O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Tanlangan belgilarga qarab epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
Tanlangan belgilarga qarab epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni 
guruhlashning qo’shimcha varianti 
Tadbirlar guruhi 
Tadbirlar 
Epidemiyaga qarshi vositalar 
(dori-darmonlar) talab qiluvchi 
Davolash, deratizatsiya, dezinseksiya, 
dezinfeksiya, sterilizatsiya, emlash, 
zudlik bilan emlash, laboratoriya 
tekshiruvlari 
Epidemiyaga qarshi vositalar 
(dori-darmon) talab 
qilinmaydigan 
Alohidalab qo’yish, observaciya, 
sanitariya-gigiyenik 


Umumiy 
Sanitariya-maorifi ishlari 
Profilaktik 
Laboratoriya tekshiruvlari 
Aynan epidemiyaga qarshi 
tadbirlar (epidemiya o’chog’ida) 
Ma’lum shart-sharoitdan kelib chiqadi 
Aholini epidemiyadan saqlashning asosiy maqsadi: aholi orasida yuqumli 
kasalliklar paydo bo’lishining oldini olish, agarda yuqumli kasallik paydo bo’lgan 
bo’lsa, unda epidemiya o’chog’ini tezlikda yo’qotish, yuqumli kasalliklarni 
kamaytirish va bu kasalliklarning aholi yashaydigan joylarda tarqalishining oldini 
olishdir. 
13-jadvalda chora-tadbirlarning to’rtta yo’nalishi tasvirlangan. Yuqumli 
kasalliklar paydo bo’lishining oldini olish va aholi yashaydigan joylarda epidemik 
o’choqni o’z vaqtida yo’qotish, qo’llanadigan chora-tadbirlar epidemik 
jarayonning har bir omiliga qaratilishi natijasida erishiladi, buning jami esa 
yuqumli kasalliklarning umumiy darajasini kamaytirishga olib keladi. 
Chora-tadbirlarning ba’zilarini bajarishda epidemiyaga qarshi vositalar 
qo’llaniladi va boshqalari tashkiliy xarakterga ega. 
Ayrim chora-tadbirlar yuqumli kasallikning yuqishiga qarshi qaratilgan 
bo’lsa, boshqa choralar esa kasallikni yo’qotishga qaratilgan. 
 
EPIDEMIYAGA QARSHI KURASHISH ISHLARINI TASHKIL 
QILISH 
1. Maqsad: Talabalarni epidemiyaga qarshi kurashish ishlariga rahbarlik 
qilish va uni boshqarishning umumiy yo’l-yo’riqlari bilan tanishtirish. Sanitariya 
va epidemiologiya xizmatining umumiy tuzilishi, vazifalari va faoliyatini 
o’rganish. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, 
epidemiologiya bo’limi va epidemiolog vrachlarning vazifalari bilan tanishtirish 
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt — 3 soat. 
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
3.1. Mashg’ulot tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida 
olib boriladi. 
3.2. Kirish so’zi va talabalarning shu mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash. 
3.3. Amaliy mashg’ulot savollarini muhokama qilish: 
a) Epidemiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkil qilish. 
b) Boshqaruvchi shaxslar, ularning vazifalari. 
v

Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya 
bo’limining tuzilishi, javobgar shaxslarning vazifalari. 
g) Sanitariya va epidemiologiya xizmatini boshqarishning tuzilishi va uning 
tarkibiy qismlari. 
d) Epidemiyaga qarshi kurashish tizimida gorizontal va vertikal bog’lanishlar. 
e) Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining tibbiy va notibbiy vositalari. 
j) Mutaxassislarning vazifalari, epidemiologo-diagnostik, tashkiliy-uslubiy, 
bajaruvchilik va nazorat qilish faoliyatlari. 


z) Epidemiyaga karshi kurashish ishlarini amalga oshiruvchilarning huquq va 
majburiyatlarini ifodalovchi Respublika Sog’liqni saqlash vazirligining qaror va 
ko’rsatmalari. 
i) Mavzuga taalluqli hujjatlarni o’rganish. 
3.4. Xulosa. 
4. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart: 
4.1. Epidemiyaga qarshi kurashish xizmatining tashkiliy tuzilishi va bunda 
sanitariya epidemiologiya idoralarining tutgan o’rni. 
4.2. Epidemiyaga qarshi kurashish tizimidagi javobgar shaxslar va 
mutaxassislarning vazifalari. 
4.3. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya 
bo’limida ish yuritishni bilish. 
4.4. Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining tashkiliy tuzilishidagi idoralar, 
bo’limlarning bajaradigan ishlari va bu idoralar xodimlarining ishlarini o’zaro 
bog’liqligini asoslab berish. 
4.5. Mavjud ish rejalarini tahlil qilish va bu rejalarning qaysi turga 
mansubligini aniqlashni bilish. 
5. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar: 
5.1. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiolog 
vrachining amaliy ish uslubi mazmunini o’zlashtirish. 
5.2. Yuqumli kasalliklarning hisob-kitobini bilish. 
5.3. Epidemiologik diagnostika uslublarini o’zlashtirish. 
5.4. Yuqumli kasalliklarning kundalik va o’tgan davrga asoslanib qilinadigan 
tahlil usullarini o’zlashtirish va ularni amaliyotda qo’llash. 
5.5. Mahalliy hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan bo’ladigan 
asosiy aloqalarning maqsadini va shaklini bilish. 
6.1. Shu mavzuga taalluqli axborot uchun ma’lumotlar, ma’ruza va 
adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan tanishish. 
6.2. Sanitariya epidemiologiya xizmatining tuzilishini belgilovchi rasmiy 
hujjatlar bilan tanishish. 
6.3. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazining tashkiliy 
tuzilishini o’rganish. 
6.4. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya 
bo’limi mutaxassislarining ro’yxatini tuzish, ularning vazifalarini quyidagi tartibda 
tahlil qilish: epidemiologik diagnoz qo’yish, metodik nazorat qilish, tashkilotchilik 
va boshqaruvchilik vazifalarini tartib bilan daftarga yozish. 
6.5. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya 
bo’limiga keladigan axborot tizimi bilan tanishish. 
6.6. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya 
bo’limining xizmatchilari tabaqalarini tasvirlash (rahbar, mutaxassis, texnik 
xodimlar). 
6.7. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya 
bo’limidagi hisob - kitob hujjatlari ro’yxatini tuzish. 
6.8. Ushbu mavzuga taalluqli quyidagi masalalarni yechish. 
 


1-Masala: 
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi bo’limini tekshirish 
vaqtida markaziy hisoblash boshqarmasi tomonidan tavsiya qilingan hujjatlar 
qatorida yana 40 ga yaqin mazkur boshqarma tomonidan tavsiya qilinmagan 
hujjatlar borligi va ba’zi tavsiya qilingan hujjatlar ham eskirib qolganligi va pala-
Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin