O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


MAVZU 21. QUTURISHNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
MAVZU 21. QUTURISHNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI 
VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi: 
Quturishning etiologiyasi, epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik 
nazoratini o’rganish. 
2.O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy 
mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi. 
3.Talabalar quyidagilarni bilishi zarur: 
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi, tasnifiy holati va epidemiologik 
ahamiyatini. 
3.2.Epizootik jarayon rivojlanish mexanizmini. 
3.3.Tabiiy va antropurgik o’choqlarni. 
3.4.Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi, omillari va ko’rinishlari. 
3.4.Antirabik emlash kursini. 
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma; 
4.1. Profilaktik tadbirlar samaradorligi va sifatini baholashni. 
4.2.Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni va epidemik jarayon 
ko’rinishlarini tahlil etishni.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
5.1.Kirish. 
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish. 
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish. 
5.4. Shartli va to’liq antirabik emlash kursini, jarohat sodir qilgan hayvonlar 
toifasini muhokama qilish. 
6. Talabalarning mustaqil ishi: 
Quturishga qarshi tuman sanitariya epidemiologiya nazorati markazining 
yillik ish rejasini tuzish. 
 


Axborot uchun ma’lumot 
Quturish zoonoz tabiatli, o’ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiruvchi, o’tkir 
virusli yuqumli kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchining kontakt mexanizm orqali 
yuqishi, markaziy asab tizimining shikastlanishi va o’lim bilan xarakterlanadi. 
Tarqalganligi:
Quturish Avstraliya, Okean va Antraktidadan tashqari barcha 
kontinentlarda enzootik hisoblanadi. Ayrim Orol davlatlar (Buyuk Britaniya, 
Malta, Yangi Zelandiya, Yaponiya) hududiga kiritilayotgan itlar, mushuklar va 
boshqa hayvonlarga nisbatan qatiy kurashish tadbirlari tufayli quturishdan deyarli 
xolidir. Shuningdek, quturish Shimoldagi (Norvegiya, Shvetsiya) va Evropaning 
Janubidagi (Ispaniya, Portugaliya) qator mamlakatlarda uchramaydi. 
Odamlar va hayvonlar o’rtasida quturish tarqalishi haqidagi ma’lumotlarning 
taqqoslanishi shuni ko’rsatadiki, hayvonlarda quturish hollarining o’rtacha yillik 
ko’rsatkichi Evropa va Janubiy Amerikada yuqoriroq va eng past Afrikada 
bo’lgani holda, odamlarning kasallanish ko’rsatkichi Osiyoda yuqoriroq va 
Shimoliy Amerikada eng kamdir. Hayvonlar kasallanishini yetarlicha hisobga 
olmaslikka asoslangan statistik kamchiliklardan tashqari, Osiyo va Afrikada itlar 
hamda boshqa uy hayvonlari odamlar uchun asosiy qo’zg’atuvchi manba bo’lib 
xizmat qiladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin