O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
Axborot uchun ma’lumot 
Difteriya yuqori nafas yo’llari, shilliq qavatlari, tomoq murtaklarining 
fibrinoz yallig’lanishi va umumiy intoksikatsiya belgilari bilan kechadigan o’tkir 
yuqumli kasallikdir. 
Difteriya qo’zg’atuvchisini Sorynebacterium diphtheriae ni 1883 yillarda 
Lyoffler kashf qilgan. Ru va Iersen difteriya ko’zg’atuvchisining toksinini ajratib 
olishgan. 
Difteriya tayoqchasining 3 ta biologik turi farqlanadi. Ular bir-biridan 
morfologik, kultural va biokimyoviy xossalari jihatidan farqlanadi. Qurigan tomoq 
shillig’ida difteriya tayoqchalari uzoq muddatgacha saqlanib qolishi mumkin. 
Gazlamalar yuzasida esa 40-50 kun, o’yinchoqlarda 3 oygacha saqlanib qolishi 
mumkin. Bevosita quyosh yorug’ligining ta’siri ostida difteriya qo’zg’atuvchilari 
bir necha soat ichida nobud bo’lishadi. Qo’zg’atuvchilar dezinfeksiyalovchi 
moddalar ta’siriga juda chidamsiz fenolning 5% li eritmasi, 2-3% li xloramin 
eritmasi va vodorod peroksidining 1% li eritmasi ularni 1-10 daqiqa ichida nobud 
qiladi. 
Difteriya toksini qizdirishga, yorug’lik ta’siriga va oksidlanishga bardoshsiz 
bo’lib, osongina parchalanib ketadi. 
Difteriya-patogenezida esa toksinlar yetakchi rol o’ynaydi. Odatda nafas olish 
yo’llarining yuqori qismi, tomoq murtaklari, burun-halqum va burunning shilliq 
qavatlari ba’zan esa ko’z konyuktivasi, jinsiy a’zolar shilliq qavatlari va 
shikastlangan teri difteriya qo’zg’atuvchilari uchun kirish darvozasi bo’lib xizmat 
qiladi. Yashirin davri 2-7 kunni tashkil qilib, bu davrda difteriya bakteriyalari 
to’qimalarda ko’payib, toksinlari shilliq qavatga ta’sir qilishi natijasida avvalgi 
kataral ko’rinishda 1-3 kundan so’ng esa fibrinoz yoki krupoz yallig’lanish 
ko’rinishida yuzasida parda (plyonkali) qoplamalar hosil bo’ladigan patologik 
jarayon yuzaga keladi. Qonga so’rilgan difteriya toksini organizmning umumiy 
intoksikatsiyasini vujudga keltiradi. 
Kasallikning yengil shakli ko’pincha 1 yoshgacha bolalarda, shuningdek 
qayta kasallanganlarda va emlanganlarda sezilmas belgilar bilan payqab 
bo’lmaydigan shaklda kechadi. Kasallikni barvaqt va to’g’ri davolaganda o’lim 
hollari umuman bo’lmasligi mumkin, aks holda esa o’lim 37 % va undan yuqori 
bo’lishi ham mumkin. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin