Tashuvchilarni aniqlash uchun muloqotda bo’lganlarning burun-halqum shilig’ini
bakteriologik tekshiruvdan o’tkazish ayni muddaodir. O’sha joyda 10 kun
muhlatga karantin belgilanadi.
O’choqlarda yakuniy dezinfeksiya o’tkazilmaydi, lekin joriy dezinfeksiya
qatorida xonalarni 0,1 % li xlor eritmasi bilan har
kuni artib tozalanadi va
shamollatiladi.
1966 yilda Goshtlik (AQSH) da kimyoviy polisaxaridli guruh spesifik
meningokokk
vaksina ishlab chiqilgan, kichkina bolalar jamoalarida esa 7 kun
ichida 3 ml platsentar gammaglobulin yuboriladi (bemorlar bilan muloqotda
bo’lganda).
Meningokokkli infeksiyada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar
1. Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan chora-tadbirlar:
- MKIning tarqalgan shakli bilan kasallanganlarni yuqumli kasalliklar
shifoxonasining maxsus bo’limiga yotqiziladi. Agar shifoxonada boks va
yarimbokslar bo’lmasa kasallikning og’irligiga qarab
boshqa bemorlardan ajratib
qo’yiladi. Bundan tashqari uyida maktabgacha yoshdagi bolalar va shunday
muassasalarda ishlovchilar yo’q bo’lsa, uyining o’zida ajratib qo’yish mumkin.
Uyda qolgan bemorlarni har kuni tibbiy xodim kuzatib turishi kerak.
- Agar davolash tugagandan 3
kun keyin burun-halqumdan shilliq olib,
bakteriologik tekshiruv o’tkazilsa va u manfiy natija bersa bemor shifoxonadan
chiqariladi. Nazofaringitli bemorlarni ham uyda davolanishga ruxsat berish
mumkin.
- Shifoxonadan chiqarilgandan 5 kundan keyin
bakteriologik tekshiruv
o’tkazilib, manfiy natija olinsa, rekonvalestsentlarni bolalar muassasalari, maktab,
yotoqxonalarga qo’yish mumkin.
Dostları ilə paylaş: