O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


g) Difteriyaga qarshi immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

g) Difteriyaga qarshi immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Difteriya kasalligi tarqalishining oldini olish uchun muloqotda bo’lganlarning 
(bolalar, kattalar) hammasini emlash kerak. Bolalarni zudlik bilan emlash lozim 
(navbatdagi vaksinatsiya yoki revaksinatsiya vaqti kelmagan bo’lsa ham). 16 
yoshgacha va undan kattalar oxirgi 10 yil ichida emlanganlar, emlashga tibbiy 
qarshiligi bo’lmaganlarning hammasi bir marta 0,5 ml miqdorda muskullar orasiga 
ADM yoki ADS-M anatoksini bilan emlanadilar. Qolgan muloqotda bo’lganlar (3-
16 yoshdagilar) emlanmaganligini aniqlash uchun zardoblarini RNGA bilan 


tekshiriladi. Qon zardobida 0,08 (me)mldan kam anatoksin topilganlar yoki RNGA 
titri 1:40 dan kam bo’lganlar qayta emlanadilar. 
Difteriyaning maxsus profilaktikasi 
Difteriyaning asosiy profilaktika choralari bo’lib, difteriya anatoksini bilan 
emlash hisoblanadi. Hozirgi vaqtda shimdirilgan (adsorblangan) difteriya 
anatoksini ishlatiladi. Difteriyaga qarshi maxsus emlash ishlari O’zbekiston 
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan SanPiN 0132-02 
sonli hujjati asosida olib boriladi. 
Birinchi vaksinatsiya 2 oylik chaqaloqqa AKDS vaksinasi yordamida bir 
oylik oraliq bilan 3 marotaba qilinadi. Revaksinatsiya esa 16 oylikda AKDS 
vaksinasi bilan o’tkaziladi, 7 yoshda, 16 yoshda, 26 yoshda va 46 yoshlarda esa 
ADS-M anatoksini bilan qayta emlanadi. 
Difteriya profilaktikasi samara berishi uchun kamida 90 % bolalarni emlash 
lozim bo’ladi. Bunga emlashlarni aniq rejalashtirish va bu rejalarning bajarilishi 
ustidan qat’iy nazorat qilib turish bilan erishish mumkin. Bolalar poliklinikalari 
emlash rejalarini tuzishda avval bolalarning nomma-nom ro’yxatini tuzib 
chiqadilar. Bular emlashlarni hisoblash kartasi (63-shakl) va bolaning rivojlanish 
tarixi kartalari bilan (112-shakl) yig’iladi. Bunda barcha bolalar ro’yxati olinadi. 
Chaqaloqlarning vaksinatsiya rejasi tug’ilganlik haqidagi ma’lumotlarga asosan 
tuzib chiqiladi. Inieksiya qilishdan oldin vrach bolaning emlashga qarshi 
ko’rsatmalarini aniqlash maqsadida uning sog’lig’ini ko’zdan kechirishi lozim. 
Shuni esda tutish lozimki, bu qarshi ko’rsatmalarning barchasi vaqtinchalikdir
shuning uchun bu qarshi ko’rsatmalar bartaraf qilinganidan keyingi emlangan 
bolani nazorat qilib turish juda muhimdir. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin