tekshiriladi. Qon zardobida 0,08 (me)mldan kam anatoksin
topilganlar yoki RNGA
titri 1:40 dan kam bo’lganlar qayta emlanadilar.
Difteriyaning maxsus profilaktikasi
Difteriyaning asosiy profilaktika choralari bo’lib, difteriya
anatoksini bilan
emlash hisoblanadi. Hozirgi vaqtda shimdirilgan (adsorblangan) difteriya
anatoksini ishlatiladi. Difteriyaga qarshi maxsus emlash ishlari O’zbekiston
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan SanPiN 0132-02
sonli hujjati asosida olib boriladi.
Birinchi vaksinatsiya 2 oylik chaqaloqqa AKDS vaksinasi yordamida bir
oylik oraliq bilan 3 marotaba qilinadi. Revaksinatsiya esa 16 oylikda AKDS
vaksinasi bilan o’tkaziladi, 7 yoshda, 16 yoshda, 26 yoshda va 46
yoshlarda esa
ADS-M anatoksini bilan qayta emlanadi.
Difteriya profilaktikasi samara berishi uchun kamida 90 % bolalarni emlash
lozim bo’ladi. Bunga emlashlarni aniq rejalashtirish va bu rejalarning bajarilishi
ustidan qat’iy nazorat qilib turish bilan erishish mumkin. Bolalar
poliklinikalari
emlash rejalarini tuzishda avval bolalarning nomma-nom ro’yxatini tuzib
chiqadilar. Bular emlashlarni hisoblash kartasi (63-shakl) va bolaning rivojlanish
tarixi kartalari bilan (112-shakl) yig’iladi. Bunda barcha bolalar ro’yxati olinadi.
Chaqaloqlarning vaksinatsiya rejasi tug’ilganlik haqidagi ma’lumotlarga asosan
tuzib chiqiladi. Inieksiya qilishdan oldin vrach
bolaning emlashga qarshi
ko’rsatmalarini aniqlash maqsadida uning sog’lig’ini ko’zdan kechirishi lozim.
Shuni esda tutish lozimki, bu qarshi ko’rsatmalarning
barchasi vaqtinchalikdir,
shuning uchun bu qarshi ko’rsatmalar bartaraf qilinganidan keyingi emlangan
bolani nazorat qilib turish juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: