O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


MAVZU 19. MENINGOKOKKLI INFEKSIYALARNING



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
MAVZU 19. MENINGOKOKKLI INFEKSIYALARNING 
EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK 
NAZORATI 
1. Mashg’ulotning maqsadi: Meningokokkli infeksiyalarda epidemik jarayon 
rivojlanish mexanizmini va namoyon bo’lishini tahlil qilish asosida epidemiologik 
nazoratni tashkil etish. 
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt: Amaliy mashg’ulot - 6 soat, mustaqil ish 
- 2 soat. 
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
3.1. kasallikning umumiy tavsifi, tavsifiy ahamiyati va aholining kasallanish 
darajasi; 
3.2. odamlarning kasallikka va bakteriya tashuvchilikka moyilligi; 
3.3. meningokokkli infeksiyalar epidemiologiyasiga taalluqli savollarni 
muhokama qilish; 
3.4. infeksiya tarqalishida surunkali tashuvchilarning roli; 
3.5. kasallikning epidemik avj olish xususiyatlarini o’rganish. 
4. Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar: 
4.1. epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmi
4.2. epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimi; 
4.3. epidemiologik diagnoz va uning o’ziga xos xususiyatlari; 
4.4. epidemiologik nazoratni tashkil etish. 
5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar: 
5.1. epidemik jarayonning omillarini tahlil qila bilishi; 
5.2. epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini tahlil qilishi
5.3. epidemik jarayonni yuzaga chiqaruvchi omillarni va shart-sharoitlarni 
ocha bilishi. 
6. Talabalarning mustaqil ishi. 
6.1. operativ epidemiologik tahlil bilan tanishish; 


6.2. meningokokkli infeksiyalar profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan 
tanishish; 
6.3. buyruq va uslubiy qo’llanmalar bilan tanishish; 
6.4. masalalarni yechish. 
 
Axborot uchun ma’lumot 
Meningokokkli yoki epidemik serebrospinal meningit havo-tomchi yo’li bilan 
yuqib, miya yumshoq qavatlarining yiringli yallig’lanishi bilan kechadigan o’tkir 
yuqumli kasallikdir. 
Epidemik serebrospinal meningitning qo’zg’atuvchisi bo’lib meningokokk 
(Neisseria meningitidis), ya’ni gramm manfiy diplokokk hisoblanadi. 
Meningokokk tashqi muhitga chidamlidir. U bemor ajratmalari bilan ifloslangan 
buyumlarda bir necha soat ichida, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida esa bir 
necha daqiqada nobud bo’ladi. 56°S haroratda 5-10 daqiqada halok bo’ladi. 
Meningokokkning A, V, S va D serologik turlari farqlanadi. Bizda asosan A va V 
tipi ko’proq uchraydi. 
Meningokokklar odam organizmiga yuqori nafas yo’llari orqali tushadi va 
burun-halqum shilliq qavatining yuza qatlamlarida rivojlanadi. Bu esa burun-
halqumning kataral yallig’lanishi bilan kechadi (nazofaringit). U yerda 
meningokokklar qonga o’tib, natijada meningokokksemiya yuzaga keladi. Qon 
orqali ular miyaning yumshoq qavatlariga cho’kib, u yerda o’tkir yiringli 
leptomeningit chaqiradi. Ko’proq artritlar, endokarditlar va ko’p sonli serroz 
qavatlarning shikastlanishi yuzaga kelishi mumkin. 
Meningokokk infeksiyaning quyidagi klinik ko’rinishlari mavjud: 
- o’tkir yiringli (ba’zan serozli) serebrospinal leptomeningit; 
- meningokokkli sepsis; 
- kataral nazofaringit; 
- belgisiz infeksiya. 
Belgisiz infeksiya va payqalmas shaklli turlari ko’proq (nazofaringit) 
uchraydi. Inkubatsion davri o’rtacha 2-3 kunga teng, ayrim hollarda esa bir necha 
soatdan 7 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallikdan keyin bir umrga immunitet 
paydo bo’ladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin