O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Epidemiologayasi 
Infeksiya manbai bo’lib bemor odam, tashuvchilar (kasallikni boshidan 
kechirganlar) va sog’lom bakteriya tashuvchi odamlar hisoblanadi. 
Ko’pincha yuqish kasallikning payqalmas shaklidagi bemorlar va tashuvchilar 
orqali sodir bo’ladi. Eng xavfli yuqumli bo’lib, kasallanishning generallashgan 
shaklidagi bemorlar hisoblanadi, chunki ularning burun-halqumidan asosan 
kasallikning birinchi kunlarida juda ko’p meningokokklar ajraladi. 
Kasallikning payqalmas shaklidagi bemorlar epidemiologik jihatdan o’ta 
xavfli hisoblanadilar, chunki gospitalizatsiya qilinmaganliklari sababli sog’lom 
odamlar bilan odatdagidek muloqotda bo’lib, ko’pchilikni zararlashi mumkin. 


Epidemik serebrospinal meningitda ikkita toifadagi tashuvchilar bo’ladi: 
kasallikni boshdan o’tkazgan va sog’lom tashuvchilar. 
Kasallikni boshdan o’tkazganlar sog’ayganlaridan so’ng dastlabki 2 hafta 
ichida atrofdagilar uchun xavfsiz bo’lib yuradilar, faqat 5% ga yaqinigina 
tashuvchi bo’lib qolishlari mumkin. Burun-halqum surunkali kasalligini boshdan 
o’tkazgan tashuvchilar infeksiya manbai sifatida katta ahamiyatga ega bo’lishlari 
mumkin. 
Sog’lom tashuvchilik belgisiz meningokokk infeksiyaning natijasi bo’lib 
hisoblanadi. U hayot mobaynida birlamchi zararlanganda ham yuzaga chiqishi 
mumkin. Sog’lom tashuvchilarning soni bemorlar sonidan 4-10 marta, ba’zida esa 
undan ham ko’p bo’lishi mumkin. V.D.Belyakov, Yafaev(1989) ma’lumotlariga 
asosan 1 bemorga 18000 dan 50000 gacha tashuvchilar to’g’ri kelishi mukin. Ular 
ham infeksiya manbai sifatida epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga egadirlar. 
Sog’lom tashuvchilik odatda qisqa muddatli bo’ladi (1,5-2 haftagacha). 
Epidemik serebrospinal meningit deyarli havo-tomchi yo’li orqali yuqib,
yuqishning asosiy qismi esa bemorlar va tashuvchilar bilan yaqinda muloqotda 
bo’lganda yuzaga keladi. Epidemik serebrospinal meningitga odamlarning 
moyilligi unchalik katta emas. L.V.Gromashevskiy va G.M.Voyndraxning 
ko’rsatishlaricha meningokokk bilan zararlangan 100 nafar odamdan faqat 
bittasigina meningit bilan kasallanar ekan, 1-2 tasida esa meningokokksemiya 
rivojlanadi. 15-16 tasida nazofaringit belgilari kuzatiladi, qolganlari esa sog’lom 
tashuvchilar sifatida infeksiyani belgisiz o’tkazishar ekanlar. 
Epidemik meningit asosan kichik yoshdagi bolalarda ko’proq uchraydi. 
Kattalarda esa ko’proq nazofaringit ko’rinishida uchraydi. Epidemik serebral 
meningit shaharlarda qishloq joylariga nisbatan ko’proq uchraydi. Meningit bilan 
kasallanish ko’proq yilning sovuq vaqtlarida uchraydi. Meningokokkli infeksiyaga 
ham davriy ko’tarilishlar xosdir. Ular tashuvchi payqalmas shakllarining keng 
tarqalganligi, shuningdek generallashgan shakllari bilan kasallanishlar oshib 
borishi bilan xarakterlanadi. Bunday ko’tarilishlar 8, 10, 15 va ba’zan 30 yil 
oralig’ida ham bo’lib turishi mumkin. Kasallik fevral - may oylarida ko’p 
uchraydi. Bunday bo’lishiga qish oylarida odamlarning bir joyga to’planishi 
natijasida tashuvchilik ko’payishi sababdir. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin