o’rtasida va yilning har xil fasllarida bir me’yorda tarqalmaganligi), xuddi klinik
diagnoz qo’yishda kasallikning klinik belgilari singari, katta ahamiyatga ega.
Klinik tekshiruvda kasallikning klinik alomatlarini asosan kasaldan so’rash
yo’li bilan, kasal kishini tekshirib ko’rish va laboratoriya tekshirish natijalariga
asoslanib aniqlanadi. Epidemiologik tekshiruv usullari ham epidemik jarayonning
ob’ektiv va sub’ektiv belgilarini aniqlashga asoslangan.
Epidemik jarayonning asosiy belgilari, kasallik o’chog’idagi kasallangan va
sog’lom kishilarni savol-javob qilish yo’li bilan, kasallikka chalingan kishilar
sonini statistik tahlil qilish natijasida, epidemik jarayon rivojlanayotgan joyning
ijtimoiy va tabiiy sharoitlarini o’rganish va laboratoriya tekshiruv natijalarini
kuzatish asosida aniqlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan tekshiruv natijalarini
epidemiolog guruhlarga bo’lib o’rganish, ularni o’zaro taqqoslash va
umumlashtirish natijasida epidemik jarayonning rivojlanishi haqida ma’lum
xulosaga keladi.
Epidemiologik tekshiruvning keyingi bosqichi - epidemiologik hodisalarning
kelib chiqish sababi va oqibatlari orasidagi bog’liqlikni aniqlashdir. Epidemiologik
hodisalarning sababi va oqibatlari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash ijodiy ish
bo’lib, buning natijasi epidemiolog vrachning tajribasiga, bilimiga, zehni
o’tkirligiga, mulohaza yuritish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi.
Epidemiologik hodisalarning kelib chiqishidaga sababiy bog’lanishlarni, Shu
sabablar tufayli kelib chiqadigan oqibatlarni aniqlash uchun bir nechta usullar
mavjud.
Dostları ilə paylaş: