O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar 
a) 
Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan chora-tadbirlar:
O’choqda epidemiologik tekshiruvni epidemiolog-vrach olib boradi. Bemor 
albatta shifoxonaga yotqizilishi shart. 
Difteriyaga gumon qilinganlar LOR-vrach, infeksionist kabi mutaxassis 
vrachlar tomonidan ko’rilishi, bakteriologik tekshiruvlar o’tkazilishi shart, agar 
kasallik topilsa, zudlik bilan bemor shifoxonaga yotqizilishi shart. 
Difteriya o’chog’idagi tomog’i og’rigan bemorlar difteriyaga gumon qilinib, 
shifoxonaga yotqizilishlari kerak. Difteriyaning toksigen korinobakteriyasini 
tashuvchilar yuqumli kasalliklar bo’limiga yotqiziladi. 
Difteriya bilan og’rigan bemorlar majburiy ravishda yuqumli kasalliklar 
shifoxonasiga gospitalizatsiya qilinadilar. Laboratoriya tekshirish natijalarini 
olgunga qadar bemorni iloji boricha bokslarda ushlab turish ma’qulroqdir. Bemor 
gospitalizatsiyaga kechikkanda o’z uyida unga 500 AE difteriyaga qarshi zardob 
yuboriladi. Bunda anafilaktik shokga qarshi profilaktik choralarga e’tibor berish 
kerak. 
Antibiotiklar bilan davolashni boshlashdan oldin 2 marta kun oralatib 
bakteriologik tekshiruv o’tkazish kerak. 
LOR organlarining surunkali kasallanishlarini aniqlash va davolash 
ahamiyatlidir, chunki ular uzoq vaqtgacha bakteriya tashuvchi bo’lib qolishlari 
mumkin. Shuning uchun barcha bakteriya tashuvchilar bakteriolog-vrach 
maslahatidan o’tishlari kerak. LOR organlari surunkali kasalliklari shifoxonasiga 
tushgan birinchi kunidanoq otolaringolog-vrach ko’rsatmasi bilan tekshiriladi va 
davolanadi. 
Antibiotiklar 3 martalik bakteriologik tekshiruv ham musbat bo’lgandagina 
vrach ko’rsatmasi bilan buyuriladi. Davolash kursi 5-7 kun. Agar ikki marta 
bakteriologik tekshiruvda ham musbat natija bo’lsa, shifoxonadan berilgan 
(chiqarish vaqtida) ma’lumotnoma asosida yashash joyida davolash davom 
ettiriladi. 
Ikki martalik bakteriologik tekshiruv ham manfiy bo’lganda va antibiotiklar 
berish to’xtatilganda toksigen korinobakteriyasini tashuvchilarini ajratib qo’yish 
(izolyatsiya) to’xtatiladi. Takror va uzoq vaqt bakteriya ajratuvchilarni shifoxonada 
uzoqroq davolanadi. 
Ikki kurs sanatsiya o’tkazilishga qaramay difteriyaning toksigen 
korinobakteriyasini tashuvchilarni jamoaga qayta qo’yilishi mumkinligini 
epidemiolog, pediatr, otolaringolog ishtirokida komissiya hal qiladi. Bunda jamoa 
immunitetlik darajasi hisobga olinadi. 
Bakteriya tashuvchilik bartaraf qilinguncha o’sha jamoa epidemiolog va 
pediatr kuzatuvida bo’ladi. Buning uchun bakteriya tashuvchi va u bilan muloqotda 
bo’lganlar ikki haftada bir marta bakteriologik tekshiruvdan va tibbiy ko’rikdan 
o’tkazilib turilishi kerak. Agar jamoada bir vaqtning o’zida 10-15 % va undan ortiq 
notoksigen bakteriya tashuvchilar aniqlansa, epidemiolog ko’rsatmasi bo’yicha 
o’sha joyning o’zida sanatsiya o’tkazish mumkin. Bakteriyaning notoksigen 
shtammini tashuvchilar shifoxonaga yotqizilmaydi. 



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin