Kasallik o’chog’ida o’tkaziladigan epidemiologik tekshirish. Yuqumli
kasallik o’chog’ida epidemiyaga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlarning
samarasi, kasallangan odamni aniqlash hamda uni atrofdagilardan ajratib qo’yish
muddatiga, kasallikning paydo bo’lish va boshqalarga yuqish sabablarini
aniqlashga bog’liq bo’ladi. Yuqumli kasal yoki bakteriya tashuvchi aniqlangan
holda kasallik o’chog’i qaerda bo’lishidan qat’iy nazar (oilada, xonada, uyushgan
guruhlarda) bemorning o’ziga nisbatan, unga yaqin
yurgan kishilarga hamda
atrofdagi vaziyatga taalluqli chora-tadbirlar ko’riladi. Shu chora-tadbirlarni
rejalashtirish uchun, kasallik o’chog’ida epidemiologik tekshirish o’tkaziladi.
Epidemiologik tekshirishning maqsadi:
a) gumon qilingan infeksiya manbaini va uning yuqish yo’llarini aniqlash;
b) kasallik qo’zg’atuvchisini yuqtirishda qatnashadigan
omillarni aniqlash;
v) kasallik o’chog’ining chegaralarini belgilash;
g) zararsizlantirilishi lozim bo’lgan atrof-muhit obektlarini aniqlash;
d) kasallik yuqish xavfi bo’lgan
shaxslarni, shuningdek tibbiyot xodimlari
kuzatuviga muhtoj, ayrim hollarda esa ajratib qo’yilishi lozim bo’lgan shaxslarni
aniqlash;
e) kasallik o’chog’ini tugatish bo’yicha tadbirlar rejasini tuzish.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari bemor
yoki bakteriya tashuvchi
ha
qida "shoshilinch bildirish xati (№ 058 hisob shakli)" olinishi bilan
epidemiologik tekshirishni boshlaydilar.
Epidemiologik tekshirishni asosan epidemiolog vrachlar yoki ularning
yordamchilari o’tkazadilar, ba’zi hollarda vaziyatga qarab
sanitariya vrachlari yoki
boshqa soha xodimlari jalb qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: