O’choqni yo’qotish uchun o’sha epidemik o’choq
hisoblangan uyushgan
jamoaning o’zidagina emas, balki butun aholi punkti, uning bir qismi yoki mumkin
bo’lgan o’choq chegaralari hududiga bog’liq ravishda, qo’zg’atuvchining
tarqalish
omili aniqlanadi. Vaksinatsiya va revaksinatsiya muddatlari yetgan bolalar hamda
emlanmagan bolalar va o’smirlarga vaksinatsiya qilinadi. Hamma yuqish xavfi
bo’lgan 16 yoshdagi va undan kattalar oxirgi 10 yil ichida emlanmagan va emlash
ishlarini o’tkazishga qarshi ko’rsatmalari bor
shaxslar ADM yoki ADS-M
anatoksini bilan emlanadi. Ana shunday immunizatsiyani yuqish xavfi yuqori
bo’lgan katta yoshdagilarga ham qilish mumkii, bunda emlash
ishlari birinchi
navbatda quyidagalarga o’tkaziladi:
-
yotoqxonada yashovchi shaxslarga;
-
aholiga xizmat ko’rsatish sohalariga;
-
o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari talabalariga va xodimlariga;
-
maktab
xodimlariga, bolalar va tibbiyot jamoasi xodimlariga.
Dostları ilə paylaş: