Retrospektiv epidemiologik tahlil
Retrospektiv epidemiologik tahlil quyidagi ma’lumotlarga asoslanadi:
- emlanadiganlar haqida ma’lumot;
- emlanganlar haqida ma’lumot;
- serologik tekshiruvlar
natijalari;
- bakteriologik tekshiruvlar natijalari;
- difteriya bilan kasallanish haqidagi ma’lumot;
- aholi migratsiyasi va jamoalar shakllanishi haqidagi ma’lumotlar.
Retrospektiv epidemiologik tahlil jarayonida difteriyaning ilgari o’tkazilgan
profilaktikasining sifati va samaradorligi aniqlanadi.
Agar tahlil qilinayotgan davrda bolalarning
va aholining emlanganlik
ko’rsatkichlari etarli bo’lsa, difteriya bilan kasallanish hollari uchramasa, bu
ahvolni yaxshi, qoniqarli ahvol deb hisoblansa bo’ladi. Odatda toksigen
difteriya
bakteriyalarining tashuvchilari sonining ancha oshishi, epidemik o’choqlarning
shakllanishi bilan yuzaga chiquvchi kasalliklar ro’yxatga olinsa, ahvol qoniqarsiz
hisoblanadi. Bu holda emlash ishlarini tashkil etishdagi hamda jamoalar
shakllanishi va migratsiyasidagi kamchiliklar bilan bog’liq bo’lgan
xavfli omillar
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: