-
yozgi lager, dala-hovlilarga ketayotgan bolalar ketishdan 2 hafta oldin
vaksinatsiya qilinishi lozim, vaksinatsiya 3 yilda 1 martadan ortiq bo’lmasligi
kerak. Teri ostiga bolalarga 25 mkg miqdorida yuboriladi. 5-8 yosh - 25 mkg (0,25
ml), 9-13 yosh - 50 mkg (0,5 ml), kattalarga 75 mkg (0,75 ml), emlanganlardagi
mahalliy o’zgarishlar 2 kundan keyin yo’qolib ketadi. 30% emlanganlarda 6-8
soatdan keyin 37,1-37,5°S gacha tana harorati ko’tarilishi mumkin va u bir
sutkadan keyin o’z holiga keladi. Emlash o’tkazish uchun
kasallikning etiologik
holatini bilish kerak.
Epidemiologik nazorat
Meningokokk infeksiyasining epidemiologik nazoratining maqsadi bo’lib,
o’lim ko’rsatkichlarini kamaytirish va epidemik jarayonning rivojlanish
tendensiyasini baholash asosida xavfli guruhlarda kasallanish ko’rsatkichlarini
pasaytirish hisoblanadi.
Retrospektiv va operativ epidemiologik tahlil o’tkazishda quyidagi holatlar
hisobga olinadi:
1. Kasallanish ko’tarilishi har doim 1 yoshgacha bolalar
kasallanishi bilan,
ba’zi hollarda esa, ayniqsa epidemiyaning boshlanishida shaharlardagi uyushgan
kollektivlarga kelgan yoshlar ham kasallanadi (oliy o’quv yurtlariga kelganlar va
boshqalar). Shuning uchun barcha hududlarda har yili 1 yoshgacha bolalar orasida
kasallanish o’sishining darajasi aniqlab boriladi. O’lim darajasining ko’zga
ko’rinarli tarzda o’sishi noqulay prognostik belgi hisoblanadi. Xuddi shu
tarzda
(o’sishi) 15 yoshgacha va undan kattalarda aniqlanadi. Bunda ularni shaharlarga
kelishi va uyushgan jamoalarga qo’shilishi hisobga olinadi.
2. Menigokokk infeksiyasining tarqalgan shakli bilan aholining shikastlanishi
kelgusi yilda kasallanish o’sishining noyabr-dekabr oylarida sentabr bilan
taqqoslaganda (o’sish indeksi) qisqaligi tufayli aniqlanadi.
3. Epidemik jarayonni kuzatib borish uchun aholining
tanlab olingan yetarli
reprezentativ indikator guruhlarida tashuvchilikni doimiy o’rganish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Materialni 2 marta sentabrda va noyabr-dekabr oylarida
olinadi. Avgust va dekabr oylarida qon topshiruvchilar -
donorlar zardobining
immunologik ko’rsatkichlarini doimiy kuzatib borish yaxshi natija beradi.
Antitelolar darajasining o’sishi bo’lajak epidemik ahvolni baholashga imkon
beradi. Epidemik ahvolni baholash asosida u yoki bu epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlarni o’tkazishning kundalik va perspektiv qarorlari ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: