellyozlarga tekshiriladi va RSK
(komplement bog’lanish reaksiyasi) yordamida rikketsiyalarga tekshiriladi.
DSENM bilan birgalikda YUKK o’ta xavfli yuqumli kasalliklar keng tarqalgan
mamlakatlardan qaytgan fuqarolarni va chet el fuqarolarini nazorat qilib turadilar.
Bemorlarning idish-tovoqlarini, buyumlarini dezinfeksiya qilishni tashkillashtiradi
va aholi o’rtasida sanitariya-gigiyena qoidalarini targ’ib qilishga, sanitariya
madaniyatini ko’tarishga vaqt ajratadi.
Dostları ilə paylaş: