O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Epidemiologik nazorat: 
Epidemiologik nazoratning maqsadi 
jarohatlanganlarda kasallikning oldini olish va jarohatlanish xavfini kamaytirish 
hisoblanadi. Nazorat o’tkazishda birinchi navbatda veterinariya xizmati, ovchilar 
uyushmasi va boshqa tabiatni muhofaza qiluvchi yovvoyi hayvonlarni nazorat 
qiluvchilar ishtirok etadilar. Nazorat tizimiga sog’liqni saqlash organlari, xususan, 
sanitariya-epidemiologiya xizmati kiritiladi. Epidemiologik nazorat quyidagilarni 
ko’zda tutadi: 
1) mahalliy o’txo’r yovvoyi hayvonlar soni haqida, ularni hududlar va yil 
fasllari bo’yicha taqsimlanishi haqida ma’lumotlar yig’ish, yovvoyi hayvonlar 
sonini o’zgarishini oldindan ko’ra bilish; 
2) yovvoyi hayvonlar orasidagi epizootiya haqidagi ma’lumotlar -ularning 
murdalarini laboratoriyada tekshirtirish; 
3) itlar va mushuklarni saqlash qoidalari haqidagi qonun talablarini 
bajarilishi; 
4) uy hayvonlari orasidagi quturish hollari haqidagi ma’lumotlar, zararlangan 
hayvonlarning turi, veterinariya xizmati va boshqalar bilan o’zaro axborot 
almashinuvi; 
5) jarohatlangan va so’lak tekkan odamlar murojaati dinamikasining hisobi. 
Jarohatlangan hayvon turi, jarohatlanish joyi va sharoitlari. Shikastlanish xarakteri. 
6) Quturishga qarshi emlashni tashkil etish va o’tkazish ustidan nazorat. 
 
MAVZU 22. QORA OQSOQ (BRUSELLEZ) NING 
EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK
NAZORATI 
1. Mashg’ulotning maqsadi: 
Brusellez etiologiyasi, epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik 
nazoratini o’rganish. 
2. O’qish joyi va vaqti: 
4 soat amaliy mashgulot, 2 soat mustaqil ish. 
Amaliy mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi. 
Z.Talabalar quyidagilarni bilishi zarur: 


3.1. Kasallikning umumiy tavsifi, tasnifiy holati va epidemiologik 
ahamiyati. 
3.2. Epizootik jarayon rivojlanish mexanizmi. 
3.3. Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi va ko’rinishlari. 
3.4. Kasallik profilaktikasini. 
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma: 
4.1. Profilaktik tadbirlar samaradorligi va sifatini baholash. 
4.2. Epidemiologik tahlil asosida kasallanishni va epidemik jarayon 
ko’rinishlarni tahlil etishni.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
5.1.Kirish. 
5.2. Mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish. 
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish. 
5.4. Brusellez epidemiologiyasi va profilaktikasini muhokama qilish. 
6. Talabalarning mustaqil ishi: 
6.1. Brusellezga qarshi emlash rejasini tuzish 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin