6.2. meningokokkli infeksiyalar profilaktikasining joriy
yil uchun rejasi bilan
tanishish;
6.3. buyruq va uslubiy qo’llanmalar bilan tanishish;
6.4. masalalarni yechish.
Axborot uchun ma’lumot
Meningokokkli yoki epidemik serebrospinal meningit havo-tomchi yo’li bilan
yuqib, miya yumshoq qavatlarining yiringli yallig’lanishi bilan kechadigan o’tkir
yuqumli kasallikdir.
Epidemik serebrospinal meningitning qo’zg’atuvchisi bo’lib meningokokk
(Neisseria meningitidis), ya’ni gramm manfiy diplokokk hisoblanadi.
Meningokokk tashqi muhitga chidamlidir. U bemor ajratmalari bilan
ifloslangan
buyumlarda bir necha soat ichida, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida esa bir
necha daqiqada nobud bo’ladi. 56°S haroratda 5-10 daqiqada halok bo’ladi.
Meningokokkning A, V, S va D serologik turlari farqlanadi. Bizda asosan A va V
tipi ko’proq uchraydi.
Meningokokklar odam organizmiga yuqori nafas yo’llari orqali tushadi va
burun-halqum shilliq qavatining yuza qatlamlarida rivojlanadi. Bu esa burun-
halqumning kataral yallig’lanishi bilan kechadi (nazofaringit). U yerda
meningokokklar qonga o’tib, natijada meningokokksemiya yuzaga keladi. Qon
orqali ular miyaning yumshoq qavatlariga cho’kib, u yerda o’tkir
yiringli
leptomeningit chaqiradi. Ko’proq artritlar, endokarditlar va ko’p
sonli serroz
qavatlarning shikastlanishi yuzaga kelishi mumkin.
Meningokokk infeksiyaning quyidagi klinik ko’rinishlari mavjud:
- o’tkir yiringli (ba’zan serozli) serebrospinal leptomeningit;
- meningokokkli sepsis;
- kataral nazofaringit;
- belgisiz infeksiya.
Belgisiz infeksiya va payqalmas shaklli turlari ko’proq (nazofaringit)
uchraydi. Inkubatsion davri o’rtacha 2-3 kunga teng, ayrim hollarda esa
bir necha
soatdan 7 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallikdan keyin bir umrga immunitet
paydo bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: