Zoonozlarda - hayvonlar va hayvonlardan olinadigan mahsulotlarga ahamiyat
beriladi.
g) Laboratoriya tekshirishlari natijasini o’rganish, kasallik manbaini topish
uchun, kishilar va hayvonlarni bakteriologik va serologik tekshirish zaruriyati
borligi va yo’qligini aniqlash katta ahamiyatga egadir.
d) To’plangan ma’lumotlarni tahlil qilib, kasallik o’chog’i, uning paydo
bo’lish sabablari, o’choqning chegaralari va uni tugatish yo’llari haqida ma’lum
xulosaga kelinadi.
Epidemiologik tekshirish natijasida to’plangan ma’lumo
tlar maxsus (№357
hisob shakli) epidemiologik tekshiruv kartasiga kiritiladi. Epidemiologik tekshiruv
kartasi hamma ma’lumotlar yozilishi lozim bo’lgan hujjat hisoblanadi. Kartalarni
chiroyli yozuvda to’ldirishga, kartadagi hamma bandlarga javoblar bo’lishiga,
ortiqcha qisqartmalar qilmaslikka ahamiyat berish kerak, chunki keyinchalik
boshqa shaxsning bu kartalar bilan ishlashi mumkinligi ehtimoldan holi emas.
Epidemiologik tekshiruv kasallik o’chog’ida bitta emas, bir nechta (bir guruh)
bemorlar uchragan holda olib borilsa, yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlarga
qo’shimcha kasallik o’chog’ida sodir bo’lgan kasallanish dinamikasini o’rganishni,
epidemiologik belgilariga binoan, kasallik o’chog’ida uchragan kasalliklar
strukturasini tahlil qilishni ham taqozo qiladi.
Dostları ilə paylaş: